7474
V BOB.
GRAFIK MUHARRIRLAR BILAN ISHLASH
Paint.Net dasturida yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlarining katta bo‘lishi bilan
bir qatorda, ijodiy yondashuv bilan unda tayyor rasmlarni qayta ishlash ham
mumkin.
Bunday jarayonlarga yuklangan rasmlarga matn kiritish, rasmlarni bir necha
usulda qirqib olish va ular ustida turli amallarni bajarish, qatlamlar bilan ishlash va
ularning yangi ko‘rinishlarini hosil qilish va hokazolar kiradi.
Matn yozish vositasi
1-mashg‘ulot. Kitob jildini yaratish.
– Paint.Net dasturini ishga tushiring;
– File (Файл) bo‘limini oching va Open (Открыть) buyrug‘ini tanlang;
– hosil bo‘lgan View (Обзор) oynachasidan biror rasm faylini tanlang va Open (Открыть)
amalini bajaring;
– rasm o‘lchamini 500×500 qilib belgilang va OK tugmachasini tanlang;
– uskunalar panelidan T piktogrammasini tanlang;
– kursorni rasm ustiga olib borib, sichqonchaning chap tugmachasini bosib turgan holda
shtrixlangan ramkani quyi chap tomonga siljiting va tugmachani qo‘yib yuboring. Shriftning
turi, o‘lchami va rangi tanlangandan keyin “Kompyuter Grafikasi” so‘zini kiriting.
1.Matn kiritish
uskunasi
2.Matnni formatlash
paneli
3.Ranglar paneli
4.Matn hosil qilish
1
2
3
Dostları ilə paylaş: