77
23-DARS.
GRAFIK MUHARRIRLARDA SOHANI BELGILASH AMALLARI
77
2-mashg‘ulot. Sehrli tayoqcha (Волшебная палочка) uskunasidan foydalanib matolarga
gul chizish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz. Rasm o‘lchamini 500x500 belgilaymiz va
ok tugmasini bosamiz. Uskunalar panelidan sehrli tayoqchani tanlaymiz va gulning chegara
qismiga sichqoncha strelkasini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosamiz.
Shtrix chiziqlar bilan belgilangan sohadan Копировать buyrug‘i orqali nusxa olamiz va uni
yangi hujjatga joylashtiramiz. Joylashgan guldan shtrix chiziqlarini olib tashlash uchun
Ctrl + D ni bosamiz.
Bu amalni 3-4 marta takrorlab, ish maydoniga xohlagan rangni beramiz va uni shakllar bilan
bezatamiz.
3-mashg‘ulot. Soyabon rasmini hosil qilish texnologiyasi. Paint.Net dasturini ishga
tushiring va Файл bo‘limini oching va Открыть (ochish) buyrug‘ini tanlang. Hosil bo‘lgan
(Обзор) oynachasidan biror rasm faylini tanlang va Открыть (ochish) amalini bajaring.
Rasm o‘lchamini 500x500 belgilang va Ok tugmachasini tanlang. So‘ng uskunalar
oynachasidan
oval shakli bilan belgilab olish tugmachasini tanlang va rasmning o‘rta
sohasini belgilang. Belgilangan sohani uskunasi yordamida qirqib oling va yangi qatlamga
ko‘chiring.
7878
V BOB.
GRAFIK MUHARRIRLAR BILAN ISHLASH
1. Paint.Net dasturida yuklangan rasm bilan qanday amallar bajarish mumkin?
2. Rasm sohasini belgilashning necha turi mavjud?
3. Paint.Net dasturi interfeysidagi matn bilan ishlash panellari haqida gapirib bering.
4. Qalam va mo‘yqalam yordamida sodda rasmlar chizing.
1. Paint.Net dasturida sohani belgilash uskunalari yordamida rasmlar hosil qiling.
2. “Yosh dizayner” mavzusida yangi mato naqshlari yarating va saqlab qo‘ying.
3. Paint.Net dasturi uskunalaridan foydalanib, “Milliy naqshlar kompozitsiyasi” mavzusida
tasvirlar yarating.
4. Jadvalda ko’rsatilgan har-bir uskunalarning vazifasini izoxlang va yozib oling:
Dostları ilə paylaş: