I BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH 32
8.
S = 2 + 4 + 6 + 8 + … +
n ifoda qiymatini hisoblovchi dastur tuzing.
n ning qiymati
foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
9. O‘tgan 5-darsda hamda uyga berilgan topshiriqlarda yaratgan sprayt, kostyum va fonlardan
foydalanib, quyidagi ssenariy asosida “Oziq-ovqatlar yomg‘iri” nomli dastur kodini yozing.
Oziq-ovqatlar yomg‘iri Mazkur o‘yinda mushuk sichqoncha yordamida boshqariladi. U faqat chap va o‘ng tomonlarga
yugurib harakatlanadi. Mushuk osmondan tushayotgan shirinlik va mevalarni og‘zi bilan ushlab
olishi lozim. Agar mushuk shirinlikni ushlab olsa, “yedi” deb nomlangan o‘zgaruvchi qiymati bir
birlikka ortadi. Agar shirinlik yerga tushib ketsa yoki mushuk qalampir iste’mol qilib qo‘ysa, u holda
“boy berildi” deb nomlangan o‘zgaruvchi qiymati bir birlikka ortadi. O‘yinning maqsadi “yedi” deb
nomlangan o‘zgaruvchida imkon qadar ko‘proq ball to‘plashdan iborat. Agar “boy berildi” deb
nomlangan o‘zgaruvchi qiymati 5 ga teng bo‘lib qolsa, o‘yin nihoyasiga yetadi. O‘yinda siz avvalgi
darslarda o‘tilgan o‘zgaruvchilar, tasodifiy sonlar bloklari va murakkab shartlardan foydalanishingiz
lozim.
10. Fon uchun qish fasli manzarasi aks etgan rasm chizing. 4 xil kostyumga ega “Qor parchalari”
deb nomlangan sprayt yarating. Osmondan o‘ynoqlab tushayotgan qor parchalari yerga yetib
kelgunga qadar erib ketuvchi effektga (ya’ni spraytlarni yo‘qotish yoki ko‘rinmas rangga o‘tkazish
effektiga) ega skript yarating.
7-dars. MURAKKAB ANIMATSIYALAR YARATISH. KO‘P SAHNALI MULTFILMLAR YARATISH Multiplikatsiya
(lot.
multiplicatio – ko‘paytirish) – ekranda
harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish texnologiyasi.
Multiplikatsiya muayyan tezlik (chastota)da о‘zaro
almashinuvchi oddiy rasm yoki kadrlar ketma-ketligi
yordamida harakatlanuvchi suratlar illyuziyasini yaratishda
foydalaniladigan texnik usul hisoblanadi.