Va innovatsiyalar vazirligi angren universiteti mustaqil ish



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.07.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137469
1   2   3   4
Sug\'urta faoliyatida raqamlashtirish texnologiyalari

Xorij 
amaliyotida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida sug’urta 
faoliyatining iqtisodiyotdagi o’rni yanada muhim ahamiyatga ega bo’lib 
bormoqda. Buni ro’yobga chiqarishning asosiy vositasi faoliyatga 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdan iborat 
bo’ladi. Aynan ishonchli va dolzarb axborotlarga ega bo’lish, uni 
to’plash, qayta shakllantirish va ulardan samarali foydalanish har qanday 
korxona, tashkilot, muassasalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining 


asosi bo’lib xizmat qiladi. Demak, sug’urta bozorining istiqboldagi 
rivojlanishi va ijobiy dinamikasi ko’p jihatdan sug’urta biznesini 
yuritishda AKTdan foydalanishni takomillashtirilishga bog’liq bo’ladi. 
Masalaning bunday qo’yilishi, ya‘ni sug’urta biznesini boshqarishda 
AKTdan foydalanishni takomillashtirish zarurligi, iqtisodiyotning asosiy 
uslubiyot tamoyillari va amaliy yo’nalishlari axborot tizimlariga 
bog’liqligini ko’zda tutadi. Shuning uchun, sug’urta biznesida axborot 
mahsulotlari 
tushunchasi 
va 
xususiyatlari 
mazkur 
sohani 
axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. 
Sug’urta kompaniyasi faoliyatida asosiy jarayon va funksiyalarni 
avtomatlashtirish nafaqat xodimning mehnat unumdorligini oshirishi, 
balki malakali mutaxassislarning asosiy vazifalari bilan ko’proq 
shug’ullanishiga, biznesning keyingi rivojlanishi yo’lida marketing 
vositalarini har tomonlama joriy qilib borishiga ham zaruriy 
shartsharoitlarni yaratadi. Sug’urtalovchi va sug’urta qildiruvchi 
o’rtasidagi ug’urta shartnomasini tuzish yo’li bilan rasmiylashtirilib, 
shartnomalar 
tuzishning 
asosiy 
sharti, 
tomonlarning 
risklarni 
sug’urtalash bo’yicha moliyaviy shartlar haqidagi kelishuvga erishishi 
hisoblanadi. 
Sug’urtaning 
moliyaviy 
parametrlariga 
sug’urta 
mukofotlari, sug’urta tarifi, sug’urta summasi, franshiza va shu kabi 
tushunchalarni kiritish mumkin. Bu tushunchalar ayni paytda, sug’urta 
faoliyati axborot tizimini uslubiy jihatdan ishlab chiqishda asos bo’ladi. 
Umumiy holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali 
joriy etish jahon amaliyotidan kelib chiqib, hozirgi kunda sug’urta
biznesini zamonaviy usulda axborotlashtirishni quyidagi ko’rinishda 
shakllantirishi mumkin: 
- asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun axborot tizimi 
majmuasini (ERP - tizimlar) joriy qilish; - mijozlar bilan o’zaro 
munosabatlarni boshqarish tizimlarini joriy qilish (SRM - tizimlar va 
Business Intelligence);
- internet-sug’urta. 
Sug’urta qiluvchilar o’rtasida polislarni ro’yxatga olish, 
sug’urtalash va qayta sug’urtalash shartnomalarini yuritish, brokerlik va 
agentlik shartnomalarini yuritish, buxgalterlik va xodimlar ro’yxati 


funksiyalari kabi sug’urta faoliyatining to’liq to’plamini o’z ichiga 
oluvchi ERP - tizimlar zamon talablaridan kelib chiqqan holda 
qo’llanilmoqda. ERP - tizimlari har qanday sug’urta kompaniyasining 
sug’urta shartnomalari, risklar, mukofotlar, to’lovlar hamda kelgusida 
kompaniyaning statistik va iqtisodiy hisob-kitoblari uchun zarur bo’lgan 
boshqa axborotlar haqidagi boshlang’ich ma‘lumotlarni to’plab borish 
maqsadida keng joriy qilinadi. 
Bu tizim ma‘lumotnoma, klassifikatorlarni tuzish, sug’urta 
shartnomasi va polislarini yuritish, qayta sug’urtalash shartnomalarini 
yuritish, shartnomalarning asosiy ko’rsatkichlarini kiritish yoki hisob-
kitob 
qilish, 
barcha 
shartnomalar 
bo’yicha 
hisob-kitoblarni 
avtomatlashtirish funksiyalarini tarkib toptirish va buxgalterlik, sug’urta 
hamda qayta sug’urtalash bloklari o’rtasida ikki tomonlama axborot 
ayirboshlash tizimlari mavjudligini e‘tiborga oladi. Mijozlarga 
xizmatlarni AKT orqali sotishga imkon beruvchi telemarketing (telefon 
orqali savdo) ham ERP-tizimlariga taalluqli bo’lib, call-center 
zamonaviy texnologiyalari sug’urta qiluvchilarga barcha mijozlar bilan 
xabarlashib chiqish jarayonidagi inson resurslarining yetishmasligi 
muammolaridan xalos qiladi, chunki bu texnologiyada barcha ishlar 
avtomat tarzda amalga oshiriladi. Sug’urta kompaniyalari sug’urta 
mahsulotlarini sotib olish vaqtini qisqartirish uchun sug’urta 
mukofotlarini hisob-kitob qilish va polislardan ko’chirma qilish 
jarayonlarini 
avtomatlashtiruvchi 
modullashgan 
hisob-kitob 
dasturlaridan foydalanishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Sug’urta xizmatlari iste‘molchilariga xizmat ko’rsatish sohasida 
aynan zamonaviy AKTlarning joriy qilinishi raqobatchilar bilan 
kurashda 
qo’shimcha 
ustunliklarni 
beradi. 
SRM-strategiyalari 
mijozlarga xizmat ko’rsatish, savdo va marketing sohasidagi biznes 
jarayonlarni 
avtomatlashtirish 
hamda 
takomillashtirishga 
imkon 
beruvchi maxsus texnologiyalar va dasturiy ta‘minot to’plami 
yordamida amalga oshiriladi. 
Bu esa kompaniyalarga, xizmatlar buyurtmachilariga eng maqbul vaqt 
mobaynida, eng qulay aloqa tarmoqlari orqali daromad keltiruvchi 
takliflar kiritish imkoniyatini yaratadi. 


Xalqaro sug’urta bozorida ko’plab sug’urta axborot tizimlari 
mahsulotlari taklif qilinib, ularni qisqacha tahlil qilib chiqamiz. 
Rossiyaning sug’urta sohasi uchun axborot tizimlarini yetkazib beruvchi 
yetakchi 
TopFinSystems 
(TFS) 
kompaniyasining 
mahsulotlari 
tarkiblashtirilgan majmuaviy mahsulotlarni taqdim etadi: 
– xodimlari soni 100-140 mutaxassisdan iborat kichik va dinamik 
rivojlanib borayotgan kompaniyalar sotib olishi va joriy qilishlari 
maqsadga muvofiq hisoblanuvchi tizimlar:
– sotish bilan shug’ullanuvchi bo’linmalarning samarali ishlashi, 
shuningdek, sug’urta faoliyatining asosiy biznes jarayonlarini amalga 
oshirish bilan shug’ullanuvchi bo’linmalar uchun zarur bo’lgan to’liq 
funksionalli ―Galaktika-straxovanie ro’yxatga olish tizimi;
– buxgalteriya va moliyaviy ro’yxatga olish masalalarini yechish
shuningdek, 
xodimlarni 
boshqarish 
uchun-Galaktika-Progress 
tarkibidagi maxsus ―Galaktika ERR tizimi.
Xodimlari soni 200-300 mutaxassislardan iborat bo’lgan yetarli darajada 
mijozlarga ega o’rta hajmdagi kompaniyalar sotib olishlari va joriy 
qilishlari maqsadga muvofiq hisoblanuvchi tizimlar: 
– kompaniya tarkibidagi barcha bo’linmalar samarali ishlashini 
ta‘minlash uchun to’liq modullar to’plamiga ega to’liq funksionalli 
Galaktika-straxovanie‖ ro’yxatga olish tizimi;
– to’liq modullar to’plami va kompaniyaning bek-ofis bo’linmalarini 
samarali ishlashini ta‘minlovchi litsenziyalarga ega ―Galaktika ERR 
tizimi;―Galaktika-straxovanie‖ tizimiga birlashtiriladigan mijozlar bilan 
samarali o’zaro hamkorlikni ta‘minlash uchun CRM – tizimi 
Sug’urta kompaniyalari va banklar uchun dasturiy ta‘minot 
yetkazib beruvchi Avstriyaning mashhur FirstlnEx Internet Services AG 
kompaniyasining Connect Insurance axborot tizimi mijozlarga xizmat 
ko’‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu tizim 
sug‘urta kompaniyasiga ―timeto market‖ – yangi sug‘urta mahsuloti 
to’‘g’‘risidagi g’‘oyani paydo bo‘lishidan boshlab, to uni bozorga olib 
chiqishgacha bo’‘lgan tamoyilli jarayonlar bo’‘yicha va kompaniyadagi 


mavjud AT tuzilishini o’‘zgartirmasdan turib mahsulotlar sotish tizimini 
modernizatsiya qilish imkonini beradi.
AQSHda barcha moliyaviy internet-xizmatlarda bo’‘lgani kabi internet-
sug’‘urta bozori ham birinchi bo’‘lib yo’‘lga qo’‘yildi. Hozirgi kunda 
internetda o’z vakolatxonalarini ochgan ko‘plab amerika sug’‘urta 
kompaniyalari sug’‘urta polislarini sotib olish va xizmat ko’‘rsatish 
uchun zarur bo’‘lgan barcha xizmatlarni ko’‘rsatadi. Mijoz internetda 
on-layn maslahat, yoritib berilgan xizmatlar turidan kelib chiqqan holda 
sug‘urta mahsulotlarini tanlashi mumkin. Shundan s’‘ng sug’‘urta 
mukofotlarini hisoblash va sug‘urta shartnomasini tuzish uchun veb-
shakllarni to’‘ldirish zarur bo’‘ladi. 
Amerika sug’urta bozorida sug’urta portallari o’ziga xos ahamiyatga ega 
bo’lib, odatda tarmoq ma‘lumot resurslari yirik sug’urta kompaniyalari 
axborotlarini taqdim etadi. Tashrif buyuruvchilar internet-portal 
saytlaridan sug’urta kompaniyasining individual sayti kabi bevosita 
internet orqali sug’urta polislarini sotib olishlari mumkin. AQSHda 
yuzlab sug’urta portallari mavjud bo’lib, har birida 20-40 sug’urta 
kompaniyalari ishtirok etadi. Har oyda sug’urta portallariga 150-200 
milliondan ortiq tashriflar bo’lib, ma‘lumotlar bazasida 700 mln.dan 
ortiq foydalanuvchilar bor. Shu bilan birga individual tarzda internet-
sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi sug’urta kompaniyalari ham samarali 
faoliyat olib boradi. Sug’urta kompaniyalari BI mahsulotidan 
foydalanishlari bilan sug’urta biznesini yuritishda manfaatli mijozlarni 
saralab olish, o’zaro samarali hamkorlikning barcha bo’g’inlarida 
qanday 
mijozlarning 
ustuvorligi, 
mijozlarni 
segmentlashtirish, 
yo’qotishlarni tahlil qilish, mos kelishlikni tahlil qilish, maqsadli 
marketingdan foydalanish, kompaniya faoliyatini tahlil qilish kabi bir 
qator imkoniyatlarga ega bo’ladi. 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin