“Zanjir” o‘yini.
O‘qituvchi birinchi bo‘lib so‘z aytadi. O‘quvchilar bu so‘z
qaysi harf bilan tugagan bo‘lsa, shu harf bilan boshlanuvchi so‘zni topib aytadilar.
So‘z o‘yini shu tarzda davom etadi. Bunday o‘yinlarning o‘tkazilishi o‘quvchilarning
xotirasini mustahkamlaydi, hozirjavoblikka, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Dam olish
daqiqalarida yoki darsni boshlashdan oldin o‘quvchilar diqqatini to‘plab olish
maqsadida foydalanish mumkin. Masalan: tabiat, maymunjon, non, nok, kitob, botir,
ruchka. 2-variant: lola, ayiq, qirol, limon. 3-variant: atirgul, Laziza, anor va h.k.
“Topag‘on” o‘yini.
O‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar
shu belgini o‘ziga jam qilgan predmetlar nomlarini yozadilar, eng ko‘p to‘g‘ri javob
topgan o‘quvchilar g‘olib sanaladi. Bu o‘yin orfqali o‘quvchilarning so‘z boyligi
ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi. Masalan: 1-
variant: savol: nima oq rangda? Javob: bulut, parda, qog‘oz qor. 2-variant: Savol:
nima yumshoq? Non, paxta, xamir, yostiq. 3-variant: savol: Nigora nima qilayapti?
Javob: kitob o‘qiyapti, o‘ynayapti va h.k.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Til ta‟limiga oid DTS va dasturlar haqida” R.Tolipova “Til va adabiyot
ta‟limi” 2012-yil 1-son 3-bet
2. Cho‟lpon “Ruhiyat mulki” 2000-yil
3. Yo`ldashev.Q va boshqalar Adabiyot o`qitish metodikasi. – T.:1994.
4.Mahfuza To‟ychiyeva “ Adabiyot darsliklaridagi savol topshiriqlar haqida”
Til va adabiyot ta‟limi, 2005-yil 3-son
5. To`xliyev B. Adabiyot o`qitish metodikasi – T.: Yangi asr avlodi,2007.
Dostları ilə paylaş: |