o‘sha yuqori bahoga sazovor bo‘ladi. Bu o‘yin o‘quvchilarning xotirasini
mustahkamlashga yordam beradi.
«Unlilar» o‘yini
. Bu nomni istalgan mavzu asosida o‘zgartirish mumkin. Katta
ekran orqali tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ixtiyoriy matn namoyish qilinib,
undan matndagi unlilar miqdorini imkon qadar tezroq va to‘liqroq aniqlash
topshiriladi. Chunki bu mavzu nisbatan sodda hisoblanadi.
«O‘zing top» o‘yini.
Proyektor orqali o‘tilgan mavzular asosida ixtiyoriy
ertakdan biron tasvir ko‘rsatilishi aytiladi. O‘quvchilar (3 nafar) taklif qilinadi.
O‘quvchilar tasvirga teskari qaragan holda turadilar. Qolgan o‘quvchilar ertak bilan
bog‘liq bittadan ma’lumot aytadilar. O‘quvchilar bilim darajasiga ko‘ra avval yoki
keyin ertakning nomini aytishlari mumkin.
«Kim nima qiladi?» o‘yini
. O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linib, doska yoniga har
bir guruhdan bittadan o‘quvchi taklif etiladi. Doskaga birinchi guruh ishtirokchisi
kim?
so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni yozsa, ikkinchi guruh ishtirokchisi
nima
qiladi?
so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni yozadi. Natijada yig‘iq gaplar vujudga
kelishi kerak.
Qolgan ishtirokchilar esa gaplarni daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Bunda
o‘quvchilarning yozma savodxonligiga ham hisobga olinadi. Qaysi guruh a’zosi
topshiriqni bexato bajarsa, shu guruhga «rag‘bat» kartochkasi topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: