23
ortishi bulutli hisoblash tizimlari uchun kalitlarni taqsimlash muammosini yuzaga
keltiradi. Shuning uchun bir guruhda foydalanuvchilar sonini chegaradan
oshirmaslik lozim.
Ma’lumotlarni o’rtadagi proksi serverda shifrlash
. Barcha bulut
texnologiyalari o’z ximatlarini masofaviy foydalanuvchilarga Proksi serverlar
orqali taqdim etadi. Proksi serverda shifrlash qurilmasini o’rnatish orqali ishonchli
himoyani tashkil etish mumkin. Bu orqali foydalanuvching o’zining
ma’lumotlarini bulutda qurilma orqali shifrlab saqlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Barcha jo’natilgan xabarlar u orqali o’tadi. Serverda saqlash uchun yuborilgan
ma’lumotlar unda shifrlanadi va foydalanuvchining so’rovi bilan unga yuborilgan
xabar deshifrlanadi.
Shifrlash va deshifrlash kaliti faqat ushbu serverga ma’lum hisoblanadi va
shuningdek, proksi server va bulut server o’rtasida aloqa mavjud emas deb
qaraladi. Proksi serverdan o’tayotgan ma’lumotlar shifrlangan ko’rinishda bo’lishi
ham mumkin. Bundan tashqari proksi serverda ma’lumotlarga urinishlarining
ro’yhati ham mavjud bo’lishi mumkin. Oraliq serverlarning mavjudligi
foydalanuvchi uchun shaffoflikni ta’minlaydi.
Proksi server
Bulutli server
Ochiq/yopiq
ma’lumot
Ochiq
tarmoq
2.3-rasm. Proksi server yordamida ma’lumotlarni shifrlash sxemasi
Dostları ilə paylaş: