Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Ma’lumotlarni uzatishda xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 244,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix07.01.2024
ölçüsü244,07 Kb.
#202806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Namuna

2. Ma’lumotlarni uzatishda xavfsizligini ta’minlash
. Ma’lumotlarni 
xavfsiz qayta ishlash uchun aloqa kanallarida himoyani tashkil etish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mijoz va server o’rtasida ma’lumotlarni xavfsiz almashishni 
amalga oshirish uchun VPN kanallaridan foydalanish. VPN tunellar ikki tarmoq 
o’rtasida xavfsiz aloqa kanalini hosil qiladi va ularning harakatlari yagona login va 
parol asosida tartibga solinadi. Aloqa sifatini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
ochiq bulutli hisoblash tizimlariga internet orqali ulanish VPN tunellar orqali 
amalga oshiriladi. Misol sifati SSL ulanishlari keltirish mumkin. 
SSL va VPN ulanishlari autenifikatsiyalash protokollari yordamida amalga 
oshirilsa, xavfsizlik yanada ortadi. Autentifikatsiyalash sertifikatlari qattiq 
disklarda shifrlangan ko’rinishda saqlanadi. Bulutli hisoblash tizimi va mijoz 
o’rtasida ushbu himoyalash vositalarini qo’llash orqali amalga oshirilgan ulanishlar 
xavfsiz hisoblanadi. 
Shifrlangan axborotlar autentifikatsiya jarayoni muvafaqqiyatli amalga 
oshirilgandan so’ng bulutli hisoblash tizimiga jo’natiladi. Ma’lumotlarni ruhsat 
etilmagan kanallardan kirilgan holatda ham o’zgartirish mumkin emas. Ushbu 
usullar juda mashxo’r bo’lib, ularga AES, TLS, IPsec protokollarini misol keltirish 
mumkin. 
3. Autentifikatsiya
. Foydalanuvchilarning haqiqiyligini tekshirish usuli 
hisoblanadi. Uning parollar, e-tokenlar va biometrik parameterlarga asoslangan 
usullari mavjud. Ularning ichidan bir martalik parollorga asoslangan 
autentifikatsiyalash usuli oddiy va xavfsizlik jihatidan yuqori hisoblanadi. Ushbu 
bir martalik parollar kalitlarni generatsiyalash maxsus dasturlari, qurilmalari 
yordamida va dastlabki qiymat SMS xabarlari orqali amalga oshiriladi. Bulutli 
hisoblash tizimlarining boshqa hisoblash tizimlaridan asosiy farqi, uning geografik 
jihatdan chegaralanmaganligi va keng masshtabligi hisoblanadi. Bir martalik 


21 
parollar mobil telefonlarda dasturlarni yuklash va undan foydalanish huquqini 
berishda ko’p qo’llaniladi. Xizmat ko’rsatish provayderi va mijoz o’rtasida sinxron 
aloqani tashkil etish uchun LDAP (Lightweight Directory Access Protocol) 
protokoli va SAML (Security Assertion Markup Language) dasturlash tilidan 
foydalanish maqsadga muvofiq.

Yüklə 244,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin