15-Ma’ruza. Elektromagnit induksiya xodisasi……………………….
93
Adabiyotlar……………………………………………………………….
100
KIRISH
Biz yashab turgan, hayot kechirayotgan gallaktikamiz (Quyosh va uni atrofida aylanayotgan tuqqizta planeta va yulduzlar sistemasi) juda kup asrlardan beri mavjud. Yerimiz, tabiatimiz, yetti osmonimiz gallaktikaning bir bulagi bulib, tirik organizmlar va odamzod maskani sifatida paydo buldi. Tabiat hodisalarini, jarayonlarini va qonunlrini urganish juda qadimdan boshlangan.
Tabiat sirlarini o‘rganish, qonunlarini ochish asosida insoniyat o‘zining turmush sharoitini,yashash imkoniyalarini yaxshilab bordi. Tabiat sirlarini o‘rganish o‘z navbatida, o‘z zamonidagi fikrli, mulohazali, ilg‘or kishilarni o‘ziga tortdi. Qadimgi Yunonistonda tabiat hodisalarini o‘rganuvchi tabiatshunoslik fani vujudga keldi.
Fizika yunoncha so‘z bo‘lib, “physics”- tabiat degan ma’noni anglatadi. Fizika fanini birinchi bo‘lib, qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (eramizdan avalgi 384-322 yil) o‘zining kitoblarida bayon etgan. O‘sha davrda fizikaning tarkibiga hozirgi ximiya, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar kirgan. Keyinchalik, ular mustaqil fanlar bo‘lib ajralib chiqqan, lekin ular o‘rtasida keskin chegara yo‘q, Ular doimo bir-birlarini to‘ldirib hamisha aloqada bo‘ladilar. Bu gaplarni isboti sifatida tabiatdan yangi-yangi hodisalarning kashf qilinishi va ularning amalda qo‘llanishi natijasida fizikaviy-ximiya, astrofizika, geofizika, biofizika kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini kursatish mumkin. Shuning uchun, fizika barcha tabiiy va amaliy fanlarning poydevoridir deyish mumkin.
Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi ikki tomonlamadir: Bu fanlar fizika asboblari yordamida taraqqiy qilib, yangi fan cho‘qqilarini egallashsa, o‘zining yutuqlari bilan fizikani ham boyitadi va uni oldiga yangi vazifalar, yangi mukammal asboblar yaratishni qo‘yadi, shu tariqa o‘zi ham, fizika ham rivojlanib boradi.