Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə4/58
tarix05.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#173306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Ma\'ruzalar matni-КРЕДИТ 1-ҚИСМ

Masalan: astranomlarga yangi teleskoplarni yaratib berish, osmon jismlarini mukammalroq o‘rganishga, biologlarga elektron mikroskoplarni yaratilishi, hayotni qanday paydo bo‘lish sirini ochilishiga olib keldi, ximiklarga spektroskopni yasab berilishi davriy sistemadagi 24 ta elementni kashf etilishiga sabab bo‘ldi va hokazo.
Fizika fani rivojlanishida buyuk o‘zbek mutafakkir olimlarimizning boy ilmiy meroslarni ham ahamiyati katta bo‘lgan. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari, dunyo xaritasini yaratishdagi urinishlari “Amerika” qit’asi borligini bashorati (Kolumbning Amerikani ochishida asos bo‘lgan), shuningdek, Ahmad Al-Farg‘oniyning Yer meridianini o‘lchab chiqishlari, tutash idish qonunidan foydalanib Nil daryosi suvini o‘lchab beradigan qurilmani yaratgani (u hozirgacha saqlanganligi), Al-Xorazmiy bilan birgalikda osmon jismlarini o‘rganishdagi tadqiqotlari hozirgacha ham o‘z qiymatini yo‘qotganicha yo‘q.
Bizning atrofimizni o‘rab olgan moddiy dunyo doimo uzluksiz xarakatda bo‘lgan materiyadan iboratdir. Materiya ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1) Modda ko‘rinishda, masalan, qattiq, suyuq, gazsimon va plazma holatidagi jismlar;
2) Maydon ko‘rinishida, masalan, gravitatsion maydon, elektromagnit maydon, yadroviy kuchlar maydoni va boshqalar.
Fizika fani materiyaning tuzulishini va materiya harakatining eng oddiy ko‘rinishidan tortib, to eng umumiy ko‘rinishlarigacha o‘rganadi: mexanik, atom-molekulyar, gravitatsion, elektromagnit, atom va yadro ichidagi jarayonlar.
Harakat deganda, materiyaning tabiatda bo‘ladigan barcha o‘zgarishlari, bir turdan ikkinchi turga aylanishlari, barcha jarayonlar tushiniladi. Fizikaviy tadqiqot usullari. Fizika hodisalarini tabiat sharoitida o‘rganish kuzatishdan boshlanadi. Hodisalarni sun’iy ravishda laborotoriya sharoitida amalga oshirib, tajriba o‘tkazishni eksperiment deb ataladi. Eksperimentni kuzatishga qaraganda, bir qator afzal tomoni bor, chunki tabiiy sharoitlarda biror ’odisa ro‘y berishi uchun sutkalab, oylab, hatto, yillab kutishga to‘g‘ri keladi. Laboratoriya sharoitida esa bu hodisani hohlagan qisqa vaqtda amalga oshirish mumkin.
Kuzatish va tajriba natijalaridan hodisani tushuntirish uchun mulohaza va mantiqiy umumlashtirishlar asosida gipoteza (ilmiy faraz) lar yaratiladi.
Agar gipoteza eksperimentda tasdiqlansa, u haqiqiy fizik nazariyaga aylanadi, aks holda gipoteza sinovdan o‘tmagan gipotezaligicha qoladi.
Fizik nazariya atrofimizda sodir bo‘layotgan bir qator hodisalarni, ularning mexanizmi va qonuniyatlarini tushuntira olishi kerak. Eksperiment asbob - uskunalarini zamonaviylashuvi va o‘sishi bilan yangi hodisalar kashf etiladi, bu esa o‘z navbatida yangi fizik nazariyalar yaratilishini taqozo qiladi.
Fizik kattaliklarni o‘lchash uchun o‘lchov birliklari tanlab olinadi. O‘lchash mumkin bo‘lgan fizik kattaliklarning birliklari etalon (namuna) larga ega.Fizik kattaliklarning qiymati deganda, mazkur kattalik etalondan (yoki uning nusxasidan) necha marta faqlanishini ko‘rsatadigan son tushuniladi. Har bir fizik kattalik o‘lchov birligini boshqa fizik kattaliklarga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil tanlash mumkin.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin