Masalan, yettita fizik kattalik uchungina, o‘lchov birligi ixtiyoriy tanlanadi. Bu fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari asosiy birliklar deb yuritiladi. Qolgan barcha fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari bu kattaliklarni asosiy kattaliklar bilan bolovchi qonunlar (formulalar) asosida tanlanadi. Bunday kattaliklarning o‘lchov birliklari hosilaviy birliklardeb yuritiladi.
1960 - yil oktabrda Xalqaro sistema qabul qilindi.
1961 - yilning 24- avgustida oldingi sobiq ittifoqida “Sistema Internatsionalnaya” so‘zlarini bosh harflari bo‘yicha SI (“Es-I”deb o‘qiladi) tarzda belgilangan birliklar sistemasi tasdiqlandi. SI da yettita asosiy birlik va ikki qo‘shimcha birlik qabul qilingan:
Kattaliklar-ning nomi
o'lchamligi
nomi
bеlgisi
Kattalik o’lchov birligining ta'rifi
Uzunlik
Mеtr
m
Kripton 86-atomining 2R10 va 5d5 satxlari orasidagi o’tishga mos bo’lgan nurlanishning vakuumdagi to’lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta bo’lgan uzunlikni 1 m dеb qabul qilingan
Massa
kilogramm
kg
Diamеtri va balandligi 39 mm dan iborat platina (90 %) va iridiy (10%) qotishmasidan tayyorlangan silindrning massasidir.
Vaqt
sеkund
s
Sеziy -133 atomi asosiy holatining ikkita nozik sathlari orasidagi utishga mos bo’lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqt 1 sеkund dеb qabul qilinga.