71
Ekstremistik tashkilotlarda a’zolar tomonidan oylik daromaddan
majburiy badal («baytulmol» yoki «tabarruhot») to‘lashning yo‘lga
qo‘yilgani ham terrorchilik amaliyotlarini moliyaviy oziqlantiruvchi
manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, «Hizbuttahrir» a’zolari
orasida oylik daromadidan 5–20 foiz majburiy badal to‘lashi yo‘lga
qo‘yilgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday shakllarda yig‘ilgan
pullar qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish, terrorchilarni
tayyorlash lagerlarini moddiy qo‘llabquvvatlash uchun sarflangan.
Masalan, 2002yilda Germaniyada «rizbuttahrir» diniyekstremis
tik tashkiloti tomonidan mahalliy musulmonlardan yig‘ilgan «tabar
ruhot»lar chet mamlakatlardagi terrorchilik amaliyotlarini moli
yalashtirishga yo‘naltirilgani fosh etilgan. Shuningdek, 2007yilda
Pokistonda turli yo‘llar bilan yig‘ilgan xayriya pullarini «alQoida»
ga qurolyarog‘ sotib olishga sarflagani uchun tashkilotning barcha
hisob raqamlari muzlatilgan.
Terrorchi guruhlar hozirda o‘z moliyaviy manbalari bilan bank
tizimi imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalardan foydalan
gan murakkab aloqa tizimlarini shakllantirishga harakat qilmoq
da. Natijada, ushbu manbalarni aniqlash va yo‘q qilish tobora qi
yinlashib bormoqda.
Dunyoning ko‘pgina davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash haqidagi maxsus
qonunlar qabul qilingan. Mazkur yo‘nalishda xalqaro tashkilot
lar, xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining terrorchi shaxslar
hamda tashkilotlarga tegishli dunyo banklaridagi hisob raqam
larini «hibsga olish»ga bag‘ishlangan 1333, 1390 va 1455qarorlari
deyarli barcha davlatlar tomonidan ijro etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: