Va terrorizmga


Bag‘rikenglik tushunchasi va mohiyati



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Bag‘rikenglik tushunchasi va mohiyati. «Bag‘rikenglik» tu­
shunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jum­
ladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyot, 
ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng is­
tifoda etiladi. «Tolerantlik» – lotincha «tolerare», ya’ni «chida­
moq», «sabr qilmoq» ma’nosini anglatgan bu so‘z, asosan biror 
narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy tushunchalari­
dan qat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qa­
bul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli bar­
cha tillarda bir xil yoki bir­birini to‘ldiruvchi ma’no kasb etib
«chi damlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o‘zgacha qarashlar va 
harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish», «muruvvatlilik», 
«himmatlilik», «kechirimlilik», «mehribonlik», «hamdardlik» ka­
bi ma’nolarga ega.
Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikeng­
lik borasida 1995­yil 16­noyabrda BMT tizimida Fan, ta’lim va 
madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YUNESKO) Bosh 
konferensiyasining 28­sessiyasida «Bag‘rikenglik tamoyillari» 
Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chi­
qishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson 
huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyat­
lar belgilab qo‘yilgan. 1995­yil «Xalqaro bag‘rikenglik yili» deb 
e’lon qilindi.
Diniy bag‘rikenglik turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud aqi­
daviy farqlardan qat’i nazar ularning yonma­yon, o‘zaro tinch­to­


55
tuv yashashi hamda har bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarash­
ni anglatadi. Har kim o‘z e’tiqodiga amal qilishda erkin bo‘lgani 
holda, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etmog‘i 
lozim. «Bag‘rikenglik tamoyillari» Deklaratsiyasida ta’kidlangani­
dek, «Bag‘rikenglik bo‘lmasa tinchlik bo‘lmaydi, tinchliksiz esa 
taraqqiyot va demokratiya bo‘lmaydi». 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin