Ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi. Jamiyat ta
raqqiyotiga muqobil ravishda ekstremizm va terrorchilik bilan
bog‘liq jinoyatlar sifat va miqdor jihatidan o‘zgarib, uning massh
tab doirasi tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, terrorchi
lar sodir etayotgan jinoyatlarning intensivligi va og‘irlik daraja
si ham kun sayin dahshatli tus olayotgani juda achinarli holdir.
Bu esa insoniyat xavfsizligi va dunyo mamlakatlarining ijtimoiy
iq
tisodiy taraqqiyotiga tahdid hamon saqlanib qolayotganidan
dalolat beradi. Ekstremizm aqidaparastlik va mutaassiblik bilan
bog‘liq bo‘lib, din sohasidagi salbiy hodisalarning o‘ziga xos man
tiqiy halqasi hisoblanadi.
Ekstremistik harakatlar o‘zlarining g‘ayriinsoniy g‘oyalari bi
lan odamlar ongini egallash, diniy shiorlardan foydalangan holda
ularni chalg‘itish, jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni kelti
rib chiqarish orqali hokimiyatga erishish maqsadlarini ko‘zlaydilar.
Buzg‘unchilik esa ular o‘zlari jar solayotgan, o‘zlari intilayotgan
mazmunmohiyati va shaklu shamoyili noma’lum bo‘lgan jami
yatga erishishning yo‘li sifatida chiqadi. Ekstremistik tashkilotlar
kurashning terrordan boshqa yo‘lini rad etishi, jangariligi hamda
yuqori darajada ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turadi.
O‘tgan asrning 70yillari oxiriga kelib, Afg‘oniston ekstrem
izm va fundamentalizmning eng yirik o‘chog‘iga aylana boshladi.
Ushbu mamlakatdagi siyosiy beqarorlik tufayli turli mamlakat
lardan o‘zining xunuk qilmishlari uchun badarg‘a bo‘lgan qora
65
kuchlar Afg‘onistonga oqib keldilar va mustahkam o‘rnashib oldi
lar. «Tolibon» nomi bilan atalgan ekstremistlar ularga boshpana
berdilar. Afsuski, ayrim yirik davlatlar ham o‘zlari ning shubhali
geosiyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish ilinjida Afg‘oniston
dagi radikal guruhlarni amalda qo‘llabquvvatladilar. Natijada,
ushbu mamlakat ekstremizm va terrorizmning haqiqiy o‘chog‘iga
aylandi. Bu hol nafaqat uning, balki unga tutash mamlakatlar
ning xavfsizligiga ham tajovuz solgan.
Bugungi kunda diniy shiorlarni o‘ziga bayroq qilib olgan eks
tremistik oqimlar kishilarni garovga olish, turli qiynoqlarga so
lish va hattoki, shafqatsiz uslublarda qatl etishdek mudhish ish
larga qo‘l urmoqdalar.
XXI asr boshlarida mazkur harakatlar yanada avj olayotganini
ko‘rishimiz mumkin. Ekstremizmni o‘ziga qurol qilib olgan ter
rorchilarning butun dunyo nafratini qo‘zg‘atgan 2001yilda so
dir etgan vahshiyliklari bashariyat tarixidagi eng mash’um sahi
falardan bo‘lib qolishiga hech kim shubha qilmaydi. Jumladan,
2001yilning 11sentyabrida turli reyslar bilan AQSHning Nyu
York, Boston va Vashington shaharlaridan uchgan to‘rtta «Bo
ing757» samolyoti 18 nafar terrorchi tomonidan egallab olinib,
ularning ikkitasi NyuYorkdagi Xalqaro Savdo Markazi joylash
gan «egizak» binolarga, bittasi esa AQSH qurolli kuchlari shta
bi – Pentagonga yo‘naltirildi. Yana bir samolyot Pensilvaniya
shtatidagi Shanksvill rayoniga qulab tushdi. Oqibatda 2974 kishi
hayotdan ko‘z yumdi shu bilan birga 18 ta terrorchi, 10 mingdan
ziyod kishi jarohatlandi.
2003yil 13noyabrda Turkiyaning Istanbul shahrida joylash
gan ikki sinagoga (yahudiylar ibodatxonasi) yonida portlovchi
moddalar bilan to‘ldirilgan mashinalar portlatilib yuborilgan.
Natijada 25 kishi halok bo‘ldi va 300 nafar shaxs jarohatlandi.
2004yilning 11martida Ispaniyaning Madrid shahridagi 4 ta
temiryo‘l bekatida umumiy hisobda 6 ta portlatish amalga oshiril
di. Natijada, 200 ga yaqin kishi halok bo‘ldi va 1500 dan ziyod ki
shi jarohatlandi.
66
2005yil 7iyulda Buyuk Britaniyaning London shahri metro
sida bir qancha terrorchilik harakatlari amalga oshirildi. Natijada
56 kishi qurbon bo‘ldi va 700 nafar kishi turli darajada jarohat ol
di. 2005yil 5noyabrda Iordaniyaning Ammon shahrida portla
tishlar amalga oshirildi. Buning oqibatida 67 begunoh inson ha
yotdan ko‘z yumdi va 295 shaxs jarohatlandi.
2008yil 26noyabrdan 29 noyabrgacha «Dekkan Mujohidin»
ekstremistik tashkiloti tomonidan Mumbay (Hindiston)dagi «Toj
Mahal» mehmonxonasi, shahar shifoxonasi va «Yahudiylar mar
kazi»ga uyushtirilgan terrorchilik xurujlari oqibatida 195 kishi
halok bo‘lgan, mingga yaqin kishi og‘ir tan jarohati olgan.
2013yil 21sentyabrda Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan
«Vestgeyt» savdo markaziga Somalidagi «ashShabab» tashkilo
ti jangarilari qurolli bosqinni amalga oshirib, nafaqat boshqa din
vakillari, balki islom ta’limotlarini to‘liq bilmagan musulmon
larni ham qiynoqqa solishgan.
Natijada, 70 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumib, 200 dan
oshiq insonlar tan jarohati olishgan.
2014yil 26noyabr kuni «Boko Xaram» terrorchi guruhi Ni
geriyaning Borno shtatidagi ikkita qishloqqa hujum qilib, vay
ronaga aylantiradi. 20 dan ortiq kishi vafot etadi.
2015yil 10oktyabr kuni Turkiyaning poytaxti Anqarada port
lash sodir bo‘ladi. Terakt oqibatida 95 kishi vafot etadi, 246 ki
shi jarohat oladi.
2015yil 31oktyabr kuni Sinay yarimorolida (Misr) Sharm
alShayxdan SanktPeterburg shahriga uchgan samolyot halokat
ga uchraydi. Mazkur halokat rasmiy ravishda terakt deb bahola
nadi. Unda 224 kishi vafot etdi.
2016yil 22mart kuni Belgiya poytaxti aeroportida ikkita,
so‘ngra, Yevroparlament binosi yaqinidagi metro stansiyasida ya
na ikkita portlash sodir etildi. 30 dan ortiq inson vafot etdi, 130
dan ortiq kishi jarohatlangan.
2016yil 14iyul kuni Fransiyaning Nitssa shahrida mamlakat
ning milliy bayrami – Bastiliya kunini nishonlash paytida mud
67
hish terakt sodir etildi. Falokat oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi,
yuzdan ortiq odam jarohatlandi.
Yuqoridagi holatlar bunday harakatlarning ko‘lami kengayib
borayotganini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, tinchlik – urush va nizolarga barham berish orqa
ligina ta’minlanadi. Afsuski, turli qaramaqarshilik va ziddiyat
larni keltirib chiqarish yo‘li bilan o‘z maqsadlariga erishishni
ko‘zlaydigan kuchlar bor ekan, sun’iy ravishda nizoli vaziyatlarni
vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham to‘xtamaydi. Bun
ga 2011–2016yillarda ba’zi arab mamlakatlarida ro‘y bergan va
hamon davom etayotgan siyosiy inqirozlar oqibatida yuzaga kel
gan qonli to‘qnashuvlar misol bo‘la oladi. Mazkur ommaviy tar
tibsizliklar tufayli Tunisda 300 nafar, Misrda 800 nafar, Liviyada
14 ming nafar, Suriyada 250 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan.
Ayniqsa, Suriyaning kelajagi qanday bo‘lishini hozirgi kunda
hech kim bilmaydi. Ilgari gullabyashnagan musulmon ma
m
lakati uchun besh yil davom etgan qonli urushlar juda ayanchli
yakun topmoqda – har elliginchi suriyalik halok bo‘ldi, har ik
kinchisi esa qochoqlikda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2011yi
li Suriyada 21 million aholi istiqomat qilgan. Besh yil ichida esa
250 minggi halok bo‘ldi. Agar halok bo‘lgan, yaralangan va bosh
qa davlatlarga qochishga majbur bo‘lgan suriyaliklarning umu
miy soni birlashtirilib chiqilsa, unda Suriya o‘z aholisining deyar
li to‘rtdan bir qismini yo‘qotganligi aniqlanadi. Ikkinchi Jahon
urushidan keyin Suriyadagi mojaro eng qonli urushlardan bo‘ldi.
Yaqin Sharq va G‘arbdagi ayrim davlatlarning Suriya davlati
ning ichki ishlariga aralashishga harakati hamda rasmiy davlat
rahbarini ag‘darib tashlashga intilishlari oqibatida nafaqat qon
li to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi, balki dunyo tarixida ilk bor «ter
rorchilar davlati»ning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Bugun Ya
qin Sharqdagi bir necha terrorchi guruhlarni birlashtirgan «Iroq
va Shom islom davlati» (IShID) tashkiloti butun dunyoga xavf
solmoqda. Ammo, Suriyadagi mojarolarning ilk davrlarida ushbu
tashkilot Shom (Suriya) hududida «xalifalik» qurishga chaqira
68
yotgan uncha katta bo‘lmagan diniy ekstremistik guruhlarning
koalitsiyasi sifatida ma’lum bo‘lgan edi.
Mamlakatning ko‘plab yerlaridagi hokimiyat organlaridagi
bo‘shliqlar va ma’lum davlatlarning yordamida «IShID» bir ne
cha oy ichida dunyo hamjamiyatiga tahdid soluvchi, ko‘p minglab
terrorchilarga ega bo‘lgan yirik jangari guruhga aylandi.
Birgina, 2015yili «IShID»ning terrorchilik harakatlari nati
jasida 6 ming 141 kishi halok bo‘ldi. Bu guruh har bir terrorchi
lik bosqinida 6,4 ta odam o‘limiga sabab bo‘ldi. Iroq hududida
sodir bo‘lgan terrorchilik harakatlari oqibatida halok bo‘lganlar
ning 62% «IShID»ga to‘g‘ri keldi. Bu guruh zarar keltirgan dav
latlar soni 28 taga yetdi.
Ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofalaridan yana bi
ri sifatida 2015yil fevral oyida aynan «IShID» jangarilari tomo
nidan Mosul markaziy kutubxonasi portlatilib, 10 mingdan ziyod
noyob kitoblar yo‘q qilinganini aytish mumkin. Kutub xona hov
lisida terrorchilar qo‘lyozma va bosma kitoblarni jamlab, gulxan
yoqishdi. Shuningdek, «IShID» jangarilari Mosul shahri muzeyi
eksponatlarini ham yo‘q qilishdi. 2015yil 4martda «IShID» to
monidan Nimrud shahri qadimgi ossuriy binolari va haykallarini
buldozerlar yordamida yer bilan yakson qilindi. O‘sha yili 7 va
8mart kunlari jangarilar tomonidan qadimgi Xatra shahri xaro
balari hamda DurSharruqin shahri, shu ningdek, avgust oyida
Suriyaning Palmira (Tadmur)dagi qadimiy Baalshamina va Bela
ibodatxonalari ham vayron qilindi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ekstremistik harakatlar faqat
islom bayrog‘i ostida amalga oshirilmoqda, degan xulosaga kel
maslik lozim. Chunonchi, nafaqat islom, balki xristian dinining
ba’zi sektalariga asoslangan ko‘plab diniy ekstremistik harakat
lar ham mavjud. Xususan, «Iyegovochilar», «Pyatidesyatniklar»,
«Tashabbuskor baptistlar» faolligini alohida qayd etish o‘rinli.
Masalan, «Tashabbuskor baptistlar» umuman na qonuniy hoki
miyat va na dunyoviy qonunlarni tan olmaydi, ularning fikricha,
cherkov davlatdan yuqori turadi.
69
«Pyatidesyatniklar»ning ba’zi vakillari esa, o‘z safdoshlarini
o‘ta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zo‘rlaydi va
dunyo ne’matlaridan batamom voz kechib, tarkidunyochilik bilan
yashashga da’vat etadi. Dunyoning turli hududlarida sodir bo‘la
yotgan bu kabi mudhish voqealar oqibatida aziyat chekayotgan
begunoh kishilar turli millat va din vakillari sanaladi.
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish lozimki, ekstremizm va terro
rizmni na dini, na millati va na Vatani bor. Bu kabi harakatlar
ning kishilik jamiyatining nafaqat buguniga emas, balki istiqboli
ga ham jiddiy tahdid solayotgan omilga aylangani, insoniyat unga
qarshi bir butunlikda kurashgandagina ijobiy natijalarga erishishi
mumkinligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |