92
Taxminlarga ko‘ra, «IShID» safida urushayotgan jangarilar
ning 40 foizini 80 dan ortiq xorij davlatlaridan kelgan ko‘ngil
lilar tashkil etadi. Ming afsuski, ular orasida Markaziy Osiyo
respublikalari fuqarolari bo‘lgan jangarilar ham bor. Guruh rah
barlari Qur’on oyatlarini o‘z ra’ylaricha talqin qilib, bugungi kun
da «hijrat» qilish va «jihod» tushunchalarini ilgari surib harbiy
to‘qnashuvlar o‘choqlariga odamlarni jalb qilmoq dalar.
Buning natijasida, tashkilot tomonidan 2013–2014yillar
mobaynida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etil
gan, xudkush terrorchilar tomonidan 80 ga yaqin portlashlar amal
ga oshirilgan. Suriyada «IShID» jangarilari 60 dan ziyod cherkov
va monastirni vayron qilgan. 2014yil 14iyun kuni Iroqning Mo
sul shahridagi «AlIsro» masjidi yonida tashkilotga qo‘shilishdan
bosh tortgan 12 nafar diniy ulamo namoyishkorona qatl etilgan.
Hattoki, «The Daily Mirror» axborotiga ko‘ra, «IShID» jangari
lari Iroqda aholi orasida qo‘rquv uyg‘otish uchun tirik chayon
lar to‘ldirilgan konteynerlarni portlatish usulidan foydalanmoq
da. Oqibatda atrofga tarqalib ketgan zaharli hasharotlar odamlarni
chaqib, aholi orasida dahshatga sabab bo‘lmoqda. Bu esa ularning
har qanday qabih ishlardan ham tap tortmasligidan dalolat beradi.
2014yilning 3iyulida Dunyo musulmon ulamolari kengashi
tashkiloti «Islom davlati» e’lon qilgan «xalifalikni» keskin qora lab,
uni shar’an botil deb fatvo berdi. Fatvoda islom ta’limotiga ko‘ra
qandaydir alohida firqa va oqimlar o‘zboshimchalik bilan «xalifa
lik»ni e’lon qilish huquqi berilmagani ta’kidlangan. Demak, butun
dunyo musulmon ulamolari ham «IShID»ning faoliyatini tanqid
qilib, uning faoliyati, targ‘ib etayotgan g‘oyalari islom ta’limotlari
ga zid ekani va uni tan olib bo‘lmasligini aytib o‘tganlar.
Dostları ilə paylaş: