105
tarafdorlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida 2009yil ning
may oyida «Andijon – Adolat va Tiklanish» tashkiloti tash
kil qilgan. 2011yilda «Akromiylar» jamoasi va ularga moyil
bo‘lgan «Andijon – Adolat va Tiklanish», «Tanyach» tashkilot
lari va «Erk» partiyasi ishtirokida «O‘zbekiston xalq haraka
ti» nomli uyushma tuzilgan. Ushbu harakat a’zolari tomonidan
«ozodlik», «e’tiqod erkinligi», «inson huquqlari» kabi joziba
li tushunchalar ishlatilib, turli yo‘llar, masalan, Internet tizimi
orqali asosan yurtimiz yoshlarini o‘z saflariga qo‘shishga ha
rakat qilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan holatlar ham jaholat og‘ir oqibatlarni
keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Shunday ekan, odamlar ongi va
qalbida ma’rifatning mutlaq ustuvor bo‘lishiga erishish, kishilar
ta fakkurini boyitish, ularda sog‘lom va sobit e’tiqodni shakllan
tirish uchun kurash, bu yo‘ldagi nazariy va amaliy ishlarning
hozirjavob ligini ta’minlash, ta’sirchanligini oshirish dolzarb vazi
falardan biri bo‘lib qolaveradi. Zero, Respublikamizning Birinchi
Prezidenti Islom Karimov o‘rinli ta’kidlaganlaridek, odamning
o‘z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o‘zi tayanib yashaydigan
hayotiymilliy qadriyatlar, shakllangan dunyoqarash va mustah
kam irodaga ega bo‘lishi har turli mafkuralarning bosimi, ular
ning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi tazyiqlariga bardosh
berishining asosiy sharti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: