121
Demak, mazhablar tarqalgan hududlardagi iqlim sharoiti ham
e’tiborga olingan. Binobarin, Rasululloh (a.s.)dan ikki holatni
ham tasdiqlovchi rivoyatlar yetib kelgan.
Yuqorida zikr etilganidek, juz’iy masalalarda ixtilof qilingani
bilan, to‘rt sunniy mazhabda islomning asosiy masalalari bo‘yi
cha ixtiloflar yo‘q. Chunki har bir mazhab asoschisi o‘z so‘zlarini
ishonchli dalillar bilan isbotlagan.
Asrlar davomida musulmonlar to‘rt mazhab – hanafiy, moli
kiy, shofeiy va hanbaliy mazhablaridan biriga amal qilib kelgan
lar. Hech kim buni inkor qilmagan. Qanchaqancha faqih, mu
haddis, mutakallim va mutasavvif olimlar ham shu mazhablarga
asosan o‘z faoliyatlarini olib bordilar.
Mazhabsizlik g‘oyasi o‘zida millatni ortga tortish, qoloqlikka
mahkum qilish xavfini mujassamlaydi, taraqqiyotdan chetga chi
qib qolishga olib keladi. Chunki turli soha mutaxassislari mazhab
sizlik g‘oyasiga ergashsa, unda umrlarini o‘z kasbiy mahoratlari
ni yuksaltirish, izlanishlar olib borishga emas, balki tubsiz diniy
masalalarga o‘ralashib qolib, hayotlarini faqat o‘zlari uchun diniy
hukmlar chiqarishga sarflaydilar. Oqibatda turli sohalardagi mu
taxassislar ham tez o‘zgaruvchan globallashuv sharoitida o‘zlari
ni yo‘qotib qo‘yadilar: yaxshi mutaxassis ham, yetuk ulamo ham
bo‘la olmaydilar. Natijada mutaxassislardan mosuvo bo‘lib borishi
barobarida, millat avvalida turg‘unlik, keyinchalik esa tanazzul
ga yuz tutadi. Aslida esa har bir mutaxassisning o‘z sohasini pux
ta egallashi, jamiyat rivoji uchun xizmat qilishi, odamlar og‘irini
yengil qilishi, yurt ravnaqiga hissa qo‘shishi ham ulug‘ ibodatdir.
Dostları ilə paylaş: