Va terrorizmga


ni o‘ldirsa, jannatning hidini hidlamaydi. Jannatning hidi qirq yillik



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

ni o‘ldirsa, jannatning hidini hidlamaydi. Jannatning hidi qirq yillik 
masofadan taralib turadi» (Imom Buxoriy rivoyati).
Shariatga oid matnlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, Alloh 
taologa yaqinlashtiruvchi har qanday ezgu ish jihod hisoblana­
di. Masalan, ota­onaga yaxshilik qilish, nafsiga qarshi kurashish 
va boshqa. Hadislarda «U ikkisi (ya’ni ota-ona) borasida (xizmat-
larini qilib) jihod qilgin» (Imom Buxoriy rivoyati), «Mujohid – Al-
loh taolo itoatida o‘z nafsiga qarshi kurashgan kishidir» (Imom 
Ahmad rivoyati) deyiladi. Shunday ekan, islom jannatga kirish­
ga hamda do‘zaxdan uzoqlashishga sabab bo‘luvchi Alloh taolo­
ning zikri, insonlarga yaxshilik qilish, yer yuzida osuda hayot 


118
kechirish kabi jihodga, ya’ni sa’y­harakat qilishga chaqiradi. Ze­
ro, asl jihod – islom ta’limotiga ko‘ra – Alloh taologa yaqin­
lashtiruvchi solih amallarni o‘z ichiga oladi. Binobarin halol ti­
jorat, ishlab chiqarish yoki quduq qazib suv chiqarish kabi ishlar 
ham shular jumlasidandir. Demak, tinchlikka raxna solish, jami­
yat ravnaqi va xalq farovonligiga ziyon yetkazish, fitna qo‘zg‘a­
tish, toifalarga bo‘linib o‘zaro nizolashish umuman islom diniga 
yot holat hisoblanadi. Buni quyida keltirilayotgan Qur’on oyat­
larida ham ko‘rish mumkin. «Alloh fasod (buzg‘unchilik)ni yoqtir-
maydi» (Baqara, 205). «Ularga: «Yer yuzida fasod (buzg‘unchilik) 
qilmangiz!» – deyilsa, ular: «Albatta, biz chin islohchilarmiz», – 
deydilar. Ogoh bo‘lingki, aynan ularning o‘zlari buzg‘unchilardir, 
lekin (buni o‘zlari) sezmaydilar» (Baqara, 11–12). «Fitna qotillik-
dan ham ashaddiyroqdir» (Baqara, 191).
«Shahid» (arab. «guvohlik», «hozir bo‘lmoq») – ushbu daraja­
ga erishgan insonlarga jannat yoki ko‘plab yaxshiliklar bashorat 
qilinganiga farishtalar guvoh, ya’ni shohid bo‘lgani sababli, aynan 
ushbu so‘z ishlatilgan. 
Ulamolar nazdida, shahid deyilganda Alloh taolo yo‘lida dush­
man bilan bo‘lgan jangda Vatani, dini, oilasi, millati sha’nini hi­
moya qila turib vafot etgan inson nazarda tutiladi. Ammo in­
son Vatan sarhadlari, millat sha’nini himoya qilish uchun emas, 
balki mol­davlat to‘plash, o‘zidan nom qoldirish kabi dunyoviy 
narsalar ni qasd qilgan bo‘lsa, bu toifa kishilar shahid hisoblan­
maydi.
Shuningdek, ba’zi insonlar borki, bu dunyoda ko‘pchilikka nafi 
tegadigan xayrli ishlar qiladi va qorin (ichki) kasalligi, cho‘kish, 
kuyish kabi sabablar bilan vafot etadilar. Ular kishilar nazdida 
oddiy insondek tuyulsa­da, Rasullulloh (a.s.) o‘z hadislarida zikr 
qilganlaridek, Alloh nazdida shahidlar maqomida bo‘ladi. De­
mak, shundan kelib chiqib aytish joizki, islom dini nuqtayi naza­
rida shahidlik ham musulmon kishining ixlos­u e’tiqodi, xayrli 
amali hamda musibatlarga sabr­toqati evaziga Alloh tomonidan 
beriladigan mukofotdir. 


119
Afsuski, bugungi kunda ba’zi kimsalar o‘zini portlatish bilan 
go‘yo «shahidlik» maqomiga sazovor bo‘lishga intilmoqda. Aslida 
musulmon odamning o‘zini­o‘zi o‘ldirishi, ayniqsa, o‘zini port­
latib yuborishi go‘yoki «din yo‘lida» deb e’lon qilinsa­da, sha­
hid deb hisoblanmay, balki «o‘z joniga suiqasd» deb baholanadi. 
Shuningdek, ularning bu g‘ayriinsoniy harakatlari tufayli qan­
chadan­qancha begunoh insonlarning qoni to‘kilmoqda. 
Qur’oni Karimda esa bu borada «O‘zlaringizni o‘ldirman-

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin