115
Jihodga aqida sifatida qaraydigan bo‘lsak: Xadduriyga ko‘ra,
jihodning umumiy ma’nosi «inson o‘z kuchquvvatini Allohning
yo‘lida
sarflashi, ya’ni Allohga bo‘lgan imonni tarqatish va Uning
Kalomini ushbu dunyoda eng oliy qilish», deganidir. Aslida jihod
atamasi ijtihod etimologiyasidan olingan bo‘lib, Allohning vahiy
si va Qonunini tushunish uchun lozim bo‘lgan sharhlarni amal
ga oshirishda «jahd qilish» yoki «mashaqqat chekish» ma’nolarini
anglatadi. Jihod atamasining umumiy ma’nosi muvaffaqiyatga
erishish yo‘lidagi burch ma’nosi bilan amalda sinonim hisoblana
di, biroq nazariy jihatdan u urush ma’nosini anglatmaydi. keng
qamrovda aytiladigan bo‘lsa, ushbu
atama salafiylar uchun urush,
toza va oddiy degan ma’nolarni bildiradi, ezoteriklar uchun esa
ma’naviy va aqliy kurash ma’nosini anglatadi.
Qur’onda bir nechta ochiq-oydin oyatlar mavjud (6:108 yoki
22:77), ushbu o‘rinlarda masalan jihod atamasi «jahd qilish»
yoki «kuchini sarflash» ma’nolarida ishlatilgan. Eng ko‘p kelti-
riladigan oyatlarda (4:95 yoki 61:10–13) jihod atamasi yaqqol
«Alloh yo‘lidagi kurash» ma’nosini anglatadi. Boshqa oyatlar-
da esa himoyaviy urush (22:39–40) yoki imonni himoya qi lish
(6:125) ma’nolarini anglatib keladi. Shuningdek, juda ko‘plab
qiziqarli filologik muammolar ham mavjud bo‘lib, ular Qur’on-
dan foydalanish haqidagi har qan day umumiylashtirishni to‘g‘ri-
lashi mumkin. Biz ularni nafaqat filologik noqobillikning yuqori-
da zikr qilib o‘tilgan asoslarida e’tiborga arzigulik emas deb
bi lamiz, balki O‘rta Sharqdagi salafiylar va islomning an’anaviy
olimlari o‘rtasida keng tarqalgan kelishuv mavjud bo‘lganki, un-
ga ko‘ra Makkadagi ilk vahiylarda asosiy urg‘u imon masala-
lariga qaratilgan, keyinchalik bu narsa til jihodi deb nomlangan
(qarang: 39:5). Madinadagi so‘nggi vahiylarda esa jihod asosan
kurash va urush ma’nolariga ega bo‘lgan, keyinchalik bu nar-
sa qilich jihodi deb atalgan (qarang: 2:215, 9:41, 49:15). Keyin-
chalik qo‘shimcha farqlar ham aytib o‘tilgan: «Qalb jihodi»
shaytonning vasvasala riga qarshilikni anglatgan; xuddi shun-
day tarzda «Qo‘llarning jihodi» asosan to‘g‘ri narsani qo‘llash
116
va noto‘g‘ri narsani o‘zgartirish ma’nosi bilan keltirilgan. Ayni
vaqtda zamonaviy olimlar uchinchi bobda qayd qilib o‘tilgan ke-
lib chiqish manbalari, Qur’onning yakuniy tahriri sanasini bel-
gilash, xristian manbalarining ta’siri va hokazo masalalar tufay-
li Qur’onning ilk va so‘nggi suralari o‘rtasidagi farqni o‘rganib
chiqishgan.
Rasululloh (a.s.) Makkadan Madinaga hijrat qilganlaridan
so‘ng, Madinada musulmonlar uchun oldin bo‘lmagan nar
sa, ya’ni davlat yuzaga keldi. Payg‘ambar Muhammad (a.s.) is
lomning ilk – Makka davrida yuqorida keltirilgan, jang ma’no
si bo‘lmagan jihodni olib bordilar. Chunki,
u kishi mushriklar
yetkazgan azob va uqubatlarga sabr qilish hamda ular bilan faqat
Qur’on asosida mujodala – bahs yuritish, to‘g‘ri yo‘lga da’vat qi
lishga buyurilgan edilar.
Musulmonlar Madinaga ko‘chib o‘tganlaridan so‘ng, Alloh
taolo musulmonlarga mushriklardan o‘zlarini
mudofaa qilishga
ruxsat berdi. Bu borada Qur’oni Karimda:
«(Mushriklar tomo-
Dostları ilə paylaş: