102
(«Musulmon birodarlar») tashkiloti a’zosi bo‘lgan Nabahoniy
1953yilda mazkur jamoa a’zoligidan chiqib, Quddus (Iyerusalim)
da «Hizbuttahrir alislomiy» tashkilotini tuzgan. Nabahoniy va
fotidan so‘ng hizbga falastinlik Abdulqadim Zallum (1925–2003)
boshchilik qildi. Uning rahbarligi davrida
tashkilot sobiq Ittifoq
tarkibiga kirgan respublikalarda (asosan Markaziy Osiyo hududi
da) o‘z faoliyatini jadallashtirgan.
Dastavval Falastinni ozod qilishni maqsad qilgan Nabahoniy,
keyinchalik butun dunyo musulmon mamlakatlarini birlashtiruv
chi yagona xalifalik davlatini qurishni bosh maqsad deb e’lon qil
gan. Shundan keyin esa, ushbu shakllangan
islom ummatining
da’vatlari orqali butun dunyoda xalifalik davlatini qurish mum
kin, deb hisoblaydi.
Tashkilotning strategiyasi quyidagi uslublar orqali namoyon
bo‘ladi:
– fikriy kurash. Bu omma orasida o‘zining «madaniy» qa
rashlarini targ‘ib qilish orqali bo‘ladi;
– fikriy inqilob. Bunda madaniy va siyosiy faoliyat olib borilib,
hizbning fikrlari jamiyat ongiga
singishi bilan yuzaga keladi;
– hukumatni egallash. Bu bosqich «tarbiyalangan ummat»
orqali barcha hukmni qo‘lga olish bilan yakunlanadi.
So‘nggi yillarda «Hizbuttahrir»da g‘oyaviy yakdillik yo‘qolib,
faoliyatida yuzaga kelgan samarasizlik tarkibiy bo‘linishlarga olib
keldi. Undan «Hizbun nusra» guruhi ajralib chiqdi. Shuningdek,
«Hizbuttahrir»ning «Ayollar qanoti» kuchaytirilishi barobarida,
ular orasida o‘zini o‘zi o‘ldirish amaliyotidan keng foydalanil
moqda.
«Hizbuttahrir»ning a’zolari o‘rtasida taqsimlangan vazifalar
aniq belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, «Amir Qiyodat» (dunyo bo‘yi
cha xalifalik davlatining eng katta rahbari), «Mo‘tamad» (vakil,
ma’lum bir davlat boshlig‘i), «Mas’ul» (javobgar, viloyat bo‘yicha
boshliq), «Naqib» (rahbar, rais, tuman bo‘yicha boshliq), uning
yordamchisi esa «Musoid» va undan keyingi lavozimdagilar «Ji
hoz a’zolari» (boshqaruv idora a’zolari) deb ataladi.
Harakatga
103
kiruvchilarni o‘qitishga mas’ullar «Mushrif» (guruh rahbari) de
yilsa, o‘quvchilarni «Doris» (o‘quvchi) deb belgilangan.
«Hizbuttahrir» jamoasi g‘oyalarining Markaziy Osiyoga ki rib
kelishi 1980yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda jamoa
ta’limotlariga oid chet davlatlarda nashr
etilgan turli xildagi kitob,
risola va jurnallar noqonuniy yo‘llar bilan mintaqaga olib kiril
di. Mazkur tashkilot 1992yildan boshlab, O‘zbekiston hududida
o‘zining o‘ta zararli faoliyatini olib borishga harakat qilib kelgan.
«Hizbuttahrir»ning faoliyati O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izis
ton, Tojikiston, Livan, Misr,
Iordaniya, Germaniya, Rossiya, Po
kiston va Suriya kabi bir qator davlatlarda qonun bilan taqiqlangan.
Dostları ilə paylaş: