Va terrorizmga



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Islomiy jihod ittihodi. «Islomiy jihod ittihodi» (arab. «Ittihad 
al­jihad al­islamiy»). Mazkur guruhning «Islom jihodi», «Islom ji­
hodi uyushmasi», «Islom jihodi – mujohidlar jamoati» nomlari 
ham mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhga avvallari «Turkiston 
islom harakati»ning a’zosi bo‘lgan, o‘zini «amir» deb e’lon qil­
gan Najmiddin Jalolov asos solgan. Mutaxassislar «Islomiy jihod 
ittihodi» guruhi «Turkiston islom harakati»dan ajralib chiqqanini 
e’tirof etishadi. Bunga moliyaviy masalalar, strategiya va maqsad­
lar bo‘yicha «Turkiston islom harakati»ning rahbari bilan bir guruh 
jangarilar o‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bo‘lgan. 
Guruhning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi huku­
matiga qarshi chiqish, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish, terro­
rizm orqali islom xalifaligini o‘rnatishdan iborat. Ushbu maqsadda 
guruh Afg‘oniston, Pokiston va Kavkazdagi xalqaro terrorchi ja­
moa va tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan. 
Ushbu guruh Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati davo­
mida bir qator teraktlar sodir etgan. Guruh a’zolari tomonidan 
2009­yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloya­
tida qo‘poruvchilik harakati sodir etilgan. Shuningdek, 2009­yil­
ning yoz oylarida ular tomonidan Toshkent shahri, Qash qadaryo 
hamda Toshkent viloyatlarida amalga oshirilgan qotillik va bos­
qinchiliklar natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, 24 fuqaro turli dara­
jada tan jarohati olgan. 
«Islomiy jihod ittihodi» bugungi kunda «Internet» tarmog‘i 
orqali targ‘ibot ishlari o‘tkazish va mehnat migrantlari ichida yol­
lash ishlari o‘tkazish kabi usullar bilan o‘z safini yangi jangarilar 
bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan diniy­ekstremistik tashkilotlar Marka­
ziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston xavfsizligiga tah­
did solgani yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda o‘z aksini top­
gan. Shunga mos ravishda, O‘zbekistonda ham ekstremizm va 


110
terro rizmga qarshi kurash bo‘yicha salmoqli tajriba to‘plangan. 
Mazkur tajribadan kelib chiqadigan eng asosiy xulosa shuki, eks­
tremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan, huquq­tartibot or­
ganlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘llash orqali unga 
barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bilan­
gina kurashish deganidir. Boshqacha aytganda, bunday yo‘ldan 
borilsa, ekstremizm va terrorizmni oziqlantirib turgan «ildiz»lar 
zararlanmay qolaveradi, ma’lum bir davr o‘tishi bilan ular yangi 
«kurtak»lar berishda davom etaveradi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin