127
lagan odam fatvo berishi mumkinligi haqida so‘ralganda, ular
muftiy kamida 400 ming hadisni bilishi kerakligini aytgan. Ibn
Asokir keltirgan Rasululloh (a.s.)ning
«Kimda-kim ilmsiz fatvo
bersa, unga Alloh taolo, farishtalar, osmonu yerdagi barcha mav-
judotlarning lahnati bo‘lsin», degan hadislari ham ekstremist larga
xizmat qiluvchi «fatvochi ulamolar»ning faoliyatiga munosib ba
hodir.
Shu o‘rinda, bugungi kunda ba’zi e’tirof etilmagan oqimlar
hamda shaxslar o‘z g‘arazli maqsadlari, amaliyotlarini oqlash
yo‘lida muqaddas islom nomi bilan turli «fatvolar» berib kelayot
ganini afsus bilan qayd etish lozim.
Jumladan, «jihod», «takfir»
(kofirga chiqarish), «hijrat», «o‘zo‘zini o‘ldirish» kabi masalalar
da chiqarilayotgan fatvolar shular jumlasidandir. Masalan, «Hiz
buttahrir» tashkilotining 2001yilda chiqqan «AlVahy» (Ong)
jurnalida «o‘zini o‘ldirish» borasida quyidagi fatvo berilgan:
«...kofirlarning harbiy lagerlarida ularga shikast yetkazish uchun
o‘zini portlatib yuboradimi yoki portlovchi modda solingan bel
bog‘ni bog‘lab o‘zini ham, kofirlarni ham portlatib yuboradi
mi – buning farqi yo‘q. Modomiki bular kofirga qarshi jang
qilish
vositalari ekan, barchasi joiz». Vaholanki, dinimiz ta’li
motlarida hayot Alloh taolo tomonidan insonga berilgan im
koniyat va ayni damda omonatligi, bu ne’matni asrabavaylash,
unga xiyonat qilmaslik lozimligi ta’kidlanib, o‘z joniga qasd qi
lish katta gunoh sifatida qoralangan.
Qolaversa, mazkur fatvoni
asoslash uchun keltirilgan Qur’oni Karim oyatlarini o‘zlarining
«foydasi»ga moslab sharhlaganlarini ko‘rish mumkin. Jumladan,
unda «Tavba» surasi 36oyatining
bir qismigina, ya’ni
«... bar-
Dostları ilə paylaş: