Va terrorizmga


Musulmonlari o‘zini portlatishga da’vat etuvchilar



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Musulmonlari o‘zini portlatishga da’vat etuvchilar
do‘zax olovidadir
Qur’oni Karimga ko‘ra, terroristlarning omma xalqni portlatishi
insonlarni o‘zini-o‘zi portlatishga da’vat etishi va boshqa har qan-
day tinch aholi hayotiga qaratilgan tajovuzlarni amalga oshirishi ul-
kan jinoyat hisoblanadi. Albatta, bu ishlarni amalga oshiruvchilarga 
jahannamda og‘ir azob-uqubatlar borligiga hech qanday shak-shub-
ha yo‘q. Qur’oni Karimning «Buruj» surasida odamlarni yondirish 
taqiqlangani keltirib o‘tiladi:
«Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib, so‘ngra tavba 
qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o‘t azobi bor-
dir» (Buruj, 10).
Oyatdagi «fatanu» so‘zi «yondirish» ma’nosida ham tafsir qilina-
di. Bu oyat odamlarni portlatuvchilar do‘zax egalari ekaniga isho-
ra qiladi. Ibn Abbos va Muqotil aytdilar: «fatanu al-muminina» 
so‘zlari quyidagi ma’noni anglatadi: «Ular mo‘minlarni olov bilan 
yondiradilar». Ibn Humayd va Ibn Munzirdan rivoyat qili nishicha, 
Qatoda «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib», oyatini 
«olov bilan yondirib o‘ldirish» degan ma’noni anglatadi, deya taf-


132
sir qilgan. Imom Qurtubiy va Abu Hafs Hanbaliy ham shunday taf-
sir qilganlar.
Tohir Qodiriy
Pokistonlik hanafiy ulamo,
«Xalqaro Qur’on yo‘li» tashkilotining asoschisi
1
.
Musulmon va musulmon bo‘lmagan aholini o‘ldirishlik orasida 
hech qanday farq yo‘q.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘zlarining oxirgi xutbalarida inson­
lar hayoti, mol­mulkini va obro‘­e’tiborini saqlash haqida shunday 
dedilar: «Albatta, Alloh taolo qoningiz, molingiz va nomusingizni 
bir­biringiz uchun mana shu muqaddas shahringiz, tabarruk oyin­
giz va ulug‘ ayyomingiz kabi muqaddas ayladi».
Ushbu hadisga ko‘ra, bir odamni nohaq o‘ldirish, uning moli­
ga tajovuz qilish, obro‘siga putur yetkazish mutlaqo taqiqlanadi.
Darhaqiqat, musulmon yoki boshqa din vakilini ular qayer­
da yashashlaridan qat’i nazar ularning hayotiga tajovuz qilishlik 
mumkin emas. Bu haqda Qur’oni Karimda quyidagicha ba yon 
etiladi: ya’ni «... biron jonni o‘ldirmagan va Yerda (buzg‘unchi­
lik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan 
odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir» (Moida, 32).
Ushbu oyatda «nafs» so‘zining ishlatilishi barcha bashari­
yat uchun dalolat qilishni anglatadi. Islomda har bir jon ju­
da qadrlanadi. Shu bois, bir beayb insonni o‘ldirgan odam bu­
tun boshli insoniyatni o‘ldirgandek jinoyat qilgan hisoblanadi. 
Chunki jonlar ko‘p bo‘lgani bilan hayot kechirish haqqi bit­
ta. Har bir jon ha yot kechirish haqqiga ega. Ana o‘sha jon­
lardan bittasini o‘ldirgan odam hamma jonlarning hayot ke­
chirish haqqiga tajovuz etgan bo‘ladi. Shuning uchun bir jonni 
nohaq uni qaysi dinga mansubligidan, tilidan yoki qaysi mam­
lakat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar qatl etish islom dinida 
1
Tohir ul-Qadri. Fatwa on terrorism and suicide bombings. Printed by Biddles 
Book Printers, Norfolk UK, 2010. – P. 62–65.


133
qat’iyan man etiladi. Aksincha, bitta jonning hayotini saqlab 
qolish esa, hamma jonlarning hayot kechirish haqqini saqlab 
qolgan bilan teng bo‘ladi
1
.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin