cha mushriklarga qarshi jang qilingiz» tarzida tarjima qilinib, da
lil sifatida keltirilgan. Vaholanki, ushbu oyat to‘liq holida tarji
ma qilinsa, umuman boshqa ma’no chiqishini ko‘rish mumkin.
«Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi – Allohning osmon-
lar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvofiq – o‘n ikki oy-
dir. Ulardan to‘rttasi (urush) taqiqlangan oylardir. Ana shu to‘g‘ri
dindir. Bas, o‘sha (oy)larda (jang qilib) o‘zingizga zulm qilmangiz!
128
Mushriklar (mazkur to‘rt oy asnosida) sizlarga yoppasiga urush
ochsalar, (sizlar ham) ularga yoppasiga urush ochingiz! Yana, bilib
qo‘yingizki, Alloh taqvolilar bilan birgadir!» Mazkur oyatning
sharhida bunday deyiladi: «Ushbu oyat dalolat qiladiki, islom
da mushriklar bilan jang qi lish, balki umuman urushishga faqat
zarurat taqozosi bilan ruxsat etiladi va shunda ham musulmon
larni taqvoni qo‘ldan bermaslik va tajovuzkorlikka o‘tmaslikka
buyuriladi». Bunda birinchidan, ushbu oyatning oxirida keltiril
gan ma’no mushriklarga qarshi qaratilgan. Lekin terrorchi gu
ruhlar buni musulmonlarni kofirlikda ayblab ularga qarshi da lil
sifatida keltirmoqda; ikkinchidan, oyatda «Mushriklar (mazkur
to‘rt oy asnosida) sizlarga yoppasiga urush ochsalar...» ma’nosi
da shart qo‘yilmoqda. Agar ular urush ochmasalar, urushishga
hojat yo‘q!
Shuningdek, ba’zi toifalar mansux bo‘lgan hadislardan ham
keng foydalanishga urinayotganini ta’kidlash lozim. Jumladan,
ayrim ashaddiy «salafiylik»ka mansub guruhlar qabrlarni ziyo
rat qilishni mutlaq shirkka chiqarmoqda. Ularning da’volari
ga ko‘ra, qabrlarni ziyorat qilgan odam musulmonchilikdan
chiqar ekan. Shu bilan bir qatorda, ba’zi «fatvochilar» tomo
nidan Rasululloh (a.s.)ning qabrlari ustiga qurilgan gumbaz
ni buzib tashlash kerakligi haqida ham fatvolar chiqarilgan.
Bu ning natijasida ba’zi toifalar o‘z davrida Madinai munav
varadagi sahobiylar
ning qabrlarini buzish bilan kifoyalanib
qolmay, hatto Payg‘ambar (a.s.)ning qabrlarini vayron qilishga
ham yaqin kelgan edilar. Vaholanki, qabrlarni ziyorat qilish is
lom dinida mandub (mustahab) amal hisoblanib, uning o‘ziga
xos odobi mavjud. O‘tganlar xotirasini yodga olish dunyoning
o‘tkinchi ekanini his etish, shu orqali kishini boshqalarga zarar
yetkazadigan, gunoh ishlarni qilishdan saqlanish va ezgu amal
larni ko‘proq qilishga undaydi. Demak, qabr ziyorati insonlar
o‘rtasidagi o‘zaro mehrmuruv vat fazilatlarini kuchaytiruvchi
vositadir. Ziyoratchining duofotihasidan esa, qabrda yotganlar
bahramand bo‘ladi.
129
Ma’lumki, islomdan avvalgi johiliyat davrida qabrlarni
ulug‘lash, ularga sig‘inish avj olgan edi. Shuning uchun ham,
Muhammad (a.s.) dastlab – musulmonlar butparastlik va shirk
asoratlaridan batamom poklanib ulgurmagan, tavhid to‘liq qa
ror topmagan bir paytda kishilarni mazkur amaldan qaytargan
edilar. Islom butunlay qaror topgandan so‘ng, Payg‘ambarimiz
(a.s.) oxiratni eslatishini inobatga olib, qabrlarni ziyorat qilishga
izn berdilar. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda: «Men siz larni
qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Endi qabrlarni ziyorat
qilaveringlar. Chunki u qalbni yumshatadi, ko‘zni yoshlatadi va oxi-
ratni eslatadi», deb marhamat qilingan.
Yana shunga o‘xshash holatlardan biri sifatida misrlik soxta
salafiy oqimining namoyandalaridan biri, taksi xodimlari xristian
ruhoniylarini taksida olib yurish og‘ir gunoh ekani hamda bu ish
ni qilish spirtli ichimliklarni ichish bilan barobarligi to‘g‘risida
fatvo berganini keltirib o‘tish mumkin. Shuningdek, qizlarning
ta’lim dargohlarida tahsil olishini ham qoralab, ularning matema
tika, geografiya kabi zamonaviy fanlarni o‘qishlaridan hech bir
foyda yo‘qligi, bu narsa og‘ir musibat ekani to‘g‘risida va qizlarni
maktablarga borishlarini taqiqlovchi fatvolar ham chiqarilgan. Bu
esa, o‘z navbatida, bir qator davlatlarda qizlarning maktablariga
hujumlar uyushtirilishiga va ko‘plab talafotlar yetkazilishiga sa
bab bo‘lgan.
Soxta salafiylar tomonidan chiqarilayotgan bu kabi fatvolar
jamiyatni parokanda bo‘lishiga, insonlarning qoni to‘kilishiga,
fitnalarning ko‘payishiga olib kelayotgani, uning islom ta’limot
lariga zid ekanini namoyon etadi. Zero Rasululloh (a.s.): «Fitna
uyqudadir. Uni uyg‘otganni Alloh la’natlasin», deb marhamat qil
ganlar (Rofe’iy rivoyati).
Fatvo masalasidagi yana muhim jihatlardan biri bu – bu
gungi kunda ommaviy axborot vositalari, sputnik kanallar
orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri berib borilayotgan fatvolardir. Bu holat
da fatvo beruv chi shaxs fatvo so‘rovchining na xoli va na vazi
yati to‘g‘risida bilimga ega bo‘lmaydi. Bularning barchasidan
130
bexabar fatvolarni berib yuboraveradi. Buning salbiy oqibat
laridan yana biri, bu be rilayotgan fatvolarni bir yoki o‘n ki
shi emas, balki butun dunyo bo‘ylab, millionlab turli mazhab
da bo‘lgan musulmonlar eshitadi. Vaholanki, fiqhiy kitoblarda
qayd etilishicha, muftiy yuksak ilm sohibi bo‘lish bilan bir qa
torda, o‘zi yashab turgan vaqtning voqeligini, insonlarning ho
latini yaxshi bilishi kerak. Bu borada Xatib Bog‘dodiy o‘zlari
ning «Alfaqih valmutaffaqih» asarida: «Faqih kishi dunyoviy
va diniy masalalarga taalluqli bo‘lgan barcha narsalarni bilishi
shartdir», deb ta’kidlaydi.
Shu o‘rinda, so‘nggi yillarda Internet tizimi orqali ham
ko‘plab buzg‘unchi fatvolar berib borilayotganini ta’kidlash
lozim. Xatarli tarafi shundaki, bu kabi fatvolar islom olami
da ko‘zga ko‘ringan ulamolarga nisbat berilmoqda. Shunday
fatvolardan biri, «Nikoh jihodi» deb atalib, unga ko‘ra, hozir
gi kunda Suriya yoki Iroqda o‘zlaricha «jihod qilyapmiz» deb
iddao qilayotgan «jihodchilar»ga nikohlanish, ularning jinsiy
ehtiyojini qondirishlari uchun boshqa davlatlardan ayollar va
qizlarning u yerlarga hijrat qilishlari lozimligini ta’kidlaydi.
Odatda bunday soxta fatvoga uchgan qizlarga jihodchilarning
lagerlarida joriyalarga qilinadigan munosabat ko‘rsatiladi. Hat
to bir yoki undan ortiq «mujohid»ga nikohlanib chiqishiga ham
izn berilgan.
Bundan tashqari, hozirgi kunda jahonda ba’zi harakatlar to
monidan buzg‘unchilik amaliyotlarini islom diniga bog‘lab amal
ga oshirishda «buyurtma fatvolar»dan samarali foydalanayotgani
hech kimga sir emas. Aslida islomda ilmma’rifatli bo‘lishga,
Yaratgan tomonidan insonlarga berilgan ne’matlar haqida bi
lim orqali tadabbur qilishga targ‘ib qilingan. Hasan Basriy (r.a.)
rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Insonlar ilm o‘rganib
amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda
bo‘lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la’natlab, quloqlari ni
kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi». Darhaqiqat, islom olami ning
e’tiborli ulamolari tomonidan mo‘tabar manbalar asosida beri
131
layotgan fatvolar yoki raddiyalarni tan olmayotgan turli firqa va
oqim tarafdorlarini ham yuqoridagi oyat va hadislarda keltirilgan
kimsalarga qiyoslash mumkin.
Shunday ekan, fatvo musulmonlar hayotida muhim ahami
yat kasb etadi. Fatvo berishga, faqatgina, ilmda muayyan daraja
ga yetishgan hamda ulamolar tomonidan e’tirof etilgan kishigina
haqlidir. Aks holda, bu kabi holatlar qanchadan qancha begunoh
insonlarning qoni to‘kilishiga hamda asl ta’limoti tinchlik bo‘lgan
islom dinini «urush» dini sifatida ko‘rsatishga, o‘zaro adovat va
nafrat urug‘ini sochishga, musulmonlar o‘rtasida turli xil fitna
larning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Fatvo oladigan odam ham,
albatta, o‘z navbatida ishonchli, hamma e’tirof etgan ulamoga
murojaat qilishi bilan o‘zini ham, atrofdagilarni ham turli musi
batlardan asragan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |