112
nadi. Insonning imonini o‘lchash, uni
musulmon yoki kofirligini
aniqlash huquqi hech kimga berilmagan. Chunki imon inson qal
bida bo‘ladi. Qalb esa, faqatgina Allohning hukmidadir. Lekin
bugungi kunda ko‘plab diniyekstremistik guruhlar musulmon
larga «kofir» deb ayb qo‘yib, dindoshlariga qarshi «jihod» e’lon
qilishgacha bormoqda. Ayrim radikal oqimlarning o‘z jamoat
laridan chetlashgan, «hijrat» qilmagan, ularning nazdida kofir
hisoblangan kishini kofir demaydiganlarni «kufr»da ayblayotgani
ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
Vaholanki, is
lom ta’limotiga ko‘ra, shirkdan tashqari har qanday gunoh qil
gan inson toki o‘sha gunohini halol deb hisoblamas ekan, kofir
bo‘lmaydi. Musulmonlar jamoasidan chetlashish esa, faqatgi
na islomni tark etish (murtadlik)da namoyon bo‘lishini inobatga
oladigan bo‘lsak, ekstremistlarning o‘z jamoalaridan chiqqanlarni
kofirlikda ayblashi butunlay asossiz ekanini anglash mumkin.
Ha
disda «Kimki mo‘min kishini «kofirsan» deb haqoratlasa,
go‘yoki uning qonini to‘kkanchalik gunoh qilgan bo‘ladi» deyi
ladi. Ya’ni, hech kimga musulmon insonni «kofir»
deb hukm
chiqarish huquqi berilmagan.
«Hijrat» (arab. «bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish», «tark qi
lish»). Istilohda esa, Rasululloh (a.s.) davrlaridagi musulmonlar
ning Habashistonga, keyinchalik Rasululloh (a.s.) o‘zlari bosh
chiligida Madinaga ko‘chib o‘tishlariga aytiladi.
Payg‘ambar Muhammad (a.s.) Makka shahrida yashar ekan lar
chiroyli xulqi va insonlarga bo‘lgan go‘zal muomalasi bilan yonat
rofdagi kishilarning islom diniga qiziqishiga sabab bo‘la yotgandi.
Bu esa, o‘z navbatida musulmonlarning sonini kun sayin or tib
borishiga turtki bo‘lar edi. Bundan tashvishga tushgan Makka
mushriklari Rasululloh (a.s.)ga suiqasd uyushtirib, u kishini qatl
qilishga kelishadilar. Biroq Alloh taolo o‘z
Rasulini fitnadan ogoh
qilib, Madinaga hijrat qilish to‘g‘risida vahiy yuboradi.
Ulamolar hijrat to‘g‘risida nozil bo‘lgan oyat va hadislarni
o‘rganib, uni ikki qismga ajratadilar. Birinchisi, yuqorida ta’kid
langan «ko‘chish» ma’nosidagi hijrat bo‘lib, bu borada Qur’oni
113
Karimning «Niso» (97 va 100oyatlar), «Anfol» (74oyat),
«Nahl» (41 va 110oyatlar) suralarida bayon qilingan. Mazkur
manbalarda islomga nisbatan qarshi turgan makkaliklar tomo
nidan musulmonlarni turli ko‘rinishda azoblash hamda ularni
o‘z tanlagan e’tiqodlaridan voz kechtirish maqsadida jismoniy va
boshqa ko‘rinishlardagi zo‘rliklar ishlatilgani bayon qilinib, din
lari va hayotlarini saqlash maqsadida
tinch va osoyishta joyga
ko‘chish buyurilgani ta’kidlanadi.
Ikkinchisi, inson gunohlardan o‘zini tiyishi va ularni tark
qilishi tushuniladi. Bu borada Imom Buxoriydan rivoyat qilin
gan quyidagi hadisi sharif dalil sifatida keltiriladi.
Rasululloh
(a.s.): «Tili va qo‘lidan boshqalar aziyat chekmagan kishi ha
qiqiy musulmondir. Alloh taolo qaytargan narsalardan hijrat
qilgan inson haqiqiy muhojirdir», deyilgan. Ulamolarni ha
disni sharhlab, undagi «hijrat»dan murod «tark qilishdir», de
ganlar. Boshqa bir hadisda esa, Ummu Anas (r.a.) Rasululloh
(a.s.)dan nasihat qilishni so‘raydilar. Shunda, Rasululloh (a.s.):
«Gunoh lardan tiyilgin, o‘sha hijratning eng kattasidir. Farzlar
ga rioya qilgin, o‘sha jihodning eng afzalidir. Zikrni ko‘paytir
gin, qiyomat kuni Alloh taoloning huzuriga borganingda unga
eng mahbub amal shu bo‘ladi», deyilgan. Lekin islom dini aqi
dasini bu zib, g‘araz maqsadlarni ko‘zlayotgan kimsalar «hijrat
qilmaganlar kofir, konstitutsion tuzumlar o‘rnatilgan yurtlarda
yashamoqlik kufr» degan soxta da’vo bilan vatandoshlarimizni
al dab, xorijdagi jangarilar tayyorlanadigan markazlarga jo‘na
tishga harakat qilmoqda. Vaholanki, ona yurtini tashlab, o‘zga
ellarda sarsonsargardon yurish, o‘zi kabi manqurt shaxslar bi
lan
birlashib, kindik qoni to‘kilgan yurtiga qarshi qurol ko‘ta
rish islom ta’limotiga ziddir.
«Jihod» (arab. «g‘ayrat qilish», «kuchni ishga solish») so‘zi «jid
dujahd», ya’ni inson o‘z maqsadiga erishish yo‘lida bor imkoni
yatlarini ishga solib, harakat qilishini anglatadi.
Istilohda esa, ushbu so‘z bir qancha ma’nolarda ishlatiladi.
Jumladan, «jihod» – Allohning yo‘liga da’vat qilish, yaxshilikka
114
chaqirish va yomonlikdan qaytarish, Alloh yo‘lida insonning o‘z
havoyi nafsiga qarshi kurashi, otaonaga xizmat qilishi va yov
ga qarshi kurashishdek turlari mavjud. Bunga dalil sifatida Imom
Termiziydan rivoyat qilingan
quyidagi hadisi sharifda «Jihodning
Dostları ilə paylaş: