Va uning ahamiyati



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#150015
1   2   3   4   5
bog-cha-yoshidagi-bolalar-aniq-ovqatlanishini-o-rganish-va-uning-ahamiyati

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 291
menyu uchun mahsulotlarni noto‘g‘ri tanlash va ularning tarkibini bilmaslik asosiy 
sabab bo‘ladi. Ko‘pincha oziq mahsulotlarning narxi ularning biologik qimmatiga 
to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan. Masalan ovqatlanish ratsionlarida arzon, lekin yuqori 
biologik qiymatga ega mahsulotlar (jigar, buyrak, tvorog, loviya, no‘xat, bo‘g‘doy 
yormasi va boshqalar) kam ishlatiladi. Yog‘lardan ko‘p hollarda noto‘g‘ri foydalaniladi, 
ishlatilayotgan o‘simlik moylari natural holda deyarli iste'mol qilinmaydi, ularning 
xilma-xilligiga e'tibor berilmaydi (ko‘p hollarda faqat paxta moyi ishlatiladi). Meva, 
sabzavot va poliz mahsulotlari ratsionlarda kam uchraydi. Bularning natijasida ovqat 
tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, 
mineral moddalar, mikroelementlar va natural vitaminlar kamayib ketadi.
MUHOKAMA 
Bolalar bog‘chalarida ovqatlanishni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan xatolardan 
yana biri - ovqatni tayyorlashda yosh guruhlariga ko‘ra differensial yondashuvning 
mavjud emasligi. Kichik va katta yoshdagi bolalar ovqatidagi mahsulotlar miqdori bir 
hil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Bunday holat ovqatning har xil yoshdagi 
bolalarda oziq moddalarga bo‘lgan fiziologik talabiga mos kelmasligiga olib keladi. 
Natijada kichik yoshdagi bolalar oziq moddalarni, masalan oqsillarni, o‘zlarining 
fiziologik talablariga ko‘ra ko‘p, katta yoshdagilari esa kam qabul qilishadi. 
Ovqatlanishdagi kamchiliklar nazoratsiz ovqatlanishdir. Agar ovqat tayyorlash 
uchun ishlatilayotgan mahsulotlar miqdorini hisobga olishda turli yosh guruhlari 
e'tiborga olinmasa, ratsionlarning kimyoviy tarkibini alohida bir vaqt oralig‘i uchun 
hisoblab topish mumkin bo‘lmaydi. Natijada bolalarning oziq moddalarga bo‘lgan 
talabi qay darajada qondirilayotganligini bilib bo‘lmaydi.
Bolalar ovqatlanishining sifati ko‘p omillarga bog‘liq: ovqat tayyorlashda 
mahsulotlardan to‘g‘ri foydalanish, kulinar qayta ishlash qoidalariga rioya etish, porsiya 
taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirish. Bolalar ovqatning sifati va tarkibi oshxona 
ishchilarining to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etish qoidalarini bilishlari katta ahamiyat 
kasb etadi. 
Demak, bog‘cha bolalarining noto‘g‘ri ovqatlanishiga birinchi navbatda 
e'tiborsizlik sabab bo‘lyapti, deyish mumkin. Bog‘cha bolalarining to‘g‘ri 
ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish birinchi galda ota-onalarning va bog‘cha 
tarbiyachilarining ishidir. Ulardan birortasining bu ishga e'tiborsiz qarashi jiddiy 
oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu borada bog‘cha tarbiyachilarining o‘rni 
muhimdir. Aniqlanishicha, bog‘cha bolalari kundalik ovqatlarining 80 foizini bog‘chada 
iste'mol qilishadi. Demak, ana shu jarayonda bog‘cha tarbiyachilari ularning to‘g‘ri va 
oqilona ovqatlanishlariga jiddiy e'tibor qaratishlari zarur. Aks holda, ularning yosh 
organizmi turli salbiy o‘zgarishlarga duchor bo‘lishlari ham mumkin. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin