Page 292 NATIJA Shuni ta'kidlash muhimki, bog‘cha bolalarining organizmi o‘suvchi organizm
bo‘lib, ularning asosiy oziq moddalarga, vitaminlar va ma'danli moddalarga bo‘lgan
talabi bir muncha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Zero ularning organizmida moddalar
almashinuvi kuchli, ularda hujayralarning bo‘linib ko‘payish jarayoni juda jadallik bilan
boradi. Xullas, ular o‘sish va rivojlanishda katta odamlarga nisbatan oziq moddalarga
bo‘lgan talabi yuqori bo‘ladi. Bog‘cha bolalarining ovqatlanishida birinchi navbatda
e'tibor qaratish kerak bo‘lgan narsa ularning o‘suvchanligidir. Bolalarning iste'mol
taomlariga bo‘lgan talabi o‘sish nuqtai-nazardan ta'minlanishi kerak. Masalan, 3-7
yoshli bolalar uchun kunlik oqsillarga bo‘lgan talab me'yori 60 g, yog‘ga – 60 g,
karbonsuvlarga esa 240 g ni tashkil etadi. Yuqorida aytib o‘tilgan oziq moddalarni bu
miqdordan kam yoki ko‘p iste'mol qilish normal o‘sib rivojlanish jarayoniga salbiy ta'sir
etishi mumkin. Oziq moddalarni ko‘p yoki ortiqcha iste'mol qilish bir tomondan bu
moddalar organizmga zararli hatto zaxar moddalarga aylanishiga va ikkinchi tomondan
semizlikka olib keladi.
Bu borada ayniqsa, vitaminlarning o‘rni muhim. Ko‘pchilik tadqiqotlar vitaminlar
yetishmasligi o‘sishdan juda orqaga qolishga, aqliy va jismoniy jihatdan sust rivojlanib
qolishga olib keladi. Shu bilan birga turli vitaminlarning ratsion tarkibida yetishmasligi
har xil noxush kasalliklarga olib keladi. Yosh organizmning kasalliklarga
chidamliligini, immunitetini kuchsizlantirib yuboradi.
Bog‘cha bolalarining ovqatlanishida e'tiborga olish kerak bo‘lgan narsa shuki, ular
ko‘pincha shirinliklarni sevib iste'mol qilishadi. Natijada ovqatga nisbatan ishtaxa
pasayishi mumkin. Yoki ovqat tarkibida shirinliklar ko‘payishi oqibatida organizmda
karbonsuv miqdori oshib ketishi mumkin. Shuning uchun bolalarning ovqati tarkibida
shirinliklar ham me'yoridan oshmasligi lozim. Bu borada eng ma'qul shirinlik asal
hisoblanadi. Shakar o‘rniga asal berish yosh organizm uchun ancha foydali. Chunki asal
tarkibida biofaol moddalar, foydali mikroelementlar, vitaminlar juda ko‘p. Bu moddalar
esa bolalar uchun juda muhim.
Bog‘cha bolalarning ovqatida oziq tolalarining yetarlicha bo‘lishiga jiddiy e'tibor
berish kerak. Oziq tolalariga boy mahsulotlardan (karam, sabzi, turli boshqa sabzavotlar
olma, qora non) ularga doimiy ravishda berib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bog‘cha bolalarining yaxshi, jismoniy baquvvat bo‘lib yetishishlari oziq tolalariga ko‘p
jihatdan bog‘liq.
Bolalarning yoshi oshib borgan sari chaynash muskullari yaxshi rivojlanishi uchun
ularga qattiq non, suxari, go‘shtli suyak kabi mahsulotlardan ham berib turish foydali.
XULOSA Umuman olganda, bog‘cha bolalarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish va uni
yo‘lga qo‘yish ularning ota-onalariga va bog‘cha tarbiyachilariga ko‘p jihatdan bog‘liq.