Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 12 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
443
December, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
nutq birliklaridan tortib, fikr ifodalovchi nutq birliklarining yuzaga kelishi bevosita
so„z valentligi bilan bog„liqdir. Ayni vaqtda so„zlarning nutqda birikib kelishi mutlaq
hodisa emas, balki nisbiydir. Chunki so„zlar grammatik model taqazo etgan har
qanday so„zlarga emas, balki ulardan ba‟zilariga birikadi (4). Demak, so„zlarning
o„zaro birikish imkoniyati chegaralangan bo„lib, bu har bir so„zning ma‟no
imkoniyati bilan o„lchanadi. Aniqrog„i, birikuvchi so„z sememalarining semalar
tarkibida shu sememalarni biriktirish qobiliyatiga ega, har ikkala sememaga umumiy
xos semantik komponentlar (klassemalar) bo„lib, semantik sintagma sememalari shu
semalar orqali o„zaro
birikadi, mantiqiy munosabatga kirishadi (5). Ko„rinadiki,
so„zlar ba‟zi so„zlar bilan semantik birikib, sintaktik konstruksiyani hosil qilsa,
boshqa so„zlar bilan faqat lisoniy fakt, nominativ birlik xarakteriga egaligi bilangina
umumiylikni hosil qiladi, ya‟ni ular o„zaro mantiqiy aloqaga kirishmaydi.
Bunday
munosabatga kirishganda ham, bu faqat sun‟iy, shaklan bo„lib, obyektiv turlicha
faktlar bilan tasdiqlanmaydi. Qiyoslang:
semiz xolodilnik, to‘rtburchak velosiped,
odamni o‘qimoq kabilar.
So„zlarning birikishi, ular orasidagi mantiqiy aloqa dastavval til birliklarining
semantik imkoniyatiga (substansial xususiyatiga) ko„ra amalga oshadi. Demak,
so„zlarning (leksemalarning) semantik bog„lanishi bevosita ular sememalarining
semantik munosabatini yuzaga chiqaradi. Leksema sememalarining o„zaro
munosabati masalasi esa hozirgi tilshunoslikning (semasiologiyaning)
eng muhim
nuqtasidir. Demak, muayyan so„zning muayyan so„z bilan birikishi uning semantik
imkoniyatiga ko„ra sodir bo„lsa, bu holda talab qiluvchi va talab qilinuvchi
so„zlarning o„zaro munosabati masalasi yuzaga keladi. So„zlar orasidagi semantik
munosabat esa bevosita sintaktik
munosabatni yuzaga keltiradi, ya‟ni semantik
sintagmalarni, sintaktik konstruksiyalarni tuzadi. Chunki sintaktik munosabat asosida
semantik munosabat yotadi. Bundan esa o„z navbatida semantika va sintaksisning
o„zaro dialektik bog„liqligi masalasi kelib chiqadi. Aniqrog„i, V.G.Gak
ta‟kidlaganidek, “sintaksis qanchalik semantik tabiatga ega bo„lsa, semantika ham
shunchalik sintaktik tabiatga egadir”(6).
Sintaktik
birliklarning semantikasi, ular komponentlarining o„zaro munosabati,
jumladan, nutqda fe‟l leksemaning boshqa nutq birliklari bilan birika olish imkoniyati
kabi masalalar-semantik sintaksis tilshunoslik fanining eng kam o„rganilgan
aspektidir(7). Semantik sintaksisning birikma semantikasi va gap semantikasi kabi
turlari
uning asosiy, muhim tomonlaridan biridir. Ayni vaqtda so„z (fe‟l) valentligi
bevosita semantik sintaksis bilan bog„liq masaladir. Demak,
valentlik semantik-sintaktik jarayon sifatida alohida diqqatga
sazovordir. Aytilganlarga ko„ra so„z valentligi masalasini