Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 447 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal yana boshqasi so„z (fe‟l ) ma‟nosida voqelanuvchi aktantning mantiqiy xarakteri
kabilardan kelib chiqadi.
So„z semantik valentligining muayyan ko„rinishi fe‟l valentligi hisoblanadi.
Chunki valentlik nazariyasi dastavval fe‟lning gap konstruksiyasida qo„llanishining
mahsuli sifatida fe‟lning boshqaruv xususiyatlarini o„rganish jarayonida
shakllanadi(20). Chunki fe‟l akad. V.V.Vinogradov ta‟kidlaganidek, “…boshqa
barcha so„z turkumi kategoriyalariga nisbatan eng konstruktiv turkumdir. Fe‟lli
konstruksiyalar otli so„z birikmalari va gaplarga faol ta‟sir qilish kuchiga egaligi
bilan xarakterlnadi”(21). Demak, fe‟lning eng muhim xususiyati shundaki, u gapning
semantik strukturasida markaziy o„rinni egallaydi(22). Shunga ko„ra L.Tener tobelik
grammatikasida gapni tuzilish jihatidan tahlil qilish jarayonida gapning tuzilish asosi
sifatida fe‟lga tayanadi.
“Fe‟l valentligining spetsifik xususiyati shundaki, fe‟l (aniqrog„i predikat,
valentlik tashuvchi…), gapning strukturasini belgilaydi”(23). Fe‟lning gap
konstruksiyasining tuzilishini belgilashi, bizningcha, uning potensial semantik
imkoniyati bo„lib, fe‟lni boshqa so„z turkumlaridan ajratuvchi eng muhim xususiyati
hisoblanadi. Bu o„rinda S.D.Kasnelsonning quyidagi fikrini keltirish maqsadga
muvofiqdir; “Mazmun planida fe‟l predikat faqat leksik ma‟nodangina iborat
bo„lmaydi. U muayyan ma‟no ifodalagani holda ayni vaqtda o„zida bo„lajak gapning
maketini saqlaydi(24). Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, ta‟kidlash mumkinki,
fe‟l faqat harakat, holatnigina emas, balki situatsiyani ham bir butun holda anglatadi,
u shu harakat, holat – situatsiyaning barcha aktantlarini (qatnashuvchilarini) ham
ifoda etish qobiliyatiga egadir. Fe‟lning ana shu qobiliyati uning semantik valentligi
sifatida belgilanadi(25). Demak, semantik valentlikka ega fe‟l harakat, holat, nutq,
ko„rish, eshitish jarayonlarini ham shu jarayonlarning zaruriy aktantlari orasidagi
munosabatlarni ifodalaydi. Tilshunos S.N.Ivanov ta‟biricha, “amalga oshishi mumkin
bo„lgan aloqalarning miqdoriga ko„ra… fe‟llar turli valentliklarga ega bo„ladi”.
Qiyoslang: o„qidim (kim, nimani, qayerda, qachon), suhbatlashdim (kim, kim bilan,
nima haqida, qayerda, qachon)(26).