Valijonova Umidaning “Abdulla Qahhor satirik xikoyalar ustasi” mavzusida yozgan kurs ishi


Asosiy qism 1.Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis



Yüklə 73,6 Kb.
səhifə2/4
tarix10.05.2023
ölçüsü73,6 Kb.
#110506
1   2   3   4
Abdulla Qahhor

Asosiy qism


1.Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis.

Abdulla Qahhorning XX asr oʻzbek adabiyotida realistik hikoya ustasi bo’lib yetishishi, shuhrat qozonishi tasodifiy emas. Birinchidan, Qahhor ko’p asrlik oʻzbek adabiyoti real hayotga keskin yuz oʻgirgan, bu davrda Yevropa zamonaviy jahon adabiyoti tajribalariga tayanayotgan, Qodiriy romanlari, Choʻlpon lirikasi, hikoyalari, Fitrat, Hamza dramalari orqali yangi yoʻlga tushib olgan, realizm milliy adabiyotda yetakchi oqimga aylanib borayotgan bir pallada ijod maydoniga tushdi. Garchi Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, qolaversa, tengdoshlari Oybek bilan Gʻafur Gʻulomlar hikoya janrida qalam tebratayotgan boʻlsalar-da, ular iste’dodi, tabiati, badiiy tafakkur tarziga koʻra bu “Janrning odami” emas edilar. Qahhorning “yozuvchi janrni emas, janr yozuvchini tanlaydi”, degan gapi bor.Qahhor iste’dodi, badiiy tafakkur tarzi har jihatdan hayot hodisalarini hikoya shaklida koʻrish, idrok etishga moyildir. Goʻyo u hikoya uchun tugʻilgan edi, roman, qissa, drammalarida ham adibning hikoya shakliga xos fikrlash tarzi shundoq sezilib, koʻrinib turadi; uning roman, qissa, drammalari oʻziga xos alohida-alohida epizodlar, bir-biri bilan bogʻlangan hikoyalar majmuasidan iboratga oʻxshaydi. Xullas, Alloh in’om etgan iste’dodi, tabiati Qahhor zimmasiga milliy adabiyotimizda realistik hikoyachilikning asoschisi boʻlish mas’uliyatini yukladi.Qahhor hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan boʻlib oʻtgan voqea, real hayotning bir boʻlagi, epizodi boʻlib gavdalanadi; hikoyalarning koʻpchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushda oʻzi koʻrgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas. “Agar yozuvchilik turmushdan nusxa koʻchirishdan iborat boʻlsa, dunyoda bundan oson ish boʻlmas edi, — deydi adib. — Hayotdan aynan koʻchirish kitobdan koʻchirishday gap.Nusxa nusxa boʻlib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik kutib boʻlmaydi. Originallik hayot haqiqatini dildan oʻtkazish, uni his qilish, unga oʻylab yurgan gaplarni singdirish, tilaklaringni qoʻshib ifodalash bilan yuzaga keladi”. Zotan, yozuvchi hikoyalaridagi hayotiylik, ishontirish kuchi, siri ana shunda. Bundan ham muhimi, yozuvchining oʻsha hayot hodisalarini oʻziga xos tarzda badiiy idrok etishi, magʻzini chaqib, ulardan xilma-xil original va teran ma’nolar topishi — kashf etishi hikoyalariga oʻziga xos joziba baxsh etgan.


Birgina misol. “Bemor”da tasvirlagan voqeaga oʻxshash voqeani yozuvchi bolaligida oʻz boshidan kechirgan. “Biz Qoʻqonga yaqin Yaypan qishlogʻida turar edik, — deya eslaydi adib. — Onam gʻira-shira qorongʻi uyda toʻlgʻoq tutib yotar, ichkarida ingragan, dodlagan tovushi eshitilar edi. Yaypan katta qishloq, lekin u vaqtda doktor, tibbiy yordam degan gaplar birovning tushiga ham kirgan emas.
Bunday kezlarda qoʻni-qoʻshnilardan biror keksa ayol chaqirilar edi. Uning tajribali momo boʻlishi shart emas, qariligining oʻzi kifoya edi. Biz Yaypanga yaqinda koʻchib kelgan, u yerda qarindosh-urugʻlarimiz yoʻq edi, shu sababli dadam qoʻshni bir kampirni chaqirib chiqdi. Kampir ayam yotgan uyga kirib ketdi. Dadam ikkovimiz hovlida oʻtirdik... Qorongʻi tushdi. Meni uyqu bosa boshladi.
Yonimda oʻtirgan dadam birdan oʻrnidan turdi. Koʻzimni ochdim. Tepamda boyagi qoʻshni kampir turar edi.

— Qalay? — dedi dadam hovliqib.


— Qiynalyapti bechora, — dedi kampir va biroz jim turgandan keyin menga ishora qildi, — bolaga ayting, ayasini duo qilsin, goʻdakning duosi ijobat boʻladi.


Dadam engashib mening qulogʻimga shivirladi:


— Xudoyo ayamga najot bergin, degin! Ayt!


Dadam qoʻrquv va jahl aralash meni qistar edi. Duo qila boshladim. Bu orada bir-ikki yigʻlab ham oldim. Keyin uxlab qoldim. Ertalab uygʻonsam ayamning koʻzi yoribdi”.


Bu voqea “Bemor”ga asos boʻlgan. Lekin muallif voqeani hikoyaga aylantirishda unga qator jiddiy oʻzgartirishlar kiritgan. Hikoyada tasvirlanishicha, Sotiboldining xotini ogʻrib qoladi. Sotiboldi qurbi yetgan chora-tadbirlarning hammasini qiladi: domlaga oʻqitadi, tabibga qaratadi, baxshiga, kinnachiga koʻrsatadi, bulardan hech narsa chiqmaydi.Doktorga qaratish uchun esa qurbi yetmaydi. Vaziyat yanada keskinlashadi, bemor bora-bora ogʻirlashadi, Sotiboldi esa najot qidirishda davom etadi, Bahouddinga narsa koʻtaradi, “koʻngilga armon boʻlmasin” deb chilyosin qildiradi, hatto qoʻshni kampirning “begunoh goʻdakning saharda qilgan duosi ijobat boʻladi” degan maslahatiga amal qilib, har Isuni saharda toʻrt yashar qizchasini uygʻotadi va uyqu gʻashligi bilan yigʻlab turgan qizchasiga duo oʻqitib, uni takrorlashga majbur etadi. Voqea xotimasi juda ayanchli — bemor oʻladi. Sotiboldi oʻlik yonidan olayotganda qizcha uygʻonadi va koʻzini ochmasdan odatdagicha “Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin”, deb duo qiladi.


Koʻrinib turibdiki, hayotdagi hodisa hikoyada xiyla keskinlashtirilgan: toʻlgʻoq dardi tutgan ayol oʻrniga uzoq dard chekkan ayol olingan, dard chekkan ayolning nochor holati, soʻnib borayotgan bemorning ayanchli raftori ta’sirchan ifodalangan. Shunday paytda er boshiga tushadigan musibatlar birma-bir koʻrsatilgan; qoʻli qisqa gʻamguzor er najot yoʻlida qoʻlidan kelgan barcha chora-tadbirlarni koʻradi, ammo bu chora-tadbirlarning hech biri naf keltirmaydi. Agar hayotda ayol darddan forigʻ boʻlsa, hikoyada dard ayolni olib ketadi. Bola duosi bilan bogʻliq hodisa hikoya drammatizmini oliy pardaga — fojiiy pafos darajasiga koʻtaradi.Yozuvchi faktni bekorga oʻzgartirgan, uni atayin keskinlashtirgan emas. Muallif hodisaga oʻzgartish kiritayotganda hayot mantigʻiga, badiiyat qonuniyatiga asoslangan, hayot haqiqati mohiyatini mukammalroq, ta’sirchanroq ochish payida boʻlgan. Jaholat hukm surgan sharoitda umr kechirgan, boshiga musibat tushgan, qoʻli qisqa, qashshoq bir oilaning nochor ahvolini, fojiali qismatini butun keskinligi bilan koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan.Qahhor tabiati, iste’dod yoʻnalishi jihatidan hayotdagi, odamlar qismatidagi fojiiylikni teran his etadigan adibdir. Uning eng yetuk hikoyalari ayni fojiali holat, qismatlar ifodalangan asarlardir. Hikoyalaridagi personajlar, hayotdan olingan epizodlar, lavhalar garchi muayyan intiho, badiiy yechim bilan yakunlansa-da, bunday yakun galdagi fojialar, koʻrguliklarning debochasi vazifasini oʻtaydi.”Bemor”dagi Sotiboldi xotinining oʻlimi, uyqu aralash ayasining dardiga davo tilagan qizaloq va xotini dardiga davo qidirib bor-budidan judo boʻlgan erning yangidan yangi sarson-sargardonliklari ibtidosidir. Bizga oldindan tanish “Oʻgʻri”-dagi cholning najot izlab mansab-martabaning turli zinapoyalarida turgan yulgʻichlarga duch kelib, shilinib oxirida “najot” topishi — Egamberdi paxtafurushning “himmati”ga sazovor boʻlishi, bu himmati esa kelgusida yuz berajak avvalgilardan-da ogʻirroq talonchilikning oʻzginasidir. “Dahshat” hikoyasida “tiriklar goʻristoni” Olimbek dodxoh xonadonidan qutulish yoʻlidagi mislsiz jasorati qahramonning halokati bilan tugaydi, biroq qahramon oʻlimi dodxoh xonadonini izdan chiqaradi, talotumlarga giriftor etadi. Yozuvchining komik hodisalar, hajviy xarakterlar ifodalangan “Adabiyot muallimi”, “San'atkor” hikoyalarida ham fojiiy ruh ustuvor. Har ikki asardagi oʻzlarini dono, bilimdon, madaniyatli qilib koʻrsatishga intilgan kimsalar oʻzgalarning achchiq istehzolariga, nadomatlariga loyiqdirlar. Bir umrga oʻzgalarga kulgi boʻlib yashash ham aslida oʻziga xos fojiadir.VI va VII sinflarda Abdulla Qahhorning “Bemor”, “Oʻgʻri”, “Dahshat” hikoyalari, ulardagi yozuvchining tasvir mahorati bilan tanishganmiz. Yozuvchi personajlar bisotini, ularning qanday odam ekanligini birinchi galda xatti-harakati, kechinmalari orqali koʻrsatadi. Bu jarayonlar esa yorqin badiiy detallar orqali namoyon boʻladi. Bu xususiyat yozuvchining hajviy hikoyalariga ham xosdir.”Adabiyot muallimi” hikoyasi bosh personaji Boqijon Baqoyev nodon, oʻta madaniyatsiz bir kimsa. Hikoyada yozuvchi biron oʻrinda uni nodon, madaniyatsiz deb atamaydi, oshkora qoralamaydi. Personaj oʻzining nodon, madaniyatsizligini har qadamda xatti-harakatlari, fikrlash tarzi, gap-soʻzlari orqali oʻzi fosh etadi. Nafis, ya’ni badiiy adabiyot muallimi boʻla turib jiyani, talaba Hamidaning Chexov va uning ,”Uyqu istagi” hikoyasi haqidagi oddiy savollariga tayinli javob berolmaydi, aslida u javob berishga qodir emas.
Bu odamning fojiasi shundaki, aybini tan olgisi kelmaydi, oʻzini har bop bilan bilimdon qilib koʻrsatishga urinadi, aravani quruq olib qochadi: uning xayolida, tilida bir-biriga qovushmagan nomlar, har xil atamalar, ilmiy tushunchalar...
Uning fikrlash yoʻsini gap-soʻzlarida aniqlik, izchillik yoʻq, duch kelgan tomonga oʻtib ketaveradi. Yozuvchi hikoyani yakunlar ekan, savol beruvchi talaba “qizning,gʻuvillab turgan boshida shundan boshqa hech narsa yoʻq edi”, deb yozadi: ,,praktikum, minimum, maksimum, Deterding, Stending, Shelling, Mering, Demping…Shu tariqa koʻz oldimizda nodon, notayin odamning nihoyatda aniq hajviy qiyofasi, ichki dunyosi, qolaversa ma’nisiz fojiali hayoti namoyon boʻladi.
Xullas, odamlar turmushidan olingan epizodlarda, lavhalarda ular hayotiga, qismatiga daxldor fojiiy mohiyatni koʻrish, teran his etish, personajlar xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng muhim jihatlaridir.

Yüklə 73,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin