Vaqtni to’g’ri taqsimlash va ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish Vaqtdan rotsional foydalanish Vaqtni boshqarishning uch sirlari



Yüklə 48,8 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2023
ölçüsü48,8 Kb.
#89055
1   2   3   4
Vaqtni boshqarish

Uinston Cherchill kuniga bir necha soat biografik, tarixiy, iqtisodiy va falasafaga oid kitoblarni mutolaa qilgan. Teodor Ruzvelt band kunlari 1tadan va ishdan bo‘sh kunlari 2-3 tadan kitob o‘qigan.
Mark Kyuban kuniga 3 soatdan ortiq kitob o‘qiydi. Milliarder Devid Rubenshteyn haftasiga 6tadan kitob o‘qiydi. Ilon Mask yoshligida haftasiga 2tadan kitob o‘qigan. Disney bosh direktori Bob Ayger esa har kuni tonggi 4:30da kitob o‘qish uchun uyg‘onadi. Bu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin.
O‘qish xotirani yaxshilaydi, empatiya darajasini oshiradi va stress darajasini kamaytiradi, shu tariqa oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimizga erishishga yordam beradi.
Yozuvchi Joshua Shenkaning fikricha, ijodiy salohiyat boshqa odamlar bilan muloqot qilish natijasida rivojlanadi. U o‘zining Powers Of Two kitobida birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida katta cho‘qqilarni zabt etgan duetlar haqida so‘zlab bergan. Masalan, Jon Lennon va Pol Makkartni, Mariya va Pyer KyuriStiv Jobs va Stiv Voznyak.
Psixologlar Daniel Kaneman va Amos Tverski birgalikdagi uzoq sayrlaridan birida axloqiy iqtisodiyotning yangi nazariyasini ishlab chiqishgan va bu Kanemanga Nobel mukofotini olib kelgan.
Tolkin va Lyuis o‘zlarining yozgan qoralamalarini bir-birlariga o‘qishga berishgan, har dushanba kechqurun pabda ko‘rishishgan. Olimlar Frensis Krik va Jeyms Uotson ko‘p muloqot qilishgan va birga tushlik qilishgan, keyin esa Moris Uilkinson bilan birga DNK tuzilmasini aniqlashgan.
Teodor Ruzveltning esa tennis xonasi bo‘lgan, uning a’zolari birga tennis o‘ynashgan va siyosiy masalalarni muhokama qilishgan.
Qator yetuk shaxslarning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, boshqalar bilan muloqot vaziyatga boshqa tomondan qarash va hatto mutlaqo yangi narsa yaratishda yordam beradi.
Qanday muhim fazilatlar egasi bo‘lishimizga qaramay, har birimiz xatoga yo‘l qo‘yamiz. Ularni kelgusida sizga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan tajriba deb hisoblang.
Muvaffaqiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri siz tomoningizdan o‘tkazilgan tajribalar soniga bog‘liq. Bir yutuq barcha muvaffaqiyatsiz urinishlaringizni "yuvib ketadi".

Yüklə 48,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin