Variant 1 Akslanish nazariyasi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə30/59
tarix10.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#128300
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
$R9R6LUP

3 erkin tushish tezlanishi
Jismlarning erkin tushishi — Yerning tortish kuchi maydonida jismlarning nolga teng boshlangʻich tezlikda harakatlanishi. J. e. t. tezligi v Yer markazigacha boʻlgan masofaga va muhit (havo,suv)ning qarshilik kuchiga bogʻliq. Agar havoning qarshiligi hisobga olinmasa, jism uncha baland boʻlmagan joydan tushganda tezlik v=(2gh)^1/2 ga teng boʻladi (bunda g — erkin tushish tezlanishi; u oʻrtacha 9,81 m/s² ga teng; h — jismlarning tushish balandligi; bu balandlik boshlangʻich vaziyatdan hisoblanadi). Barcha jismlar Yerning ayni bir nuqtasida bir xil tezlanishda Yerga tushadi. Amalda havo qarshiligi ham hisobga olinadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli J. e. t. tezlanishi ekvatorda qutblardagidan kichik boʻladi.
4 xalqaro birliklar tizimining birliklari va ularni xosil qilinishi
Xalqaro birliklar tizimi yoki SI (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — soniya (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqdanadi. Bunda koeffitsiyent oʻlchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.
Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar oʻlchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari mod ravishda L, M, T, I, Q, J, L^ belgilari orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimit. fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan buladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin