Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə33/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
4-5-6

20- bilet

  1. Tavakkalchilik xatarini boshqa shaxs zimmasiga o`tkazish- bu investor barcha xatar uchun ma`suliyatni o`zini sug`urtalash orqali sug`urta idorasi zimmasiga o`tkaziladi.

Tavakkalchilik darajasini pasaytirish-yo`qotish hajmi va sodir bo`lish ehtimoliyatini qisqartirishni bildiradi.
Limitlash – bu limitlar o`rnatish, ya`ni savdo, kapital, xarajat summalariga ma`lum bir chegara qo`yishdir. Cheklashlar, limitlash- tavakkalchilikni pasaytirishning muhim vositasi hisoblanadi.U banklar tomonidan ssudalarning berilishida, xo`jalik subyektlari tomonidan tovarlarning (kredit kartochkalari orqali) kreditga sotilishida, investorlar tomonidan ma`lum bir miqdor kapitalni aylantirishda qo`llaniladi. Sug’urtalashning mohiyati shundaki, investor tavakkalchilik xatarini oldini olish uchun bir qism daromadidan kechishga tayyor turadi, ya`ni u tavakkalchilik darajasini nolga tenglashtirish uchun to`lovga tayyor bo`ladi. Aslida, agar sug`urta qiymati kutilayotgan zarar bilan teng bo`lsa, (ya`ni, 200 ming so`m ko`rilishi kutilayotgan zararning sug`urta polisi 200 ming so`m bo`lsa), u holda investor tavakkalchilikni qabul qilmaslikka harakat qiladi. Chunki, u aniqlangan moliyaviy yo`qotishlarning o`rnini to`ldirish uchun o`zini sug`urtalaydi. Moliyaviy tavakkalchilikni sug`urtalash uning darajasini pasaytiruvchi keng tarqalgan usullardan biridir.
Moliyaviy risk deganda, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarni hisobga olmaslik, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanmaslik va bir qancha boshqa omillarning ta`siri natijasida kutilayotgan moliyaviy daromadning keskin kamayishi va oshishi ehtimoli tushuniladi qisqacha qilib aytganda, kutilayotgan moliyaviy daromadning bir qancha omillar ta`siri natijasida kamayish yoki tushish ehtimoli tushuniladi.

  1. Xalqaro savdoga bugungi kunda ikki xil qarash bor. Birinchisi xalqaro savdo mutlaqo erkin va cheklovsiz boʻlishi kerak deb hisoblaydi. Bu yondashuv tarafdorlari davlatlar oʻrtasida mahsulotlar erkin yurishi kerakligini, bunga boj va soliqlar bilan toʻsqinlik qilmaslik kerakligini taʼkidlaydi. Ularning fikricha, bundan erkin savdoda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar manfaatdor boʻladi, chunki erkin savdo iqtisodni jadallashtiradi va yangi ish oʻrinlar yaratadi. Bu qarashlar mashhur ingliz olimi Adam Smit gʻoyalarga asoslangan.Bahsning ikkinchi tomonda proteksionizm – yaʼni, milliy iqtisod manfaatlarini himoyaviy siyosat bilan ochiq xalqaro savdoning salbiy oqibatlaridan ehtiyot qilish gʻoyasi tarafdorlari turadi. Ularning fikricha, mamlakatdan pul chiqib ketishini imkoni boricha cheklash zarur. Bu fikrni ilk marta ingliz iqtisodchisi Jerard de Malines ilgari surgan. U Angliyaga maʼlum mahsulotlar import qilinishini cheklash tashabbusi bilan chiqqan. Iqtisod qancha kam import qilsa, undan shuncha kam pul tashqariga chiqib ketadi.

Har ikki yondashuvning ham oʻziga yarasha kamchiliklari bor. Erkin savdo albatta yaxshi – bugun Yevropa Ittifoqi, Janubiy-Sharqiy Osiyo Davlatlari Birlashmasi (ASEAN), Shimoliy Amerika Erkin Savdo Bitimi (NAFTA) kabi hamkorlik guruhlari erkin savdo orqali katta iqtisodiy naf topmoqdalar. Ammo Erkin savdo rivojlanib kelayotgan iqtisodiyotlar uchun juda xatarli boʻlishi mumkin. Erkin savdoda bozorni chet mahsulotlari egallab olib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar kasodga uchrashi, buning oqibatida ishsizlik va iqtisodiy tushkunlik kelib chiqishi, iqtisod koʻp jihatdan chet el ishlab chiqaruvchilariga tobe boʻlib qolishi mumkin. Bundan tashqari, erkin savdo natijasida bir mamlakatdagi iqtisodiy inqirozlar sherik davlatlarga oʻtib ketish xavfi bor.

  1. Narxning tartibga solish (talab va taklifni muvozanatlash) funktsiyasi shundan iboratki, narx iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida namoyon bo'ladi - u talab va taklifni muvozanatlashtiradi, ularni ishlab chiqaruvchi va iste'molchining pul-to'lov qobiliyati bilan bog'laydi. Bundan tashqari, ushbu funktsiyani bajara turib, narx ishlab chiqarish va iste'molga va ularning munosabatlariga ta'sir ko'rsatish vositasi sifatida ishlaydi.

Narxlar ishlab chiqarish va muomaladagi nomutanosiblikni ko'rsatishi mumkin, shuning uchun ular asosan ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy nisbatlarini tartibga soladi. Shu bilan birga, narx iqtisodiy faoliyatning makroiqtisodiy regulyatori bo'lib, yangi asbob-uskunalar va mahsulotlarni, innovatsion jarayonlarni va investitsiyalarni ishlab chiqishni rag'batlantirishga qodir. Har qanday ishlab chiqarish rivojlanishidagi nomutanosibliklar, talab va taklif o'rtasidagi nomuvofiqlik holatlarida ishlab chiqarish hajmining ko'payishi (pasayishi) yoki narxning oshishi (pasayishi) yoki bir vaqtning o'zida ikkalasi natijasida bozor muvozanatiga erishiladi.
Cheklanmagan raqobat bozorlarida talab va taklifning stixiyali o'zaro ta'siri natijasida muvozanat bahosi (talab va taklif tenglashtiriladigan va talab, taklif va narx hajmini o'zgartirish uchun hech qanday rag'bat mavjud bo'lmagan narx) o'rnatiladi.


  1. Yüklə 107,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin