Venchur filantropiyasi oʻzida venchur biznesi mohiyati va usullarini filantroplarning maqsadlari bilan birlashtiradi. U moliyaviy resurslar va nomoddiy koʻmak yordamida kuchli ijtimoiy tashkilotlar va loyihalar yaratishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy sarmoya va grantlar insonlarning hayotini yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi startaplar va loyihalar (nochorlikka qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish, taʼlim, sogʻliqni saqlash) ga yoʻnaltiriladi. Ijtimoiy tadbirkorlik va samarali alturizm falsafasi venchur filantropiyasi tushunchasiga yaqin[1][2][3].
Venchur filantropiyasi quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
Yangicha yondashuvlarni tajribadan oʻtkazish va qoʻllashga tayyorlik.
Moliyaviy, intellektual va insonlar kapitali bilan taʼminlash.
Notijorat tashkilotlarda biznes koʻnikmalarini qoʻllash.
Ijtimoiy loyihalarni uzoq muddatli asosda moliyalashtirish (3 yildan 7 yilgacha).
Sarmoyalar samaradorligini qoʻllab-quvvatlash, loyiha salohiyatini mustahkamlash.
Global usullarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish.
Sarmoyadorning loyihadagi ishtiroki ulushining notijoriy tashkilot rahbariyati tarkibiga qoʻshilishgacha boʻlgan daraja yuqoriligi.
Ijtimoiy loyihalardan daromad olish va uni loyiha koʻlamini kengaytirishga yoʻnaltirish (bu holatda ijtimoiy taʼsir daromad olishdan ustun turadi).
Natijani sarmoyadorlar va qabul qilib oluvchilar bilan birgalikda baholash.
Sarmoyani olingan natijalarga qarab boshqa loyihalarga oʻtkazishga tayyorlik.
Venchur filantropiyasiga jalb qilishning uchta modeli mavjud: grandlar tizimiga ega anʼanaviy fond tashkil qilish, professional yollanma xodimlar ishlaydigan va filantroplar tomonidan moliyalashtiriladigan notijoriy tashkilot yaratish; venchur kapitali sarmoyadorlari qabul qiluvchilar bilan yaqindan hamkorlik qiladigan loyiha yaratish