Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati


- bilet Transmilliy korporatsiya



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə35/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
4-5-6

21- bilet

  1. Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega boʻlgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, oʻzi roʻyxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining shoʻʼba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish.ni uzluksiz oʻstirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni koʻzlab qoʻshilishi (qoʻshilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo boʻladi. Ixtisoslashuviga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo-sotiq, bank, sugʻurta va boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi.

Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham keyingi yillarda dunyodagi etakchi transmilliy korporatsiyalar tomonidan investitsiyalar jalb etilmoqda. Bunday transmilliy korporatsiyalar jumlasiga, Coca Cola, Jeneral Motors, Mitsui, Hyundai, Nestle, Samsung va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo’jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o’zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o’zining ta’sirini o’tkazadi.
Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari tushuniladi.

  1. 04.04.2023 yildagi PQ-108-son “IQTISODIY ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA ILMIY YONDASHUVLARNI KENGAYTIRISH VA BOSHQARUV KADRLARINI TAYYORLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida koplab iqtisodiy islohotlarni qollab quvvatlash borasida chora tadbirlar yaratildi.

Masalan OZB res vazirlar mahkamasi huzurida biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tuzish, prognozlashtirish va makrpiqtisodiy tadqiqotlar institutini takomillashtirish, oliy maktab va institutdagi xodimlari yuqori malakali bilimli kadrlarga almashtirish yoki malakasini osirish, muammolarini o’z joyida borib o’rganish, biznes va tadbirkorlikka etiborni kuchaytirish, davlat tomonidan imtiyozlar berish kabi maslalar korib chiqilgan. “binesni boshqarish” va shu kabi iqtisodiyot yunaalishiadgi kerakli yonalishlar boyicha magistr talimi, oliy talim v undan yuqori talim tizilmarini tashkil qilish , iqtisodiy talimi yuqori bolgan mamkalatlardan malakali talim beruvchilar jalb qilish, tadbirkorlaar ekotizimi kadrlar salohiyati boyicha ham koplab islohotlar amalga oshirish belgilandi

  1. Venchur kapitali (VC) – bu xususiy kapitalni moliyalashtirishning bir turi bo'lib, u venchur kapital firmalari yoki fondlari tomonidan startaplarga, dastlabki bosqichdagi hamda yuqori o'sish potentsialiga ega deb hisoblangan va rivojlanayotgan yoki yuqori o'sishni (ishchilar soni, -yillik daromad, operatsiyalar ko'lami va boshqalar nuqtai nazaridan) ko’rsatgan kompaniyalarga beriladi. Ventur kapitali firmalari yoki fondlari dastlabki rivojlanish bosqichidagi kompaniyalarga kapital yoki mulk ulushi evaziga sarmoya kiritadilar. Venchur kapitalistlari, ular qo'llab-quvvatlaydigan ba'zi firmalar muvaffaqiyatli bo'lishiga umid qilib, xavfli startaplarni moliyalashtirish xavfini o'z zimmalariga oladilar. Investor tomonidan kompaniya kapitalidagi sotib olingan ulush (aktsiyalar paketi yoki boshqaruv kompaniyasiga qo'shilgan hissa) evaziga uzoq muddatda ortiqcha foyda olishga qaratilgan yuqori xavfli innovatsion loyihaga qo'ygan mablag'lar (asosan naqd pulda). .

Nomidan ko'rinib turibdiki, venchur kapitalining asosiy xususiyatlari:

  • xavf darajasining oshishi;

  • uzoq diskret investitsiya davri (3-5 yil);

  • uzoq muddatli to'lov muddati (5-10 yil yoki undan ko'proq);

  • prognoz qilingan yuqori samarali daromad darajasi (yiliga 25-30% dan).

Venchur kapitalining ko'rib chiqilgan xususiyatlari uning kamchiliklarini aniqlaydi:

    • Risk to'liq investorlarga tegishli.

    • Xavfning bir qismini yelkangizga o'tkazish qobiliyati moliya institutlari(kreditlar va kreditlar) minimal (venchur biznesiga kredit berish keng tarqalmagan).

    • Dastlabki bosqichlarda muqobil investorlarni topish imkoniyati juda cheklangan. Agar bu loyihaning keyingi bosqichlarida sodir bo'lsa, portfelni suyultirish tufayli nazoratni yo'qotish xavfi ortadi.

Afzalliklar sifatida quyidagilarni ta'kidlash mumkin:

    • Loyiha uchun kam moliyaviy yuk. Kredit foizlari, dividendlar va boshqalar shaklida joriy moliyaviy xarajatlarning yo'qligi.

    • Maksimal samarali foydalanish. Dastlabki bosqichlardagi barcha daromadlar qayta investitsiya qilinadi va kompaniyaning eng tez rivojlanishiga yo'naltiriladi.

  1. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda, – deydi iqtisod fanlari doktori Nodir Jumayev

So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi.
Globallashuvning hozirgi bosqichida iqtisodiyot sohasida konkret davlat nazoratidan xoli faoliyat ko‘rsatadigan transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lganligini alohida qayd etmoq lozim. Bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret hudud, millat yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan. Jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro valuta jamg‘armasi, xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va boshqalar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini yo‘naltirishga doir siyosatni belgilaydi. ular moliyaviy davlat sifatida bir qancha mayda va o‘rtacha mamlakatlar budjetlaridan ortiq imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‘lgan istagan mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.
Transmilliy korporatsiyalar, xalqaro valuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tuzilmalarda ishlash uchun saylanma xodimlar tayyorlanadi. Bu menejerlarning faoliyati natijasida tegishli tarzda global miqyosda turli qarorlar, shu jumladan, kambag‘al mamlakatlardan ishchi kuchlarini rivojlangan mamlakatlarning qaysisiga qancha jalb qilishigacha bo‘lgan qarorlar qabul qilindi. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag’batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko’rsatadi. Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi.
Globallashtirishning bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning, texnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi bo’lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bo’ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g’oya va axborot mahsulotlarini chegarviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez xarakatlanuvchi kompyuter texnikasi, signal uzatishning optik to’lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet global tarmog’i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bo’ldi. Butunlay yangi imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari doirasida yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini rag’batlantiruvchi inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan haqiqiy axborot innovatsiyalari haqida gapirish imkonini beradi. Mavjud hisob-kitoblar va baholarga muvofiq, keyingi 5-10 yil ichida dunyodagi mavjud axborotlarning umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga oshdi: bu Mur qonuni nomini oldi (bu tendentsiyani ilk bor topgan kishi nomi sharafiga).

Yüklə 107,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin