Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə38/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
4-5-6

2. Xalqaro korporatsiyalar o'z mamlakati yoki u ro'yxatdan o'tgan mamlakatdan boshqa mamlakatda o'z ob'ektlari, zavodlari va boshqa aktivlariga ega bo'lgan kompaniya va Ular xalqaro kompaniyalar yoki transmilliy korporatsiyalar deb nomlanadi. Odatda korporatsiyaning shtab-kvartirasi bir mamlakatda joylashgan va boshqa mamlakatlarda to'liq yoki qisman egalik qiladigan korxonalarini boshqaradi.
Millatlararo korporatsiyalar-Millatlararo korporatsiya bu o'z mamlakatidan tashqari kamida bitta davlatda biznes yuritadigan kompaniya. Ba'zi ta'riflarga ko'ra,u o'z daromadining kamida 25 foizini o'z mamlakatidan tashqarida ishlab chiqaradi. Ushbu kompaniyalarning shtab-kvartirasi bir mamlakatda joylashgan bo'lsa-da, o'z biznesini kengaytirish va ko'proq mijozlarni jalb qilish uchun boshqa ko'plab mamlakatlarda bo'linmalari ishlaydi.Millatlararo korporatsiya to'rt xil turga bo'lish mumkin: markazlashmagan transmilliy korporatsiyalar, markazlashtirilgan global korporatsiyalar, xalqaro kompaniyalar va transmilliy korxonalar.


3. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan iqtisodiy islohotlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tahlil qilinadi va baholanadi. "Prezident Shavkat Mirziyoevning ilgʼor siyosati va islohotlari tufayli Oʼzbekistonda chuqur oʼzgarishlar roʼy berdi", deb yozadi pokistonlik ekspert. U soʼnggi yillarda Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dunyo hamjamiyati eʼtiborida boʼlib turganini bildiradi. Ushbu masalada ko‘pgina islohotlar, o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Masalan: Davlat buyurtmasi tugatilib, o‘rniga zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy etildi. Tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Kim oshdi savdosi o‘tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘ldi. Ko‘chmas mulk sotish joriy etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat sug‘urta boshqarmasi o‘rniga davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat birjalari barpo etildi.

Yüklə 107,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin