Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə30/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
4-5-6

18variant
1. Global muammolar bu umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog‗liq, hozirgi zamon muammolaridir. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin: Birinchidan, xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar – jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut g’oyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan bo’lsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid bo’lgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo bo’ldi. Buni terrorchilik, ekstremizm ko’rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi. Ikiknchidan, Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulgan global muammolar – jahon xo’jalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transmilliy korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga qaram, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambag’al mamlakatlar o’rtasidagi farq o’sib bormoqda. XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 foizini ishlab chiqargan bo’lsa, kambag’al davlatlar atigi 1 foizni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil bo’lsa-da, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqtisodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Masalan, milliy bozorni siqib qo’yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globallashuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi. Uchinchidan, ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisi muttasil ko’payib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziqovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tug’diruvchi kasalliklar tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi. To’rtinchidan, inson va tabiat o„rtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar - ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulg’anishi, o’rmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yo‗qolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko‗p ishlatilishi natijasida qishloq xo‗jaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Orol dengizi suvi kamayib, g‗oyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi.


2. O`zbekistonda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishdan ko`zlangan bosh maqsad hududlarni barqaror rivojlantirishni ra`gbatlantirish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajalari o`rtasida keskin farqlarning vujudga kelishiga yo`l qo`ymaslik uchun sharoit yaratishdan iborat. Mamlakat hududlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish maqsadini amalga
oshirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakatning barcha hududlarini barqaror rivojlantirish uchun ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajalarini imkon darajada tenglashtirish;
- hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish;
- ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashtirilishi va rivojlanishidagi asossiz vujudga keltirilgan nomutanosiblikni bartaraf etish;
- hududlar ixtisoslashuvini oqilonalashtirish va tumanlararo iqtisodiy aloqalarni optimallashtirish;
- hududlarning hududlararo va tashqi iqtisodiy integratsiyalashuvi, ayrim hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy biqiqligiga barham berish.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning huquqiy shakllari sifatida qonunlar, qonunosti va sud huquqiy xujjatlar, aktlar xizmat qiladi. O`zbekistonda hududlar rivojlanishini tartibga solishda Prezident farmonlari, qaror, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari muhim rol o`ynamoqda. Hududlar rivojlanishini tartibga solishning tashkiliy-institutsional tarkibi respublika ijro hokimiyati darajasida Vazirlar Mahkamasi, ko`pgina vazirlik va idoralar tomonidan shakllantiriladi.


4. Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.


Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida qishloq xoʻjaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.

Yüklə 107,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin