14-variant 1.Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan[1]. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan[2]. Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan. nega «Globallashuv» tu-shuncha sifatida ommaviylashib ketmoqda yoki «internatsionalla-shuv» va «integratsiyalashuv» tushunchalari unga nisbatan kam qo‘lla-nilmoqda degan savolga javob ochiq qolib kelmoqda. Aslida, «Globallashuv»ning asl mohiyati va uning barcha soha-larga o‘tkazayotgan ta’sir doirasini bilish uchun uni yuqorida kel-tirilayotgan ikkala tushuncha bilan solishtirish maqsadga muvofiq-dir. CHunki ular o‘rtasida ma’lum o‘xshashlik mavjud. Ayni paytda ular o‘z yo‘nalishi, maqsadi va funksiyalari bilan o‘zaro farqlanadi. SHuning bilan birga ularning tushuncha sifatida ilmiy iste’-molga kirish davrlari o‘rtasida ham farklar mavjud. Ayniqsa, «in-ternatsionallashuv» sobiq sho‘rolar qukmronligi sharoitida eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchaga aylangan edi. Uni millatlarning o‘za-ro qo‘shilib ketishiga olib keladigan ijobiy omil sifatida baqo-lashdan tortib, oila, turmush, milliy madaniyatlarning yagona ma-daniyatga aylanishigacha bo‘lgan barcha soqalarda sobiq KPSSning «internatsionallashtirish» borasida olib borgan zo‘ravonlik siyo-satini aqolidan yashirish maqsadida qo‘llanilib kelinar edi.
2. 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari (keyingi o‘rinlarda – Hududiy kengashlar) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi hududiy organlar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Hududiy kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlar joylardagi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.2. Hududiy kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi o‘rinlarda – Milliy kengash) qarorlariga amal qiladi.3. Hududiy kengash o‘z faoliyatini joylardagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi
3. Mamlakatimizda xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu borada muhim qonunlar, Prezidentimizning qator Farmon va qarorlari qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi islohotlarning navbatdagi bosqichi, mantiqiy davomi bo‘ldi. To‘g‘ri, bugun eng ko‘p huquqiy hujjat qaysi sohani ravnaq toptirishga qaratilgan, deb so‘rashsa, bemalol tadbirkorlikni misol keltirish mumkin. Biroq hujjatlar, dasturlar, chora-tadbirlar rejalari qancha ko‘p ko‘rilmasin, sohadagi kamchiliklar, sustkashliklar batamom barham topyapti, deyish qiyin. Bu Prezidentimizning mazkur qarorida ham ro‘y-rost qayd etildi. Xususan, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, qator tizimli muammo va kamchiliklarga duch kelinayotgani bayon qilindi. Bundan tashqari, yangidan tashkil etilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyot va tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan hokim o‘rinbosarlari tomonidan tadbirkorlarning dolzarb muammolarini hal qilishga, hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga, shuningdek, mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanishga ko‘p hollarda beparvo munosabatda bo‘linayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, respublika va joylardagi davlat boshqaruvi organlarida keng tarqalgan va bartaraf etilmayotgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqish va amalga oshirish, zarur ishlab chiqarish ob’ektlari, yer uchastkalari va kredit mablag‘larini ajratish, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaratish masalalarini hal etishdagi sansolarlik, byurokratizm va to‘siqlar bilan bog‘liq holatlar tadbirkorlik sub’ektlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga faol jalb etish, yalpi hududiy mahsulot hajmini oshirish, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirishni ta’minlamayotgani qayd etilgan. Shu maqsadda, mamlakatimiz Prezidentining qarori bilan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, bo‘sh turgan ob’ektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmardan samarali va oqilona foydalanishini ta’minlashga qaratilgan Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar tashkil etilib, ularning vazifalari aniq belgilab berildi. Hududiy guruhlar tarkibiga kirgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlari asosiy ish joyi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinib, doimiy ravishda o‘zlariga biriktirilgan hududda bo‘lishi belgilandi.Komissiya va hududiy guruhlarning so‘rovlari, ko‘rsatmalari barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan so‘zsiz ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
4. Globallashuv — bu butun dunyo boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidirGloballashuvning baʼzi xususiyatlari antik davrlarda paydo boʻlgan (Iskandar Zulqarnayn, Ellinizm). Shunday qilib, Rim imperiyasi Oʻrta er dengizi ustidan oʻzining gegemonligini tasdiqladi, bu esa turli madaniyatlarning chuqur oʻzaro bogʻlanishiga va Oʻrta er dengizida mintaqalararo mehnat taqsimotining paydo boʻlishiga olib keldi. Globallashuvning kelib chiqishi 12-13-asrlarda, Gʻarbiy Yevropada bozor (kapitalistik) munosabatlarining rivojlanishi bilan bir vaqtda, Yevropa savdosining jadal oʻsishi va „Yevropa jahon iqtisodiyoti“ shakllanishi. (Vallershteyn taʼrifiga muvofiq) boshlandi. XIV-XV asrlarda biroz pasayishdan keyin. bu jarayon 16—17-asrlarda ham davom etgan. Ushbu asrlarda Evropada barqaror iqtisodiy oʻsish navigatsiya va geografik kashfiyotlar muvaffaqiyati bilan birlashtirildi. Natijada portugal va ispan savdogarlari butun dunyoga tarqalib, Amerikani mustamlaka qilishga kirishdilar. 17-asrda Osiyoning koʻplab davlatlari bilan savdo qiluvchi Gollandiya Ost-Hind kompaniyasi birinchi haqiqiy transmilliy kompaniya boʻldi. 19-asrda jadal sanoatlashtirish Yevropa davlatlari, ularning mustamlakalari va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida savdo va investitsiyalarning koʻpayishiga olib keldi. 20-asrning birinchi oʻn yilliklarida globallashuv jarayonlari davom etdi, hatto Birinchi jahon urushi ham oldini ololmadi. Umuman olganda, 1815-yildan 1914-yilgacha boʻlgan davrda Yevropa davlatlarining umumiy eksporti taxminan 40 baravar oshdi. Ammo xalqaro savdoning oʻsishi 1920-yillarda, hatto Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari tashqi savdosini biroz erkinlashtirish sodir boʻlgan davrda ham davom etdi. Xalqaro savdodagi keskin tanazzul va globallashuvning qisqarishi 1930-yillarda Buyuk Depressiya boshlanganidan va 1930—1931-yillarda yetakchi Gʻarb kuchlarining kiritilishidan keyin sodir boʻldi. yuqori import bojlari[7]. Ikkinchi jahon urushidan keyin globallashuv jadal sur’atlar bilan qayta boshlandi. Unga texnologiyani takomillashtirish yordam berdi, bu esa dengiz, temir yoʻl va havo qatnovlarini tezlashtirishga, shuningdek, xalqaro telefon xizmatining mavjudligiga olib keldi. Masalan, amerikalik tadbirkor Malkolm Maklin (inglizcha: Malcom McLean) va muhandis Keith Tantlinger[en] 1956-yil aprel oyida birinchi yuk tashish bilan zamonaviy intermodal konteyner tizimini ishlab chiqdilar. Tovarlarni yuklash narxi bir tonna uchun 6 dollardan 0,16 dollargacha kamaydi[8]. 1947-yildan boshlab Tariflar va Savdo boʻyicha Bosh kelishuv (GATT), yirik kapitalistik va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasidagi bir qator kelishuvlar xalqaro savdodagi toʻsiqlarni bartaraf etishda ishtirok etdi. Ammo bu yoʻnalishdagi haqiqiy yutuq „Kennedi raundi“ dan (1964—1967-yillarda GATT doirasidagi bir qator xalqaro konferensiyalar) keyin sodir boʻldi. Iqtisodiyot tarixchisi P. Barok yozganidek, „Gʻarbiy Yevropada savdoning haqiqiy erkinlashuvi Kennedi raundidan keyin sodir boʻldi“[9]. 1995-yilda GATTning 75 aʼzosi Jahon savdo tashkilotini (JST) tuzdilar.[manba?] . Yirik mintaqaviy iqtisodiy integratsiya zonalari ham mavjud. 1992-yilda Yevropa Ittifoqi Maastrixt kelishuvlari bilan yagona iqtisodiy hududga aylandi. Bu makon bojxona toʻlovlarini bekor qilishni, ishchi kuchi va kapitalning erkin harakatlanishini, yevroga asoslangan yagona pul tizimini nazarda tutadi. Shimoliy Amerika erkin savdo hududi aʼzolari: AQSh, Kanada va Meksika oʻrtasida kamroq integratsiya kuzatiladi. Sobiq Sovet respublikalarining aksariyati Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi parchalanganidan keyin unga qoʻshildi va umumiy iqtisodiy makon elementlarini taʼminladi
5. 1. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yiliga o‘rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go‘sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o‘rtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan respublikada agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizga yaqinining isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. Baʼzan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishda ham katta muammolar chiqib qolayotganligi odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo‘lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha. Mazkur kamchiliklarga o‘rinli yechim topib, bartaraf etishga ko‘makashish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, isteʼmol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida 2020 yil 29 oktyabr kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashkil etilgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ishlab chiqarishni ilmiy asosda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha yetarli darajadagi va assortimentda tayyorlanish bilan birga iste’mol tovarlari sifatini oshiruvchi aholi salomatligi uchun standart standartlarga muvofiqligi, vaziyat holatlarida zarur bo’lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini ishlab chiqarish va saqlash, hududlarni ta’minlash bo’yicha ovqat mahsulotlarining rivojlangan sanoati, o’rnatish, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashning eng yuqori darajasiga erishib, eksport salohiyatini rivojlantirish Oziq-ovqat sanoati uyushmasining ustuvor vazifalaridan biri