Variant 9 I. Test Ko`nikma nima?


Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi



Yüklə 128,43 Kb.
səhifə3/7
tarix14.10.2022
ölçüsü128,43 Kb.
#65127
1   2   3   4   5   6   7
Variant 9 I. Test Ko`nikma nima

2. Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Boshlang’ich sinflarda loy va plastilin bilan ishlash mashg’ulotlarining maqsadi va vazifasi bolalarning haykaltoroshlikning elementar asoslari bilan tanishtirish va amaliy ishlashga o’rgatishni nazarda tutadi. Bunday mashg’ulotlarni yuksak saviyada tashkil etish va o’tkazish har bir o’qituvchidan mazkur soha bo’yicha mahlum tayyorgarlikka ega bo’lishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchilar o’z ustlarida ko’proq ishlashlari, xaykaltoroshlik va sapoldo’zlik asoslarini yaxshi bilib olishlari kerak bo’ladi

Mehnat darslarida loy, plastilin, mum kabi materiallardan foydalanib, ulardan turli uyinchoqlar, jonivorlar, qushlar, ertak qaxromonlari yasaladi. Uyinchoq – dekorativ sahnatning eng qadimiy turlaridan biri bo’lib, qadim asarlarda loydan yasalgan narsalar bizgacha yetib kelgan. Mamlakatimizda sanoat va madaniyatning rivojlanib borishiga ko’ra uyinchoqlarni assortimenti, ularning obrazlari yildan-yilga boyib bormoqda. Uyinchoqlar yasaladigan materiallar xilma-xildir. Biroq afzallik loyga beriladi. Loy narsalar yasashda asosiy material hisoblanadi.


CHunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan materialda chet predmetlar, tosh, qum va shu kabilar bo’lmasligi kerak. CHunki ish qo’lda bajariladi. SHuning uchun ish boshlashdan oldin loyni tayyorlash kerak, topilgan matni narsalar yasashga yaroqli yoki yo’qligini oldindan tekshirish kerak. Loy shirali va shirasiz bo’ladi. SHirasiz loy tarkibida qum ko’p bo’lib, unda yopishqoqlik xususiyati yomon bo’ladi.


Loy va plastilin ham turli narsalar yasash uchun juda qulay bo’lib, ayrim xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan ajralib turadi. Masalan plastilin rang-barangligi va doimo ishga tayyor holda ekanligi bilan ajralib turadi. Lekin asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez erib ketadi va o’zining qayishqoqlik xususiyatini yo’qotadi. Bundan tashqari plastilindan ishlangan haykalchalarni ochiq joyda saqlash juda qiyin. Undan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi. U sunhiy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan farqlanadi. Plastilin har-xil oddiy va murakkab turlari bo’lib, retseptlari bor.

Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil qilguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanayotgan massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi.

Ikkinchi variant - quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qushib, qulga yopishmaydigan quyuq massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq buyoq massasi qushib va puxta aralashtirib buyash mumkin.

Uchunchi variant- 1 qism tuprog’ida 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qulga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qushib aralashtiriladi. Plastilin va loydan narsalar yasashni u yaxshilab qulda ezilgandan keyin boshlash kerak.

Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan foydalaniladi. Mumning tabiiy va suhniy (neftdan olingan) turlari mavjud. Mum ancha qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qulay, u qurimaydi, suv bilan namlanishni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan yasaladigan narsalar uzoq saqlanadi.

Mehnat darslarida uchun magazinlarda ochdan to to’q rangacha bo’lgan rangli mum tayoqchalari sotiladi.

Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar, pichoq, oddiy konstruktsiyadagi yog’och va metall uchli steklardan foydalaniladi. Plastilin va mum bilan ishlaganda metall steklardan foydalaniladi. Ularni qizitish hamda yo’g’on mis, alyumin yoki temir simdan tayyorlash mumkin. TSirkulg’, o’lchov, chizg’ich va burchaklar kabi o’lchov asboblari modellarni chizish va o’lchash ishlarida kerak bo’ladi.

Tayyor narsalardagi changlarni yo’qotish, loy narsalarni supurib tashlash, narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har – xil mo’yqalamlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 128,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin