4. Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish Innovatsion texnologiyalar - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy baxs-munozaralar o’tkazish, shu materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’psatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichiq guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mahg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Innovatsion texnologiyalarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, uz fikrini bayon qilish, uni asoslagan holla himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, baxs olib borish ko’nikmalari shaqllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emosional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab to’zilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Unga ko’ra tafakkurning rivojlaiishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja qo’yidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham 11 foydalanadi, jumladan; Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq, fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustaxkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi okibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollash-tirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta to’zish, yoritib berish, sharxlash, oydinlashtirish. Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilim-laridan fakat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni tutri qo’llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish. Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko’radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarniig ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqdrish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taksimlash, tekshirish, guruhlash. Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy kayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish. tizimlashtirish, kombinasiyalashtirish, yaratish, to’zish, loyihalash.
Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-ximipshi ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlar ga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq, fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, ulchash, nazorat qilish, asoslash, ma'ыsullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Innovatsion texnologiyalar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday irogressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mahg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Maktabdagi o’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq, bo’lib, ular orasida o’qitishning usul na metodlari xal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o’zlashtirilishiga, o’quvchilarda mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Usul va metod tushunchalari uzaro bog’liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo’ladi. Pedagogika amaliyotida o’qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to’plangan. Ularni taplashda turli sharo-itlar, o’qitilayotgan fanning harakteri, bolalarning yosh xususyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokazolar hisobga olinadi. Forobiyning fan va san’atning afzalligi haqidagi risolasida o’quv jarayonini tashkil etish ga va o’qitish metodlariga qo’yiladigan talablar ifodalangap. Olim uzining o’qitish metodlari haqidagi tushuntirishlarida o’quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga, mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish kerakligini o’qtirgan.1 Sharq qomusiy olimlarining asarlarini tahlil qilish, hozirgi terminologiyadan foydalanib, mazkur asarlar mualliflarining prinsiplari va o’qitish metod1ari bilishning umumiy krnunlariga muvofiqdigini aniqlash imkonini beradi. Barcha qomusiy olimlar foydalangan o’qitish metodlarini bir necha guruhga ajratish mumkin. Bular: ko’rsatmali tajriba metodlari (Ibn Sino), bilimlarni bayon qilishning savol-javobli yo’llari (Abu Rayxon Beruniy, al-Xorazmiy), ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni tekshirish metodlari (Forobiy, al-Xorazmiy) va xokazolardan iboratdir.
Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olimlarning barchasi o’quvchi-lar faoliyatini kuchaytirish va ularda mantiliy tafakko’rni rivojlantirish maqsadini kuzlaganlar. Bur\oniddin Zarnud-jiyning fikricha, insonning bilish faoliyati bilmaslikdan bilishga kdrab boradi. Akl — faol, ijodiy kuchdir, koinotni bilish ko’rolidir. Ammo dastlabki tajribasiz bilishning bulishi mumkin emas. Chunki umuminsoniy akl tushunchasi taqdirlash, kuzatish va tajriba yo’li bilan tarkib topadi. Bundan shunday pedagogik xulosa chikdrish mumkinki, inson xissiy idrokni boyitish bilangina o’zining bilimlarini oshira oladi. Shuning uchun ta’limda o’quvchilarning o’zidagi tajribaga tayangan metodlardan iloji boricha keng foydalanish kerak. Metodlar va usullarni tanlash o’qituvchi darsda hal qilishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar qo’llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash va samarali usullar hamda metodlariin tanlash juda muximdir.O’qituvchi darsning eng boshida 4—5 daqiqa umumiy so’rashni amalga oshiradi va o’quvchilarning qaysi guruhi o’tgan dars buyicha yetarli darajada o’zlashtirmagaiini aniqlaydi va keyingi so’rashda sinfning diqqate’tiboripi eng avval ana shu masalaga qaratadi. Dastlab savollarga batafeil javob bera oladigan o’quvchilardan so’raydi. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik kilgan material tushunarli bo’ladi. Bu usul o’quvchilarning mashgulotlardagi nuqsonlarini paykash va shu zaxoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir. Garchi har bir o’qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo’lsa-da, ularni qo’llashdan ko’zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta’limiy ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muxim bo’lib, birinchidan, o’quvchilarni ularning e’tikodiga, e’tikodni esa amaliy faoliyatga, xatti-harakat-ga aylantiradi, ikkinchidan, o’qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o’qish-o’rganish diqqat-e’tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o’tkir akl, mustaxkam iroda, tinik tasavvur, kuchli xotira zarur. O’qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib, o’quvchilarda ana shu sifatlarni tarkib toptirish va ularga kiyinchiliklarni yengishni o’rgatishdir.