5.Uglevodorodlar sinteziga,aromatik uglevodorodlar bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish.4-tajriba.Xlorli oxak va etil spirtidan xloroform olish.Reaktivlar: xloroform; xlorli oxak(CaOCl2, qattiq tuz) Jihozlar: laboratoriya shtativi; menzurka; suv hammomi; probirkalar; gaz chiqarish nayi; asbest to’r; gaz gorelkasi; shisha tayoqcha; pipetka.Tajribani bajarish:Probirkaga ozroq xlorli ohak solib, unga 0.5 ml etil spirt va 1 ml suv qo`shing. Shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring. So`ngra probirkaga gaz chiqarish nayi o`rnatilgan probirkani mahkamlang va nayni ikkinchi uchini ichiga 1 ml muzli suv solingan ikkinchi probirka – yig`gichning tubigacha tushuring. Reaksion aralashmani suv hammomida qizdiring. yig`gichdagi suv ostida suyuqlik yig`ilishini kuzating. Suv qatlamini pipetka yordamida olib, hosil qilingan xloroformga shisha tayoqcha olinib alangaga tuting. Alanga ko`karadi. Xloroformni o`ziga xos o`tkir hidiga etibor bering.Etil spirt o`rniga sirka aldegid ham ishlatsa bo`ladi.5-tajriba.Yodoformning olinishi. Reaktivlar: Etil spirti; propil spirti; izoamil spirti; yod kristallar; 10 % li natriy gidroksid eritmasi; distillangan suv. Jihozlar: probirkalar; menzurka; suv hammomi; gaz gorelkasi; mikroskop.Tajribani bajarish: Probirkadagi 1 ml spirtda 0.5 g yod eritiladi. Yodni spirtli eritmasiga 5 ml suv qo’shiladi va chayqatib turgan holda tomchilab natriy gidroksidning 10 % li eritmasidan reaksion aralashma yorqin sariq rangga kirguncha qo’shiladi. Probirkadagi eritmaning loyqalanishiga etibor bering. Probirkadagi aralashma suv hammomida 70-800C da qizdiriladi. Aralashma sovutilganda yodoformni o’ziga xoshidga ega yorqin-sariq kristallari hosil bo’ladi. Yodoform cho’kmasi filg’tirlab olinadi, quritiladi va mikroskopda ko’riladi.6-tajriba.Xloroformning tozaligini tekshirish.Reaktivlar: xloroform; 0.1n kumush nitrat eritmasi; 0.1n kaliy yodid eritmasi; kraxmal eitmasi; distillangan suv .Jihozlar: laboratoriya shtativi; menzurka; probirkalar.Tajribani bajarish: Xloroform saqlanganda parchalanishi natijasida unga HCl va erkin xlor aralashgan bo`lishi mumkin. a)Vodorod xloridni aniqlash.Probirkaga 3 tomchi xloroform, 5 tomchi distillangan suv va 2 tomchi kumush nitrat eritmasidan qo`shing. Oq cho`kmani hosil bo`lishi xloroformda HCl borligini ko`rsatadi.b)Erkin xlorni aniqlash. Probirkaga 3 tomchi xloroform, 5 tomchi distillangan suv va 1 tomchi KJ eritmasidan qo`shib, aralashmani yaxshilab chayqating. Xloroform qavatining pushti rangga kirishi erkin yod hosil bo`lganini bildiradi (yodning xloroformdagi eritmasi pushti rangli). Yodni yana 1 tomchi kraxmal eritmasi qo`shib ham bilib olish mumkin.7-tajriba.Xloroformning ishqor eritmasi bilan ta’siri.Reaktivlar: xloroform; NaOH ning 10% li eritmasi; kumush nitratning ammiakli eritmasi; 1% li kaliy permanganat eritmasi; distillangan suv Jihozlar: laboratoriya shtativi; menzurka; probirka Tajribani bajarish: Probirkaga 4-6 tomchi xloroform, 6-8 tomchi NaOH ning 10% li eritmasidan tomizing. Aralashmani chayqatib turgan holda qizdiring. Sovugach uni 2 ta pobirkaga bo`ling. Birinchisiga kumush nitratning ammiakli eritmasidan qo`shing. Kumush cho`kmasi hosil bo`ladi (chunki, xloroform gidrolizlanadi). Ikkinchi probirkaga 1% li kaliy permanganat eritmasidan bir necha tomchi tomizing. Eritma ko`k rangga kiradi.Uglerod (IV) xlorid ham ishqorlar ta’sirida xloroform kabi gidrolizlanadi.