3.Uglevodorodlar va azotli organik birikmalar,oqsillar va yuqori molekulyar birikmalar mavzulari bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish.Uglevodlar -«uglerod» va «voda» so‘zlaridan tuzilgan, umumiy formulasi CH(N2O)m. Uglevodlar monosaxaridlarga, di- va oligosaxaridlarga, polisaxaridlarga bo‘linadi.Ular tabiatda keng tarqalgan moddalar bo‘lib, o‘simliklarning, mevalarning tarkibida bo‘ladi. Monosaxaridlar gidrolizga uchramaydigan qandsimon moddalardir. Tabiatda ko‘proq besh va olti uglerodli monosaxaridlar pentoza va geksozalar uchraydi. M-n, pentozalar-ksiloza, arabinoza, riboza va h.k. geksozalar-glyukoza, fruktoza, mannoza va h.k. Ularning tarkibidagi 1 ta uglerod aldegid yoki keton guruhini o‘zida tutadi, qolgan uglerod atomlarida esa 4 ta yoki 5 ta gidroksil guruhlari bo‘ladi. M-n, ribozaning tuzilish formulasi quyidagicha:
Glyukoza va fruktoza uzum va boshqa shirin mevalar tarkibida, mannoza esa arpada va apelsin po‘chog‘ida bo‘ladi. Glyukoza va fruktoza muhim ozuqa hisoblanadi. 1-tajriba.Oqsillarga xos rangli reaksiyalar. Reaktivlar:tuxum oqsil eritmasi; natriy gidroksidning 10% li va 30% li eritmalari; konsentrlangan nitrat kislota; Milon reaktivi; muz sirka kislota; qo`rg`oshin atsetatning 10% li eritmasi; mis sulfatning 0.2% li eritmasi ;ammiakning 10% li eritmasi.Jihozlar: probirkalar; pipetka; menzurka; gaz gorelkasi; suv hammomi; menzurka; laboratoriya shtativi.Tajribani bajarish: a) Ksantoprotein reaksiyasi.Probirkaga 2 ml tuxum oqsili eritmasidan quying. Unga ehtiyotlik bilan 4-5 tomchi konsentralangan nitrat kislota qo’shing. Aralashmani qizdirish natijasida eritma va cho’kma sariq rangga kiradi. So’ng aralshma sovitiladi va unga ishqoriy muhit hosil bo’lgunga qadar ammiakning 10% li eritmasidan qo’shiladi. Bunda eritma sariq rangga kiradi. b) Biuret reaksiyasi. Probirkaga tuxum oqsili eritmasidan 2-3 ml, natriy gidroksidning 10% li eritmasidan 2-3 ml quying va unga mis sulfatning 0.2% li eritmasidan 4-5 necha tomchi tomizing. Eritma binafsha rangga bo`yaladi. 2-tajriba. Oqsillarning fenol va formalin ta`sirida cho`kishi. Reaktivlar:tuxum oqsili eritmasi; formalin eritmasi; fenolninhg suvdagi to`yingan eritmasi.Jihozlar: probirkalar; pipetka; menzurka; laboratoriya shtativi.Tajribani bajarish:Ikkita probirka olib, ularga tuxum oqsili eritmasidan 1 ml dan quying. So`ngra birinchi probirkaga formalin eritmasidan 1ml, ikkinchisiga esa fenolninhg suvdagi to`yingan eritmasidan 1 ml qo`shing. Reaksion aralashmalarni 10-15 minut tindiring. Bunda ikkala probirkada ham oqsil cho`kmaga tushadi.