8 -varian 4 savol Bozor munosabatlariga o‘tish davrida arxiv ishini tashkil qilish. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida iqtisodiy islohotlar jarayonida arxiv tashkilotlarida xo‘jalik yuritishning iqtisodiy usullarini joriy qilish va rivojlantirish yuz bermoqda. Respublika arxiv ishini rivojlantirish fondining asosiy qismini bundan keyin ham davlat budjeti mablag‘lari tashkil etadi. Shuning bilan birga, yangicha xo‘jalik yuritish usuliga o‘tish arxivlarga tashkilot va korxonalar, jamiyat va kooperativ, ijodiy muassasalar hamda aholiga shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatishni kengaytirish hisobiga budjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarining topish imkoniyatini berdi. Davlat arxivlarini hartnoma asosida bajaradigan pullik xizmat ishlari turlari quyidagilardan iborat: . 1. Vazirlik, idora va boshqalarga yig‘majildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda, ish yuritishni tashkil qilishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatish. 2. Hujjatlami tanlab olish va tartibga solish, jumladan shaxsiy arxivlarda ham shunday ishlar amalga oshirilishi mumkin. 3. Mavzuli so‘rovlami, shuningdek mulkdorlik huquqi to‘g‘risida, sulolaviy xususidagi so‘rovljimi bajarish. 4. Tashkilotlami axborot bilan ta’minlash. 5. 0 ‘quv yurtlari, ijodiy muassasalar va boshqa tashkilotlar buyurtmasi bilan hujjatlar to‘plamlari, hujjatlar ko‘rgazmalari, ekskursiyalar tayyorlash. Davlat arxivlari rahbarlari ish haqi jamg‘armasidan iqtisod qilingan, pullik xizmat va shartnoma asosida topilgan qo‘shimcha daromadlar asosida xizmatchilami iqtisodiy rag‘batlantirish (oylikka qo‘shimcha haq qo‘shib berish, mukofotlash) huquqiga ega boidilar. 1999-yilda respublika arxiv tashkilotlari pullik xizmat hisobiga 47,5 million so‘m daromad qildilar. Arxiv tashkilotlari pulli xizmatdan olingan daromaddan xizmatchilami mukofotlash, ularga qimmatli sovg‘alar taqdim etish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini amaiga oshirdilar. Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqamv davlat organi 0 ‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “0 ‘zarxiv” agentligi hisoblanadi. Uning tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ulaming qaramog‘idagi davlat arxivlari (ulaming filiallari) hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi. Yuqorida qayd etilgan arxiv tashkilotlariga arxivlami butlash, 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining o‘tmish tarixi to‘g‘risidagi hujjatli yodgorliklami jamiyat va fuqarolar manfaati uchun saqlash va foydalanish kabi davlat majburiyatlari yuklangan. Hozirgi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasida 80 dan ortiq davlat arxivlari bo‘lib, ularda 6 mln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrabavaylab saqlanmoqda. Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, madaniy- ma’rifiy ishlarda keng foydalanmoqda. Bugungi kunda respublikamizning barcha davlat arxivlari “0 ‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlarining asosiy ish qoidalari” ga amal qilishlari shart. Ilmiy-texnikaviy, kino, surat va ovozli hamda boshqa maxsus hujjatlami saqlaydigan davlat arxivlari mazkur qoidalardan rejalashtirish, ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlami tashkil etish, hujjatlardan foydalanish, idoraviy arxivlami nazorat qilish masalalari bo‘yicha foydalanishlari mumkin. Boshqa masalalarda ular uchun ishlab chiqilgan maxsus qoidalarga amal qiladilar. Mazkur qoidalardan 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv Fondi hujjatlarining o‘zlari doimiy saqlanuvini amalga oshirayotgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa respublika idoralari hamda sohaviy davlat fondlari arxivlari ishida foydalanish mumkin. Qoidalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilib, “0 ‘zarxiv” agentligining ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha komissiyasi tomonidan ma’qullangan. Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi 0 ‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “0 ‘zarxiv” agentligi hisoblanadi. Uning tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ulaming qaramog‘idagi davlat arxivlari (ulaming filiallari) hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi.