8- variant 2-savol 50-yillarning oxiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga oshirildi. 1958-yili O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona O‘zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qo‘shildi. Shunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi vujudga keldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha hujjatlarni ehtiyot qilnb saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki ishlar ministrligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. Shu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv bo‘limlari qilib qayta tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tizimidagi rolini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Arxiv tashkilotlari respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan teng huququli bo‘lib qoldi va ular arxiv ishi hamda ish yuritishni tashkil qilish faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Arxiv tashkilotlarining asosiy vazifasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar saqlanishini ta’minlash hisoblanadi. Ular tarixiy hujjatlarni davlat saqloviga tanlab olish, saqlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun arxiv
tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishga va ular bilan davlat arxivlarini butlashga katta e’tibor beradi.
1960-1961-yillarda Ittifoq Bosh arxiv boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan respublikada arxivlarni butlash tamoyili tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘z faoliyati natijasida ilmiy ahamiyatga ega hujjatlar vujudga kelmaydigan mayda, yordamchi va kommunal maishiy tashkilotlar (sartaroshxona, atele, oshxona, apteka, do‘konlar, hammomlar, ta’mirlash ustaxonalari, avtobazalar, mehmonxonalar va boshqalar)dan davlat saqloviga hujjatlar qabul qilish to‘xtatildi. Buning natijasida arxiv tashkilotlari o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni hujjatlar saqlanishini nazorat qilishga,
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, muhim sanoat, qurilish hamda shunga o‘xshash korxonalar hujjatlarining qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan tashkilotlar, muassasalar, korxonalar ro‘yxatlarini tuzdilar va davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilishda mana shu ro‘yxatga amal qiladigan bo‘ldilar. Arxivlarni butlash, ekspertiza qilish, idoraviy arxivlarni nazorat etish
sohalaridagi qayta qurish ishlariga oid respublika Ministrlar Soveti xuzuridagi arxiv boshqarmasi qator metodik qo‘llanmalar tayyorladi. Arxivlarni butlash masalasi arxiv boshqarmasining ilmiy kengashida muhokama qilindi va uning qarori davlat arxivlariga ijro etish uchun yuborildi. 1961 yildan boshlab davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK) lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat arxivlarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan hujjatlarning ro‘yxati (opisi)ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. Shuningdek ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatnomasini va hujjatlarni saqlash muddati ko‘rsatilgan ro‘yxat (perechen) da ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi. Saqlash muddati 5 yilgacha bo‘lgan materiallar dalolatnomasini nazorat qilinadigan idoraning rahbari ETKda ro‘yxat tasdiqlangandan keyin tasdiqlashi lozim edi. Davlat arxivlari tomonidan nazorat qilinmaydigan idoralar arxiv hujjatlari ro‘yxati va dalolatnomasini tasdiqlash ularning yuqori idoralari ixtiyoriga berildi. Arxivlarni butlash ishini qayta ko‘rib chiqilishi tufayli idoraviy arxivlarni nazorat qilishda ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.Yangi sharoitda davlat arxivlari idoraviy arxiv ishi va idoralarning ish yuritishini nazorat qiladigan bo‘ldi.
Qayta qurishgacha esa, arxiv tashkilotlarining asosiy vaqti xaddan tashqari ko‘p, mayda, kam ahamiyatli tashkilotlarni nazorat qilishga ketar edi va muhim idoralar arxivlari e’tibordan chetda qolar edi. Buning natijasida qiymati kam ilmiy, tarixiy, amaliy ahamiyati yo‘q arxiv fondlari tartibga solinar edi va davlat arxivlariga qabul qilinar edi. Asosiy fondlar esa, odatda tartibga solinmasdan davlat arxiviga qabul qilinmasdan qolar edi. 1966-yil 1-yanvariga respublika bo‘yicha davlat arxivlari nazorat qiladigan, kelajakda xujjatlari davlat arxivlariga qabul qilinadigan tashkilotlar 6489 ta bo‘lgan. 1965-yilda 4930 ta tashkilot o‘z arxivlarini tartibga keltirishgan edi. Tartibga solingan yig‘majildlar soni tartibga solinishi kerak bo‘lgan yig‘majildlarning 70% ni tashkil qilar edi. 1966-1980-yillarda davlat arxivlariga tashkilot va korxonalardan 580 ming boshqarish hujjatlari yig‘majildlari, 5939 ta ilmiy-texnik hujjatlar yig‘majildlari, 5048 ta kinohujjatlar saqlov birligi, 53987 fotohujjatlar saqlov birligi va 5345 ta fonohujjatlar saqlov birligi qabul qilingan. 1986-1990-yillarda davlat arxivlarini butlash sohasida ancha ish amalga oshirildi. Davlat arxivlarini butlash manbai hisoblangan tashkilotlar ro‘yxatlariga aniqlik kiritildi va to‘ldirildi. 1990-yilda arxivlarni butlash manbalari soni respublika bo‘yicha 9576 taga etdi. 1986–1990-yillarda respublika davlat arxivlari saqloviga 635 ming doimiy saqlanadigan yig‘majildlar qabul qilindi. 70-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy arxivlari va ish yuritish xizmati birmuncha yaxshilandi. 1972-1980-yillarda bevosita rxiv tashkilotlarining ishtirokida respublikada 49 ta shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi arxivlar tashkil qilindi va ularga 850 mingga yaqin yig‘majildlar qabul qilindi. Respublikada birinchi bunday arxiv Andijon viloyatida tashkil etilgan. 1972- yil 13-iyunda Andijon viloyati ijroiya qo‘mitasi «Viloyat davlat arxivining Qo‘rg‘ontepa filiali qoshida shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning rayonlararo birlashgan arxivini tashkil qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga asosan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxozlar, sovxozlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash, hisobga olish, ularni jamlash va fuqarolarga biografik ma’lumotnomalar berish maqsadida shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Qo‘rg‘ontepa tumanlararo arxivi tashkil qilingan. Bu arxiv Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod tumanlari tashkilotlari, kolxoz va sovxozlari mablag‘i hisobidan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va foydalanish uchun tuzilgan. Har bir tashkilot va xo‘jalik shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni markazlashtirib saqlagan xo‘jalik hisobidagi arxivga mablag‘ o‘tkazib turar, ana shu mablag‘ hisobidan arxiv ishchi va xizmatchilariga ish haqi berar edi. Ijroko‘m qarori bilan har bir yig‘majild uchun bir yilga 65 tiyin miqdorda haq to‘lash belgilangan edi. Qo‘rg‘ontepa arxivining tajribasi shaxsiy tarkib hujjatlarining saqlash va foydalanishni samarali va foydali shakli tuman, shahar idoralararo arxivlarda bunday hujjatlarni markazlashtirib saqlash ekanligini isbotladi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1973-yil 16-fevraldagi «Respublikada arxiv ishini ahvoli va yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ijroqo‘mlar qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarining idoralararo ho‘jalik hisobidagi arxivlarini tashkil qilish keng avj oldi. Bu arxivlar vazifasi ularga tashkilotlar shartnoma asosida topshirgan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va fuqarolarga ular asosida ma’lumotnomalar berish edi. Bunday arxivlar respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida tashkil qilindi.
Узбек халкининг мустакилликка эришиши, бозор муноса- батларига утиши жамиятимизнинг барча сохаларида, жумладан маданий'меросни тиклаш, тарих, архившунослик фанларини ривожлантириш сохаларида хам туб узгаришлар содир булишига олиб келди.Бозор муносабатларига утиш, мулкни давлат тасарруфидан чикариш ва хусусийлаштириш туфайли катор давлат саноат корхоналари, транспорт ва курилиш, маиший хизмат ва савдо корхоналари хусусийлаштирилди, мулкдорлар синфи шакллантирила бошланди. Нодавлат саноат, курилиш корхоналари, фермер хужа- ликлари, касаба уюшмалари, хайрия ва бошка жамгармалари, сиёсий партиялар ва харакатлар, диний ташкилотлар ва архив фондлари ва архив хужжатлари нодавлат архив фондини ташкил килди. Давлат ва нодавлат архив фондлари Узбекистон Республикаси Миллий архив фондига (Уз.Р.М.А.Ф.) айлантирилди.Шунингдек, Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси- нинг 1999 йил 30 октябрдаги 482-сонли карорига биноан Узбекис-тон Республикаси Миллий архив фонди тугрисидаги Низом тас- дикланди. Мазкур Низом “Архивлар тугрисида”ги Узбекистон Республикаси к;онунига мувофиц Узбекистон худудида мавжуд булган барча архив хужжатларининг тулик; кдмраб олинишини таъминлашга, Узбекистон Республикаси Миллий архив фондининг яхлитлигини сакдаб к;олишга ва фукаролар, жамият ва давлатнинг ижтимоий, маданий, илмий ва бошка эх,тиёжларини кондириш мак;садида архив хужжатларини бутлаш, х,исобга олиш, экспертиза к;илиш, руйхатдан утказиш хамда улардан фойдаланишни ягона тартибини белгилашга к;аратилгандир. Узбекистон Республикаси Миллий архив фонди давлат ва но- давлат архив фонларидан ташкил топган. Davlat arxiv fondini quyidagilar tashkil etadi :a) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi hududdagi mavjud va o‘zining barcha tarixi davomida mavjud bo‘lgan davlat yuridik shaxslari arxiv hujjatlari :davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, respublika va mahalliy, fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari, prokuraturalar, sudlar, banklarning ;sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari, fan, xalq talimi, madaniyat sohasidagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlar va birlashmalarning ;ustav kapitalida davlat mulki bo‘lgan aralash mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning ;vatanimizning chet elda bo‘lgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari ;b) kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlari, birlashmalarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgunga qadar o‘z faoliyatlarida paydo bo‘lgan hujjatlari, din davlatdan ajratilgungacha bo‘lgan davrga tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari ;d) O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatda bo‘lgan barcha darajadagi harbiy qismlar boshqarmalari va shtablari, qo‘shilmalar va birlashmalar, o‘quv muassasalari va boshqa milliy muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qo‘shinlarning arxiv hujjatlari;e) qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet ellardan kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari ;f) arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib tushgan arxiv hujjatlari nusxalari.2. Nodavlat arxiv fondi:a) jamoat birlashmalari va tashkilotlaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, kasaba uyushmalari, xayriya jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning ;b) nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari)dagi sanoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, qishloq xo`jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, ta'lim, ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalarining ;d) jismoniy shaxslardagi (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlaridan tashkil topadi.