9-variant 2-savoli O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziydavlat arxivining tashkil topishi. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli
hujjatlar Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA) ikkinchi jahon urushining engqizg‘in pallasida ya’ni 1943-yili tashkil topdi. Vatanimiz tarixini o‘zida aks ettirgan foto hujjatlarbundan ancha oldin to‘plana boshlangan edi. Turkiston ASSR XKSning 1921-yil 25-yanvardagi qaroriga binoan tashkil etilgan arxivlarda qo‘lyozma hujjatlar bilan birga nashr qilingan materiallar va fotohujjatlar ham yig‘ila boshlandi. Mazkur hujjatlarni saqlash choralari ko‘rildi. Ushbu jarayon 1935-yil oktyabr to‘ntarishi Markaziy davlat arxivi tarkibida foto bo‘limini tashkilb etilganidan yanada tartibli ravishda amalga oshirila boshlandi. Biroq, 1939-yilda bo‘lim yopilgandan so‘ng fotohujjatlar 1943-yilgacha, ya’ni kino, surat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi tashkil etilguncha nazoratsiz qoldi. Bu hol respublikamiz tarixiga oid ko‘pgina fotohujjatlarning yo‘qolishiga yoki ularga shikast etishiga sabab bo‘ldi. 1943-yil 18-martda Toshkent shahrida kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil etilishi munosabati bilan 25m2 maydonga ega bo‘lgan xona ajratilib, unga Qirg‘iziston Sovet Respublikasida shunday arxiv tashkil etishda ishtirok etgan shaxs – A.S.Etdelmen direktor etib tayinlandi. II jahon urushi davridagi reportajlar foto hujjatlarinng yangi taraqqiyot bosqichi bo‘ldi. Urush foto-yilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qo‘shdilar O‘zbekiston hududiga XIX asrning 2-yarmida Yevropadan kelgan ko‘plab sayyoh-tijjoratchilar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) san’ati, nafis hunarmandchilik san’ati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni tarqatishgan. Dastlabki o‘zbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907- 1908-yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur o‘rganish bilan birga o‘sha davrning eng ilg‘or foto-texnikasini olib kelgan va juda ko‘plab o‘ta yuksak tarixiy, badiiy mahorat namunalari bo‘lgan fotosuratlar yaratgan. 1940-yillarda O‘zbekiston foto hujjatlarining ijodiy uslublari ko‘paydi, janri shakllar ortdi va fotograflar turli sohalar bo‘yicha ixtisoslasha bordi (mas, E.Yuditskiy – me’morlik, Romeev – teatr, A. Palexov – portret, R. Albekov – bolalar hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov – maishiy janr, S. Mahkamov – madaniyat bo‘yicha ixtisoslashdi). O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi fotoseksiyasi, yirik korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika foto san’atining va xujjat turlarining rivojida muhim rol o‘ynadi. Bir yil ichida arxiv xodimlari tomonidan arxiv saqlovxonasiga qabul qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlarni aniqlash va ularni qabul qilish bo‘yicha uslubiy ishlanmalar tayyorlashga hamda hujjatlarni fondlar bo‘yicha xisobga olishdan voz kechib, saqlov birligiga ko‘ra ro‘yxatga olishga o‘tildi. Biroq arxiv faoliyatini sustlashtiruvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular malakali kadrlarning etishmasligi va arxiv ishining markazlashgan holda boshqarilishidan iborat bo‘lgan. 1959-yil 5-iyunda arxivning markaziy davlat arxivi tarkibiga kiritilishi va uni kino, surat, ovozli hujjatlar bo‘limiga aylantirilishi hujjatlarni saqlash ishiga ancha zarar etkazdi. 2. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar. Arxivda O‘zbekistonning XIX asrning 60-yillaridan to hozirgi davrlarga oid tarixni o‘zida aks ettirgan noyob hujjatlar yig‘ilgan. Arxivda umumiy hisobda 273.000 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanad Shulardan 19.257 saqlov birligi kinohujjatlar, 238.652 saqlov birligidagisi suratli hujjatlar, 15.185 saqlov birligidagisi ovozli hujjatlarni tashkil etadi. O‘zR KSOH MDAda fond va yig‘majild tushunchalari ishlatilmaydi, ya’ni har bir hujjat alohida saqlov birligida va alohida arxiv raqami bilan hisobga olinadi. Mustamlaka davr fotoxujjatlarida Turkiston o‘lkasidagi milliy-ozodlik va inqilobiy harakat (1898, 1905-1907 yillar) ko‘rinishlarini, Rossiyasi imperiyasi vakillari tomonidan o‘lkaning boshqaruvi, ularning mahalliy hokimiyat bilan munosabatlari, sud organlari faoliyati, Qo‘qon xoni va Buxoro amirining xalqaro munosabatlari va aloqalari, musulmonlar dini va turmush tarzi tasvirlangan. Fotoxujjatlarda sanoatning rivojlanishi (temir yul ko‘priklarining qurilishi, sug‘orish kanallari, teri va yog‘ zavodlarining ishlab chiqarish faoliyati, to‘qimachilik, ipakchilik fabrikalari, gilam to‘qish hunarmandchiligi, qishloq xo‘jalik inventari, ko‘mir sanoati va boshqalar) qishloq xo‘jalik ( sodda mexnat qurollari, erni omoch bilan haydash, qo‘l bilan paxta terish va boshqalar), transport va aloqalar (vokzal binolarining ko‘rinishlari; Toshkent temir yuli, Toshkentda Turkiston pochta-telegraf xizmatchilarining I o‘lka s’ezdi) (1917-yil ); savdo-sotiq (gazlama sotuv do‘konchalari, do‘ppilar, sopol idishlar, Samarkanddagi Registonmaydonidagi sotuv rastalari; Andijon, Buxorodagi bozorlarning umumiy ko‘rinishlari va boshqalar) tasvirlangan. Badiiy ovozli hujjatlar O‘zbekiston va chet el kompozitorlari asarlari, xalq musiqalari, she’riy, nasriy va drammatik asarlar, taniqli qo‘shiqchilarning chiqishlari, xalq ijrochilari, respublika musiqa kollektivlari, jumladan Tamara Xonim, F.Baratova, M.Turg‘unboeva, N.Axmedova, T.Qodirov, M.Uzokov, Y.Rajabiy va boshqa ovozli yozuvlardan iborat. Shuningdek, O‘zbekistonda xotin-qizlar ozodligi uchun harakati (Xujum): xotin-qizlarni paranjini butunlay yuq qilishga qaratilgan miting va yig‘ilishlari, savodsizlikka barham berishga qaratilgan kino, suratlar xam mavjud. Arxivning kino va surat hujjatlari 2-jaxon urushi davridagi respublika hayotini, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining frontdagi qaxramonligi, front orqasida o‘zbek xalqining etim bolalarni asrab olish, mamlakatga zavod va fabrikalarni evakuatsiya qilinishi, mexnatkashlarning mitinglari, frontga ko‘ngillilarni kuzatish va boshqalarni ko‘rish mumkin . Arxivda urushdan keyingi davrlarda respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlari energetika, yoqilgi sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik sanoati va boshqalar, transport va aloqaning rivojlanishi; O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining rivojlanishi (qishloq xo‘jaligi ilg‘orlari va ishchilarining s’ezd va quriltoylari)