Tabiiy geografik o’quv sayohatlarini ikkita yirik guruhga bo’lishimiz
mumkin.
-umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlari. Bunda sayohat davomida
o’quvchilar joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish ko’nik-
malariga ega bo’ladi;
-maxsus tabiiy geografik o’quv sayohatlari. Bunday sayohatlarda
tabiiy geografik sharoitlarni ayrim tarkiblari alohida o’rganiladi. Masalan,
relefi, tuproq, o’simlik va h.k.
16.3.1. Umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlari.
Umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlari maktab tabiiy geografiya
kurslarini ma’lum bir predmetlarini o’rganib bo’lingandan so’ng uyush-
tiriladi.
Tabiiy geografik o’quv sayohatlari quyidagi tartibda o’tkaziladi:
1. O’quv sayohatlariga tayyorgarlik ishlari.
Tayyorgarlik ishlariga
quyidagilar kiradi: sayohat o’tkaziladigan joyni tanlash va uni kartasini
topish yoki xomaki rejasini tuzish; sayohatni vaqtini va davomiyligini
aniqlash; sayohat uchun zarur bo’lgan jihozlar va priborlar ro’yhatini
tuzish
va u ularni topish; o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish va ularni
ma’lum bir guruhlarga bo’lish;
2. O’quv sayohatini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ma’lum bir vaqtda o’quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suhbat
o’tkaziladi. Unda o’quv sayohatining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi.
Har bir to’xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning
(joyning) geografik o’rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o’rni maktabga
nisbatan, daryoga nisbatan, yo’lga va boshqa tabiiy gegrafik yoki iqtisodiy
ob’ektlarga nisbatan aniqlanishi mumkin.
Bundan tashqari agar topografik karta mavjud bo’lsa
nuqtaning
matematik geografik o’rni ham aniqlanadi. Shundan so’ng nuqtaning
umumiy tabiiy geografik sharoiti o’rganiladi. Avval nuqtaning geologik
tuzilishi, foydali qazilmalari, relefi,
gidrografik tarmoqlari, tuproqlari
o’simlik va hayvonot dunyosi hamda landshaftlari o’rganiladi. Demak,
umumiy tabiiy geografik sayohatlarda o’quvchilar har bir nuqtani yoki
joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish va baholash ko’nik-
malariga ega bo’lishadi. Bu esa yil davomida olgan tabiiy geografik bilim
va ko’nikmalarni mustahkamlash va yanada
chuqurlashtirish imkonini
beradi.
Joyni geologik tuzilishini o’rganish iloji boricha ochilmalar mavjud
bo’lgan joyda olib boriladi. Birinchi navbatda, ochilmada qaysi davr
yotqiziqlari va qanday tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda
ko’proq to’rtlamchi davr yotqiziqlari keng tarqalgan bo’ladi. Tog’li
o’lkalarda bir necha geologik davrlarga xos bo’lgan ochilmalar bo’lishi
mumkin. Ochilmada qanday tog’ jinslari joylashganligi aniqlanadi. Ular
magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslarning qaysi guruhiga mansubligi
aniqlanadi. O’quvchilarga ular qanday sharoitda xosil bo’lganligi
tushun-
tiriladi. Cho’kindi jinslar ochilmasi o’rganilayotganda ularni qatlamsimon
joylashganligiga o’quvchilar e’tibori qaratiladi va har qatlamdagi jinslarni
xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi.
Masalan, agar ochilmani tubida shag’al va xarsang toshlar qatlami, uning
ustida qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo’lsa
demak
dastlab kuchli oqim ta’sirida xarsang toshlar oqizib kelingan, so’ngra sokin
oqim sharoitida qum qatlami xosil bo’lgan. Dengiz yoki ko’l sharoitida
yoki sekin oqadigan ariq daryo sharoitida gillar qatlami vujudga kelgan.
Joyning foydali qazilmalari o’rganilganda sayohat davomida g’isht
xomashyosi, shag’allar, toshlar va qurilish materiallari o’rganilishi
mumkin.
Joyni relefini o’rganishda o’quvchilar diqqatini relef hosil qiluvchi
omillar va asosiy relef shakllarini ajratishga qaratilishi lozim. Bundan
tashqari tashqi kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo’lgan
relef
shakllari xam alohida ajratib ko’rsatilishi zarur.
Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko’l, buloq bo’lishi mumkin.
Shunining uchun o’quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qism-
lari xaqida gapirib, mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o’rganilayotgan
joyda mavjudligi aytib o’tiladi va uni o’rganiladigan o’lchamlari ko’rsatib
beriladi.
Joydagi tuproqlar o’rganilganda ularning asosiy turlariga e’tibor
beriladi. O’simliklar o’rganilganda ular uchta qatlamga bo’lib o’rganiladi:
daraxtlar, butalar, o’tlar, hayvonlarni o’rganishda ular ham guruhlarga
bo’lib yuboriladi:
sudralib yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar, baliqlar,
xashoratlar. Har bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o’rganish.
Dostları ilə paylaş: