boshlandi. Mazkur usul bir butun bo’lgan geografik
borliqni eng muhim
xususiyatini ochib berish va uni tarkibiy tuzilishining darajalarini aniq-
lashdan iborat. Geografiyani o’qitish metodikasida
mazkur usul yorda-
mida ma’lum bir tizim tizimchalarga bo’linadi. Geografiya o’qitish
metodikasida o’quv materiali tizim sifatida qaraladi,
uning tarkibiy
qismlari esa tizimchalar sifatida qaraladi.
Tizim-tuzilish usullarini tarkibida mantiqiy-tuzilish tahlil i mavjud.
Mazkur usul yordamida o’quv materialining tuzilishi va ularni bayon
etilishining ketma-ketligi aniqlanadi. Mazkur
usul bir butun geografik
borliqni tuzilishini tatqiq qilishga imkon beradi va undan alohida
qismlarni ajratishga va ular orasidagi bog’liqliklarni
ochishga yordam
beradi.
1.4.2. Eksperimental-emprik usullar.
Mazkur usullarga asosan maktab tajribasini o’rganishga yo’naltirilgan
usullar kiradi. Ular kuzatish, anketa, maktab xujjatlarini tekshirish usullari
va pedagogik eksperiment kiradi.
Kuzatish
. Eng keng tarqalgan pedagogik tatqiqot usuli hisoblanadi.
Mazkur usul pedagogik jarayonni bilishni eng muhim usullaridan biri
hisoblanadi. Har qanday o’qituvchi darsni kuzata
bilish qobiliyatiga ega
bo’lmog’li lozim. Kuzatish metodikasi tuzilishi, mazmuni, turi,
kuzatish
texnikasi o’rganilayotgan muammoni mohiyati va xususiyatlari, tatqiqod
metodlariga bog’liq.
Kuzatish turli xil bo’ladi,
ular dasturi, tashkil qilinishi va maqsadiga
ko’ra ma’lum bir guruhlarga bo’linadi.
Kuzatish ob’ektlari o’quv
ishlari usullari, darslarda o’quvchilarni
tashkil qilish, uyga vazifa berish, o’qitish
metodlarini va vositalarini
tanlash hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: