2. O’zbekiston tabiatining xilma – xilligi: Cho’llar (tabiati,
qumli
barxan, cho’l tabiatini inson tomonidan o’zlashtirish, o’simlik va xayvonlar,
cho’lda kechasi, cho’l axolisining yumushlari,
Qizilqumda kumushsimon
o’rmon, cho’l mo’jizasi): tog’ tabiati
3. O’zbekiston tabiatini qo’riqlash:tabiat va insonni o’zaro ta’siri,
tuproq, suv va havoni qo’riqlash, Qizil kitob, qo’riqxonalar, O’zbekiston
tabiati yodgorliklari.
Tabiiy geografiya kurslari
o’quvchilarga Yer qobiqlari to’g’risida, ular
orasidagi aloqalar haqida, har bir materik,okeanning tabiati, O’rta Osiyo va
O’zbekiston tabiati haqida ma’lumotlar beradi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslari o’quvchilarga O’zbekiston va
jaxon iqtisodining asosiy xususiyatlari xaqida bilimlar beradi.
Akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida ‚Amaliy geografiya‛
kursi o’tiladi. Mazukr kurs geografiya fanining
amaliy tomonlarini ochib
beradi va quyidagi qismlardan iborat:
1. Birinchi bo’lim: amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari; amaliy
geografik tadqiqotlar;
tabiiy geografik jarayonlar; jamiyat va tabiatning
o’zaro ta’siri; tabiat komplekslari
va ularning barqarorligi; geografik
baholash; geografik bashorat; atrof – muhit monitoringi; geografik ekologik
ekspertiza ishlari; ekologik
muammolar va ularning yechimi; ishlab
chiqarishning texniki – iqtisodiy asoslari.
2. Ikkinchi bo’lim: geosiyosat asoslari: O’zbekistonning
geosiyosiy
o’rni va kelajagi; hozirgi zamonning geosiyosiy muammolari.
Oliy geografiya ta’limida mutaxasislik fanlari o’rganiladi.
Yordamchi maktablarda geografiya ta’limining tuzilishi quydagi
qismlardan iboart:
-VI sinf – tabiiy geografiya (boshlang’ich kurs);
-VII sinf – materiklar va okeanlar geografiyasi;
-VII sinf – O’rta Osiyo va O’zbekiston geografiyasi;
Yordamchi
maktablardagi
geografiya
kurslarining
asosiy
xususiyatlaridan biri ularning soddalashtirilganidadir.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach har bir fan bo’yicha davlat ta’lim
standartlari ishlab chiqildi. Davlat ta’lim standarti O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining raisi tomonidan 1999 yil 16 avgustda
tasdiqlangan.
SHundan so’ng geografiya ta’limi bo’yicha davlat ta’lim
standartiga
sharx ishlab chiqildi.Mazkur sharx ikki qismdan iborat:
- ‚Ta’lim mazmunining majburiy minimumlari‛;
- ‚Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar‛;
Ta’lim mazmunining majburiy minimumi 6 yo’nalish bo’yicha ishlab
chiqildi.
1. Geografiyaning nazariy asoslari.
2. Geografiyaning tadqiqot metodlari.
3. Tabiiy va sotsial iqtisodiy ob’ektlar.
4. Xodisalar va jarayonlar
5. Olamni idrok etishning moddiy va ma’naviy
madaniyatda
ifodalanishi.
6. Xudud geografik tavsifining tuzilishi.
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar
quydagi ko’rsatkich orqali aniqlanadi:
1. Ayta (ko’rsata) olishi
2. Aniqlay (o’lchay) olishi
3. Tasvirlay olishi
4. Tushuntira olishi
5. Bashorat qila olishi.
Dostları ilə paylaş: