Boshqaruv usullarining turlari va ularning ahamiyati
Mehmonxonani boshqarish-mehmonxona biznesi konyukturasiga muvofiq ravishda barqaror rivojlanishga erishish uchun kundalik ishlar amaliyotini takomillashtirish, o‘z ijtimoiy-tashkiliy tuzilmasiga ega bo‘lgan va bozor munosabatlari sharoitidan kelib chiqadigan tezkor harakatlarni talab qiladigan mehmonxona xo‘jaligi industriyasi komponentlarini omilkorlik bilan qo‘llashdir.
Mehmonxona biznesi tizimidagi boshqaruvning bosh vazifasi -mehmonxona (otel, motel)ning yuqori toifasiga erishish yoki uni saqlab qolishdir.
Asosiy vazifani hal qilish bo‘yicha tashkiliy-amaliy harakatlar quyidagilar sanaladi38:
nomer fondi obodonchiligini takomillashtirish;
texnikaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, o‘z vaqtida profilaktika qilish va uni almashtirish;
rejimning samarali aeratsiyasiga (harorat-namlik) erishish;
elektr-magnit asboblarini tatbiq etish;
sanitariya-texnikaviy vositalarni yangilash;
inson taraqqiyoti indeksini shakllantirish (xizmat ko‘rsatuvchi xodim
mas’uliyatini yuksaltirish);
tutash hududni obodonlashtirish.
Ko‘plab yuksak komfortli mehmonxonalar allaqachon kraplardan voz kechishgan, bu erda sanitariya-gigiena asbob-uskunalariga tatbiq etilgan magnitli, elektron-avtomatik tizimlar o‘zini yaxshi tomondan namoyish etdi.
Tabiiyki, har bir mehmonxona o‘z tashkiliy tuzilma xususiyatlariga egadir. Masalan, bronlashtirish bo‘limi tijorat bo‘limi tarkibiga kirishi, xaridlar bo‘limi esa moliyaviy direktorga bo‘ysundirilishi, rasmiy ziyofatlar xizmati ovqatlanish xizmatiga qo‘shilishi mumkin. Ba’zida bosh oshpaz bevosita bosh direktorga bo‘ysunadi, ovqatlanish xizmati menejeri esa faqat ofitsantlarga boshchilik qilishi mumkin, xolos.
38 Kotler P., Bowen J., Makens J. Marketing For Hospitality & TourismPearson International Edition 2014, USA. 124 p
Otel kategoriyasiga bog‘liq holda uning boshqaruv tuzilmasida tegishli bo‘linmalar vujudga keladi, masalan, biznes markaz, fitness markaz, shifokor (ba’zan minipoliklinika). Kurort mehmonxonasida «dam olish bo‘yicha direktor» lavozimi mavjud. Angliya mehmonxonalarida qabul qilingan boshqaruv sxemasining o‘ziga xosligi shundaki, qabul qilish xizmati (Front office) xo‘jalik xizmati direktoriga bo‘ysunadi, qabul qilish xizmatida ayrim bo‘linmalarga katta xodimlar, masalan, katta telefonist, katta hammol, katta kassir, axborot xizmati kattasi, bronlashirish xizmati kattasi va boshqalar rahbarlik qiladi.
Uncha katta bo‘lmagan mehmonxonalar, tabiiyki, ancha oddiy boshqaruv tuzilmasiga ega bo‘ladi. Biroq asosiy bo‘linmalar ro‘yxati ularga xos vazifalar bilan birga saqlanib qoladi.
13.1-rasmda mashhur «Xoliday Inn» mehmonxonalar tarmog‘iga kiruvchi o‘rtacha hajmdagi mehmonxonani boshqarish tuzilmasi taqdim etilgan (130 ta nomerga ega).
Yirik yuqori toifali mehmonxonalarda, boshqaruv pog‘onalarining soni ortadi. Bosh direktor, nomer fondi, ovqatlanish va ma’muriyatlar xizmati bo‘yicha uch nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi. Nomer fondi direktoriga (Front office), xo‘jalik xizmati (oqsochlar va jamoat xonalari, kirxona, ximchistka (kiyomviy tozalash xonasi) bo‘ysunadi. Umumiy ovqatlanish bo‘yicha direktorga oshxonalar, restoranlar, barlar, banket xizmati, nomerlarga xizmat ko‘rsatish xizmati (Room service) bo‘ysundirilgan. Ma’muriy qism bo‘yicha direktorga nazoratchi, marketing va sotuvlar bo‘limi menejeri, bosh muhandis, xavfsizlik xizmati va xodimlar bo‘limi bo‘ysunadi.
Mulkdor sifatida esa davlat, munitsipalitet, yakka sohib, hissadorlik jamiyati ish ko‘rishi mumkin. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydilar (aksiyadordan saylanuvchi kengash a’zolari soni unga tegishli bo‘lgan aksiyalar soniga mutanosib bo‘ladi). Direktorlar kengashi bosh direktor ishini nazorat qiladi, moliyaviy rejani (budjet) tasdiqlaydi, uning bajarilishi to‘g‘risida bosh direktorning hisobotini tinglaydi. Har chorakda direktorlar kengashi yig‘ini bo‘ladi.