1.2-rasm. O‘zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o‘sish sur’atlari, foizda7
Iqtisodiyotni isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishlarning o‘rta muddatli dasturlari izchil amalga oshirilishi 2015- yilda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmlarining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minladi.
Xususan, 2015- yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2014- yilga nisbatan 8,0 foizga oshdi va 91,7 trln. so‘mni tashkil etdi.
Sanoatda yuqori o‘sish sur’atlari asosan engil sanoat (16,6 foiz), qurilish materiallari ishlab chiqarish (14,1 foiz) hamda oziq-ovqat sanoati (14,4 foiz) tarmoqlarida kuzatildi. Bunda engil sanoat tarkibiga kiruvchi to‘qimachilik sanoatida o‘sish sur’ati 12,1 foizni, charm va poyabzal sanoatida 22,0 foizni hamda tikuvchilik sohasida 18,9 foizni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda asosiy e’tibor ushbu sohada ham tub tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirishga hamda qishloq xo‘jaligida etishtirilgan mahsulotlarni chuqur qayta ishlash va ularni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga qaratildi.
2015- yilda qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 6,8 foizga oshib, 42,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda dehqonchilik
7 http://www.cbu.uz/ru/monetarnaya-politika/doklad-o-monetarnoy-politike/ 2015 yildagi makroiqtisodiy holat va real sektor tahlili
mahsulotlarini etishtirish hajmining o‘sish sur’ati 6,7 foizni, chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hajmining o‘sishi esa 6,8 foizni tashkil etdi.
2015- yilda iqtisodiyotda pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmi 2014- yilga nisbatan 10,8 foizga o‘sishi xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 54,5 foizgacha oshishini ta’minladi.
2015- yilda xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori o‘sish sur’atlari moliyaviy xizmatlar (30,0 foiz), sog‘liqni saqlash (17,3 foiz), aloqa va axborotlashtirish (15,4 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (18,1 foiz), maishiy xizmatlar (17,5 foiz), turistik xizmatlar ko‘rsatish (15,9 foiz), qurilish (18,6 foiz), kompyuter dasturlash (13,4 foiz) hamda qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash (14,7 foiz) kabi sohalarda kuzatildi. Jumladan, bank, sug‘urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borishi xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasida 80,4 mingta kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
2015- yilda iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2014- yilga nisbatan 9,7 foizga o‘sib, 36,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Bunda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2014 -yilga nisbatan 17,8 foizga va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 3,6 foizga ortdi.
2016- yil 1- oktyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 215801tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga o‘sdi. Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2016- yil yanvar- sentyabr oylari davomida 23616 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) tashkil etish imkonini berdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart- sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida 2016- yilning yanvar-sentyabr oylarida
ularning sanoat mahsuloti umumiy hajmidagi ulushi 43,8 foizni (2015- yilning
yanvar-sentyabr oylarida - 38,7 foiz), chakana savdo aylanmasida - 89,9 foizni (87,3 foiz), xizmatlar sohasida - 60,0 foizni (57,6 foiz), yuk tashish hajmida - 53,8 foizni (51,6 foiz), yo‘lovchi tashish hajmida - 90,7 foizni (88,0 foiz) va bandlikda - 77,8 foizni (77,5 foiz) tashkil etdi.
2016- yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan iqtisodiyotga 13257,9 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo‘yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 38,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ular tomonidan 15674,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 70,0 foizi) yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,1 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi qator farmon va qarorlari, xususan, 2015- yil 15- maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli Farmoniga muvofiq, iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada engillashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha keskin va ta’sirchan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga zamin va turtki bo‘lmoqda.
Jumladan, xususiy mulkni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida 2015- yilda 55,7 mingta yangi korxonalar tashkil etilib, shundan 26,9 mingtasi kichik tadbirkorlik (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) subyektlaridir.
Umuman olganda, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan samarali islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi barqaror oshib borib, 2015- yilda ushbu ko‘rsatkich 56,7 foizga yetdi yoki 2014- yilga nisbatan 0,6 foiz bandga hamda 2000- yil bilan solishtirganda esa qariyb 26 foiz bandga oshdi.